Mavzu 10: Bankning moliyaviy natijalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish tartibi. Tijorat banklari yillik hisobotlari auditorlik xulosasisiz Markaziy bank
tomonidan qabul qilinmaydi va matbuotda chop qilishga ruxsat berilmaydi.
Ma’lumki auditorlik hisoboti – tijorat banki rahbari, mulkdori,
ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yig‘ilishiga taqdim etiladigan, auditorlik
tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan
aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi huquq buzilishlari to‘g‘risida
batafsil ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish natijasida
olingan va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos hisoblanadigan boshqa
axborotdan iborat bo‘lgan hujjatdir. Auditorlik xulosasi esa - moliyaviy
hisobotning haqqoniyligi (to‘g‘riligi) va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining
qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik
tashkilotining fikri yo’zma shaklda ifodalangan va xo‘jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat hisoblanadi.
Auditorlik hisobotida quyidagilar bo‘ladi:
a) nomi;
b) adresatning nomi;
v) kirish qismi;
g) tahliliy qism;
d) yakuniy qism.
Auditorlik hisobotining har bir sahifasiga moliyaviy hisobotning auditorlik
tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) imzo chekishi shart.
Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkiloti rekvizitlari, shu
jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyaning raqami va sanasi,
auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun asos va xo‘jalik
yurituvchi sub’ekt faoliyatining umumiy tavsifi keltiriladi.
Auditorlik hisobotining tahliliy qismida quyidagilar bo‘lishi shart:
- bank ichki nazorat holatini tekshirish natijalari (batafsil bayo’ni);
- buxgalteriya hisobi holati va moliyaviy hisobotni tekshirish natijalari;
- moliyaviy-xo‘jalik faoliyatиnи amalga oshиrиsh paytиda qonunchilik
talablariga rioya etilishini tekshirish natijalari;
-soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash hamda to‘lashning
to‘g‘riligini tekshirish natijalari;
- aktivlarning butligini tekshirish natijalari;
Tijorat banki ichki nazoratining holatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi
axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- ichki nazorat tizimining bank faoliyatining miqyo’slari va xususiyatiga
muvofiqligi umumiy bahosi;
- auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlangan ichki nazorat tizimining bank
faoliyatining miqyo’slari va xususiyatiga jiddiy nomuvofiqliklari bayo’ni.
Banklarda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti holatini tekshirish
natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan
tartibiga rioya qilinishini baholash;
- auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va
moliyaviy hisobotni tayyo’rlashning belgilangan tartibini jiddiy buzishlar bayo’ni.
Bank tomonidan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish paytida
qonunlarga rioya etishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni
o‘z ichiga olishi kerak:
- tijorat banki amalga oshirgan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining
qonunchilikka muvofiqligini baholash;
- auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, bank amalga oshirgan
moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarning qonunchilikka jiddiy nomuvofiqliklari
bayo’ni.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashi va to‘lashning to‘g‘riligini
tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar to‘g‘riligining bahosi;
-soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning belgilangan
tartibini buzish faktlari, soliq solinadigan bazani belgilash paytidagi chetga
chiqishlar bayo’ni.
Aktivlar butligini tekshirish natijalari aktivlarni inventarlashga asoslanishi va
o‘z ichiga ularning haqiqatda mavjudligi va butligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
olishi kerak.
Auditorlik hisobotining yakuniy qismi auditorlik tashkilotining aniqlangan
chetga chiqishlar va huquq buzilishlarini bartaraf etishga doir tavsiyalarini,
shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy- xo‘jalik faoliyati
samaradorligini oshirishga doir takliflari va maslahatlarini o‘zi ichiga olishi kerak.
Auditorlik tashkiloti auditorlik hisobotini tuzganlik uchun qonun hujjatlariga
muvofiq javobgar bo‘ladi. Auditorlik hisobotida keltirilgan axborot maxfiy
hisoblanadi va oshkor etilmasligi kerak. Ammo qonunchilik hujjatlariga asosan
tijorat banklari va auditorlik tashkilotlari o‘rtasidagi shartnomalarda auditorlik
hisobotini Markaziy bankga taqdim qilishni cheklovchi moddalar bo‘lmasligi
lozim. Axborotni oshkor etganlik uchun ushbu axborotdan foydalana oladigan
shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.