G`azal sharhi 1-bayt
Nest vazi charx chun dayri mug`on oliasos
Gar ravam xushyor on cho,oyadam dar dil haros.
Bu misralarda dunyoning o`tkinchiligiga ishora qilingan,ya’ni mayfurushlar kabi oliy asosda emasligini,agar ular dayr (dunyo) tomon hushyor borsa,vahima dilida paydo bo`lishini ta’kidlaydi.Mayfurush tilidan dunyo o`tkinchligi,uning qiyinchiligi,uning qarshisiga hushyor chiqishidan qo`rqishi ta’kidlangan.Lirik qahramon Mug`on ( otashparast,mayfurush ) talqinida ochib berilgan.Lirik qahramonning ( oyadam dar dil haros) hatto o`sha mayfurush ham sarxushligida dunyoni qiyinchiligini qayta ta’kidlab g`azalning badiiyatini oshirgan.
2-bayti
Har xume o`ro ba yak gardun tavon guftan nazir,
Har hubobi may zi yak axtar tavon kardan qiyos.
Ikkinchi baytda esa gardun ya’ni dunyoni mayfurushni xumdoniga taqqoslash mumkinligini ta’kidlab mayning harchhubobini esa yulduzga o`xshatgan.Ya’ni bu baytda dunyo xum kabi bir chuqurlik,unga tushsang faqat oldingga intilsanggina,xumni yuziga chiqishing mumkin,bu barchasi o'zingni qo'lingni.Baytda qo'llangan mayfurushda tassavufiy ma'no bor.Ya'nikim,yuqoridagi baytda qo'llangan mug'(mayfurush) degan ma'noni bildiradi.Uning otashparastligi tassavufiy ma'nodir. Yulduz istilohni qo`llanishida ham tassavufiy ma’no bor.Unga mayning harchhubobini yorqin, porlovchi degan ma'nonada qo'llash maqsadida,yulduz termini ishlatilgan va tassavufdagi ma'nosiga ishora qilgan.
3-bayt
Olame digar tavon guftash charo, kon cho kase
O`fitad dar olami digar, chu no`shat yak du kosu,
Uchinchi baytda esa, dunyoni ikkinchi olam deydi u yerda bir, ikki kosa may ichilsa, o`zga olamga tushadi deb ta`kidlab o`tilgan, yani dunyoni ikkinchi olam deb qayta qayta aytadi. Bu baytda may so`zi qo`llanmagan bo`lsada, ammo uning o`rni majoziy ma`noda qo`llanganligi bilinib turadi.Ya'ni may ochish orqali inson boshqa tusga kirishi bilan chegaralanmay,balki o'zga olamga tushishi ham aytilgan.Bu bilan bekorga dayr(may) olamini o'zgacha olam deb yoki yuqoridagi baytlarda ta'kidlangan mug'larni otashparast deb bejizga aytilmaganligi,ularda ham tassavufiy ma'no borligini mana shu paytlar orqali ochib berilgan.
4-bayt
Chun Maseho ro`baxshon boshat on cho az nafas,
To ba izzat dar bisotash nex nafasro, dor pos.
Bu baytda talmeh san`ati qo`llangan. Talmeh arabcha so'z bo'lib,ma'nosi ,,chaqmoq chaqilishi ", ,,bir nasar tashlash demakdir".Badiiy San'at sifatida u tarixiy va afsonaviy voqealar,masal,shaxs,mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasi fikrni qisqa,ixcham qilish.Ushbu baytda talmeh sifatida Iso payg`ambar nomi qo`llangan va bu orqali tarixiy shaxs,payg'ambarga nazar tashlagan,fikrini muxtasar(aniq) ifodalagan. Iso – jonbaxsh etguvchi kishi ma'nosida tasavvufda qo`llaniladi. Ushbu baytda ham u yerdagi odamlarni Isoga qiyoslab tashbeh usulidan ham foydalanilgan, ya`ni unda jonbaxsh etguvchilar bor. Uning bisotiga izzat bilan oyoq bosishi, lekin insonni o`ziga qul qilib qo`yadigan nafsdan saqla deb ta`kidlangan. Mumtoz adabiyotda nafsni o`t balosi, insonning dushmani degan fikrlar keltirilgan.Undan o'zini tiyolgan odam ham ma'nan ham ruhan poklanadi,qalbi toza, imonli bo'ladi deb,aytib o'tilgan .Baytda mana shunday g'oyalarga nazar tashlangan.
5-Bayt
Az dili piri mug`on von gah ro`I mug`bacha,
Mehr az ravzan daroyad,to kunad pur iqtibos.
Ushbu beshinchi baytda quyoshga nisbatan tashxis sa’nati qo`llanilgan.Tashxis ( arabcha- shaxslantirish)-jonlantirish.Badiiy san'atning bir turi;turli narsalar,hayvonlar,qushlar va boshqa narslarga insoniy xususiyatlarini ko'chirish.Tashxis badiiy tasvirlarning aniqroq,yorqinroq bo'lishiga qimmat qiladi.Ushbu baytda quyosh mayxonachi pirining dilidan va mug`bachcha (majusiy bola) yuzidan nur olish uchun tuynukdan kiradi,deb insonga xos xususiyatni quyoshga nisbatan qo'llash orqali tashxis san'ati yuzaga kelgan.Ushbu misra o'zida mubolag'a san'ati ham bor.Mubolag'a obrazli ifoda,hodisalarni nisbiylik mezonlari asosida kattalashtirib,bo'rttirib ifodalash.Ya'ni baytdagi mug'bachcha yuzi shunchalik yorug'ki,undan hatto quyosh ham nur oladi. Uning yuzi bir olov singari yonib turadi degan,fikrlar keltirilgan. Qo'llanilgan badiiy san’atlar,baytning yetakchi mazmuniga aylangan.
6-bayt
Xirqai zuxdu vara on cho namearzad ba hech ,
Rost don inro,namego`yam suxanro dar libos.
Bu baytda esa lirik qahramon taqvodor ya’ni xudojoy insonga murojaat etgan.Uning ustidagi yirtiq yamoq libosi, u yerdagi hech bir narsaga arzimasligi va buni libos ichida o`rab aytayotganim yoq,ya’ni buni kinoya qilmayobman, buni sen haqiqat deb bil de’ya ta’kidlaydi.Baytda lirik qahramon xudojo`y insonning egnidagi kiyimini dayrdagi hech bir narsaga teng ko`rmaydi.Chunki xudojo'y,taqvodor odam Allohni sevguvchi,uning amallarini bajarguvchi kishidir.Alloh buyuk hamma narsaga qodir yagona haq taolodir. Uning inoyati bilan barcha amallar amalga oshadi.Har bir qiladigan ishimiz uning nazaridadir.Alloh mana shu yer zaminini yaratdi insonni eng mukammal mavjudot qilib yaratdi.Shuning uchun ham uning libosi ham hatto muqaddasligi ta'kidlanib,hech bir narsaga teng ko'rmasligini yuqoridagi fikrlarni nazarda tutgan holda aytilgan.Ya’ni bu dunyodagi hech bir narsa abadiy emas o`tkinchiligi ushbu bayt orqali ochib berilgan.
7-bayt
Rah nayobad dar bisotash har zi rah aftodae,
Nabvadash to Hodii tavfiqu piri rahshinos.
Yo`l ko`rsatuvchi- haq yordami va yo`l biluvchi pir bo`lmasa har bir yo`lovchi uning bisotiga yo`l topolmaydi.Ya’ni har bir ishdan ollohdan madad so`rashimiz,uning inoyati bilan barcha amallar ro`yobga chiqishi ta’kidlangan.Bu olamni Alloh yaratgan ekan har bir qiladigan ishimiz uning inoyati bilan amalga oshishi,insonga har dam ko'mak berish kabi g'oyaviy nazariyalarga ishora qilingan. Allohning, haqning buyukligi bardavomdir.Biz harchand urinmaylik,Alloh yo`l bermasa,barchasi foydasizligi baytning asosiy g`oyaviy mazmunidir.
8-bayt
Az mani on maykada nabvad umedi churae,
Har kiro hosil nagardad az vuchudi xesh yos.
Bu baytda esa inson vujudidagi umidsizlikka ishora qilgan.Inson o`zizing vujudidan umidsizlik hosil qilmas ekan ,mayxonaning mayidan bir qultum ham bo`lmaydi.Bu yerda qo`llangan ,may ,mayxona tasavvufiy ma’noda qo`llanilgan .G`azal rindona g`azal turkumiga kiradi. Mayni ishqdan sarxush bo`lganlar ichishi, o'sha may orqali oshiq qalbiga taskin berisha,uning Allohga bo'lgan muhabbati cheksizligi nazarda tutilgan.Bundan tashqari, vujudida qandaydir umidsizlik bo`lsagina mayxona mayidan ichishi mumkinligi,o`sha may orqali umidsizlikni o`ldirish mumkinligi degan g`oyaviy mazmun o`z ifodasini topgan.Bu bilan oshiq qalbiga taskin beruvchi yagona narsa bu maydir.Chunki may orifona ma'noda muhabbat zavqining to'lib -toshishidir.
9-bayt
Foniyo, har gah fanoi in kasbat shavad,
Chome az piri mug`on kardan tavony iltimos.
Oxirgi yakunlovchi baytda ,ya’ni Maqtada Nido san’ati qo`llanilgan.Nido boshqa sheʼriy sanʼatlardan bevosita inson qalbidagi his va hayajonlarni ochiq va kuchli tasvirlab bera olish imkoniyati bilan ajralib turadi. Insonning ichki tuygʻulari poʻrtana misoli junbushga kelganida lirik qahramon olamdagi har qanday narsa-hodisalarga, tabiatdagi istalgan narsaga, oʻzining qalbiga, suhbatdoshiga murojaat etishi mumkin.Bu baytda Ey, Foniy deb yo'l beruvchiga murojaat qilgan va quyidagi fikrlarni keltirgan. Aytadiki, bu mayxonada yo'q bo'lishni kasb qilsang,mayfurushlar piriga aylanib,bir Jom ( qadah) olishing mumkin.
Xulosa qilib shuni ayta olamizki, ushbu g'azal orqali ollohga bo'lgan muhabbat ulug'lanadi. Uning amallarini so'zsiz to'g'ri bajaruvchi kishi har qanday buyuklardan aziz sanaladi.
Rindona g'azal may va sharobni tassavufiy ma'noda qo'llash.Ya'ni muhabbatdan to'lib toshgan qalb,unga talpinuvchi oshiqdir. Undagi har bir ilohiy ramz sifatida keltirilgan har bir iborada ollohning buyukligiga, haqning odilligiga ishora qilingan.
“Nest shomi xachr chun sham’am rafiki dilfuru`z…” Nest shomi xachr chun sham’am rafiki dilfuru`z,
Z-on ki dar xijron ba u` ovardaam shabxo ba ru`z.
To guzorad bu`stonafru`z lofi sarkashy,
Kaj binex toju zi may bu`stoni oraz barfuru`z.
To nayozorad zi mijgonat ruxash az nozuky,
Ru`zi vasl , ey dil, ba ru`yash chashm xar soat madu`z.
Pur masu`zonam zi xijronu zi oxam vaxm kun,
Xam guzorad sham’, agarchi xast dar parvona su`z.
Az firebi Zoli charx emin mabosh, ar Rustamy,
Z-on ki sheronro zi makrash karda ojiz in ajuz.
Bas ajab ramzest bulbul oshiku gul garki xun,
Az garobatxoi ishk aftoda bexad in rumuz.
Foniyo, az kat’i roxi ishk mone’ kay shavad?
Garna az bori xudy zoxid namudy pushtku`z.
G’azal vazni
V - -/ V V - - / V V - - / - V ~
Foilotun / failotun / failotun / foilon
Ramali musammani maxbuni maqsur
G’azalning nasriy bayoni
Xijron tunida dilimni yorituvchi sham’ kabi o`rtogim yo`q, chunki xijronda u bilan kechalarni kunduzga aylantirganman.
E jonon, boshingga tojni egri qo’ygin-da maydan yuzingni qizartir,
Toki qoshingda (sarvu gul) sarkashlik lofini urmasin.
Ey ko`ngil, goyatda nozik bo’lgani sababli kiprigingdan chehrasi ozor topmasin uchun vasl kuni har soat ko`zingni unga tikaverma.
Meni ko’p kuydirma, oximdan vahm et, sham’ parvonani kuydirgani bilan, lekin o`zi ham kuyadi-ku.
Rustam bo’lsang ham, charx zoli firibidan beparvo bo’lma, chunki bu kampir o`z makri bilan arslonlarni ham ojiz qilgan.
Bulbul oshiqu gul konga g’arq bo’lishi ajoyib bir ramz bo’lib, ishqning ajoyibot-g’aroyibotlaridan bo’lgan bunday afsonaviy ramzlar had-hisobsizdir.
Ey Foniy, agar zohid uzluk yukini kutarmoqdan bukri bo’lgan bo’lmasa, ishq yo’lini bosib o’tishingga mone’ bo’lmaydi.
1 – bayt
Nest shomi xajr chun sham’am rafiki dilfuru`z,
Z-on ki dar xijron ba u’ ovardaam shabxo ba ruz.
Hazrat Alisher Navoiy ushbu g’azal matlasini shikoyat tarzida boshlagan ya’nikim hijron tunida, zimiston, zulmatda uning qalbiga yorug’lik yetkazuvchi, yorug’lik olib kiruvchi oddiy bir shamdek ham o’rtog’i, do’sti yo’qligidan shikoyat qiladi. Axir shu hijron bilan to’lgan kechalarni u bilan birga kunduzga aylantirgan. Hazrat Alisher Navoiy hijron tuni ya’ni qorong’ulik va zulmatni yorug’lik ulashguvchi sham bilan qarama-qarshi, zid ma’noda qo’llash orqali tazod san’atini vujudga keltirganini guvohi bo’lishimiz mumkin. Yana shu misrada, sham kabi o’rtog’I yoxud birodar do’sti yo’qligini bildirish orqali tashbeh san’ati ya’ni o’xshatish san’atidan mahorat bilan foydalangan. Bundan tashqari, ushbu baytda yor bilan kechalarni kunduzga aylantirganini aytish orqali kecha va kunduz so’zlarini bir uyaga kiritib, Tanosub san’atiga ishora qilgan. Shu bilan birgalikda, kecha so’zi qorong’ulik, zulmat, zimiston ma’nosida, kunduz so’zi esa yorug’lik ma’nosida tushunilsa, kecha va kunduz so’zlari Tazod san’atining yorqin namunasi desa mubolag’a bo’lmaydi.
2-bayt
To guzorad bu`stonafru’z lofi sarkashy,
Kaj binex toju zi may bu’stoni oraz barfuru’z.
2 – bayt esa yorga murojaat bilan boshlangan ya’ni “ey jonon” deyish orqali Nido san’atini vujudga keltirgan.
“ Ey jonon, boshingga tojni egri kiygin-da maydan yuzingni qizartir” Ma’lumki, may tasavvufiy adabiyotda ma’rifat bodasidan to’la shayxning qalbiga ishora qiladi.
Alisher Navoiy ushbu bayt orqali umrning o’tkinchiligiga ishora qilib, qalbni hirs va nafs balosidan yiroq tutib, uni ilm hidoyat nuri va ma’rifat chashmasi bilan to’yintirishga da’vat etmoqda. Toki o’tkinchi hoyu havas sarkashlik ila seni yo’ldan urmasin. Ushbu baytda bosh, yuz, qosh kabi uyadosh so’zlarni qo’llash orqali Tanosub san’ati yuzaga keltirilgan.
3 – bayt
To nayozorad zi mijgonat ruxash az nozuky,
Ru’zi vasl, ey dil, ba ru’yash chashm xar soat madu’z.
3 – baytda 2 – baytda qilingan murojaatdan farqli o’laroq, ko’ngilga murojaat qilib, nido san’atini vujudga keltirgan.
Yor shunchalik nozik bo’lganligi sababli visol kunida hadeb unga ko’z tikaverma, ozor berma deyish orqali yorning nozikligiga ishora qilib, Mubolag’a san’atini vujudga keltirganini guvohi bo’lishimiz mumkin.
4 – bayt
Pur masu’zonam zixijronu zi oxam vaxm kun,
Xar guzorad sham’, agarchi xast parvona su’z.
4-baytda esa buyruq, da’vat ma’nosi yetakchilik qilib, yorni ogohlikka chorlamoqda. Sham parvonani kuydirgani bilan o’ziga ham zarar qiladi, oxir oqibat o’zi ham yonib tugaydi. Ya’nikim ma’shuqa yorining ahvoliga tushib qolmasligi uchun yorga ozor berishdan tiyilishi kerakligiga ishora qilingan. Ma’shuqaga “ meni ko’p kuydirma, ohimdan vahm et” deyish orqali Amri naxiy badiiy san’ati vujudga keltirilgan. 4 – baytning ma’nosi 5 – baytda yanada to’laroq va yorqinroq qilib ochib berilgan.
Az firebiZoli charx emin mabosh, ar Rustamy,
Z-on ki sheronro zi makrash karda ojiz in ajus.
Hatto Rustamdek kuchli va zo’r bo’lsang ham, makkora kampir hiylasiga beparvo bo’lma, chunki bu kampir o’z makri bilan ne-ne arslondek bahodirlarni ham osongina yer tishlatgan. Bunday deyish orqali, ko’zga ko’rinmaydigan , e’tibordan chetda qoladigan har qanday eng kichik narsalar yoki muammolar ham katta ko’ngilsizliklarga olib kelishi mumkin. Qo’shimcha o’rnida shuni aytish mumkinki, tarixiy shaxs ya’ni Rustamni qo’llash orqali Talmeh san’ati vujudga keltirilgan.
6 – bayt
Bast ajab ramzest bulbul oshiqu gul garki xun,
Az garobatxoiishk aftoda bexad in rumuz.
6 – baytda biroz lirik chekinish qilinib, bulbulning gulga qo’nishi ajoyib bir hodisa ekanligi , ishqning ajoyibot g’aroyibotlaridan biri bo’lgan bunday afsonaviy ramzlarning ko’p ekanligiga ishora qilinadi.Bulbul va gul so’zlarini qo’llash orqali Tanosub san’ati qo’llangan. Qonga g’arq bo’lish, sho’ng’ib ketish birikmalari orqali mubolag’a san’atidan ustalik bilan mohirona foydalanilgan.
7 – bayt
Foniyo, az kat’i roxi ishq mone’ kay shavad ?
Garna az bori xudy zoxid namudy pushtko’z.
7 – baytda esa o’z-o’ziga murojaat qilib, Zohid ya’ni ishq sharobini ichgan, ishqdan mast bo’lgan kishi, oshiq og’ir yuk ko’tarib bukri bo’lib qolmagan bo’lsa, demak ishq yo’lini bosib o’tishda mone’lik bo’lmaydi, ya’ni hech qanaqa qarshilik va to’siqlarga duch kelmaydi.
Xulosa qilib aytganda, baytda tarki dunyodan voz kechgan lirik qahramonning mayxonani afzal bilib lirik qahramon mayxona ahliga sherik bõlgani aytilmoqda . Uning bu sheriklari rind-u so’fiylar.