O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 78,93 Kb.
səhifə8/16
tarix10.04.2023
ölçüsü78,93 Kb.
#95501
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
BOSHLANG‘ICH SINFDA IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLAR MAVZUSINI O‘RGANISH

Punktuasiya – tinish belgilari haqidagi fan. U matndagi gaplarning urg‘usini topishga, so‘zlarni gap mazmuniga mos ohangda, to‘g‘ri va aniq talaffuz qilishga yordam beradi. Shu bois, punktuasion qoidalar sintaksisga bog‘lab o‘rganiladi.Punktuasiya (lotincha punktum – nuqta)ning ma’nosi nuqtalar ilmi demakdir, ushbu atama uch ma’noda qo‘llanadi: a) tinish belgilari tuzumi va qo‘llanish qonun-qoidalarini o‘rganuvchi bo‘lim; b) punktuasion qonun-qoidalar – me’yorlar yig‘indisi, to‘plami; v) tinish belgilari v.h.
1.2 So‘z birikmasi va gap
Til jamiyatning eng muhim aloqa vositasi sifatida fikrni shakllantiradi, ifodalaydi, bayon qiladi. Fikr — gap orqali yuzaga chiqadi.Gap haqida egallangan bilimlarni mustahkamlash, kengaytirishda, so‘z birikmasining ahamiyati beqyos. So‘z birikmasi — gapda aniq bir yo‘nalishga ega bo‘lish, maqsadli fikrlash, qolaversa, gapning badiiy bo‘yog‘ini quyuqlashtirish, uni qziqarli hamda mukammal holatga keltirish vazifasini bajaradigan hodisa. Shuning uchun so‘z birikmasidan gapning qurilish materiali sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o‘z navbatida talabaning fikrlash qobiliyatini faollashtiradi, fikr ifodasini tezlashtiradi. Buni aniq bir misol yordamida kuzatish mumkin. Quyida sizga «So‘z birikmalari hosil qilish va ular yordamida gap tuzish» o‘quv topshirig‘ining an’anaviy «berilgan so‘zlar ishtirokida gap tuzish» topshirig‘idan ijobiy farq: leksik-semantik maydonning kengayishi, badiiy bo‘yoqdorlik darajasining ortib borishi, saralash va tanlash imkoniyatlarining ko‘pligi, talabaga «kashfiyotchilik xuquqning» berib qo‘yilganligi, bu narsa DTSning asosiy talablaridan biri bo‘lgan «Ijodiy tafakkur sohibini», nutqiy barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazdirishdek muhim va dolzarb masalaning lisoniy yechimi ekanini aniq ko‘rsatib beradigan o‘quv jadvali tavsiya qilindi.
So‘z birikmalari Gap
1. Ertalabki quyosh, ko‘m-ko‘k barglar, Barglar jilvalanadi nafis barglar, mayin
2. Bahorning mayin shabbodasida shabbodada hilpirayotgan yam-yashil raqs tushayotgan ko‘m-ko‘k burglar barglar, quyosh nurida, to‘lin oy quyosh nurida jilvalanadi.nurida, ming bir rangda
3. Bahorning mayin shabbodasida tovlanadi, jilvalanadi raqs tushayotgan ko‘m-ko‘k barglar,ming bir rangda tovlanadi, ertalabki quyosh nurida erkalanib, jilvalanadi…v.h.
1-topshiriq:1. Jadval bo‘yicha dastlab so‘z birikmalarining qanday hosil qlinish usullarini izohlang.
2. So‘z birikmasini gapdan qaysi xususiyatiga ko‘ra farqlanishini izohlang.
3. So‘z birikmasida bosh va ergash so‘zlarning vazifasi nimadan iborat va nimaga xizmat qiladi.
4. Jadvalda «Barglar jilvalanadi» yig‘iq gapi bilan «Ko‘m-ko‘k barglar quyosh nurida jilvalanadi» yoyiq gapini taqqoslang.
2-topshiriq. Gap bo‘laklari yuzasidan tahlil qiling.
«Gap bo‘laklari yuzasidan tahlil o‘tkazilganda,Talabalar bilishi va bajara olishi kerak:«Gap bo‘laklari yuzasidan tahlil o‘tkazilganda, o‘quvchilar so‘zlarning o‘z ma’nosida va ko‘chma ma’noda ishlatilganligini fahmlay oladilar». So‘zlarning o‘z ma’nosi va ko‘chma ma’noda ishlatilganligi so‘z birikmasida aniqlanadi. U ham so‘z kabi predmet, ish-harakat va ularning belgisini ifodalash uchun xizmat qiladi, ham shu xildagi boshqa narsa, buyum, shaxs, belgi, ish-harakatlardan ajratib, fikrni so‘zga nisbatan aniqroq ifodalaydi:
I. Tilimiz juda boy, chiroyli. Bu tilda ifoda etib bo‘lmaydigan fikr, tuyg‘u yo‘q. Afsuski, radiomizda ko‘pincha xalq bilan mana shu boy, chiroyli, purqudrat tilda gaplashishmaydi.
II. 1. Mirzacho‘lda ham cho‘lni bo‘stonga aylantirayotgan odamlar juda ko‘p. 2. U paytlarda xo‘jalikda ko‘zga ko‘rinadigan muhtasham imoratning o‘zi yo‘q edi. 3. Toshkentga tushib, bir mashinada o‘tin-ko‘mir olib chiqdik, eski shahar bozoridan bitta o‘ttizinchi lampa oldik. 4. Bog‘imizning gavjum bo‘lishi bejiz emas edi. 5. A.Qahhor oddiy dehqondan tortib, to akademikkacha – hammaning ko‘nglini topa olardilar, odamning ko‘ngliga tushadigan birgina kaliti bor, bu kalit – kamtarlik, oddiylikdir. 6. Uyimizdan yaxshilar qadami sira uzilmas edi.

Yüklə 78,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin