Mavzuning dolzarbligi. Ta‟kidlash joizki, oila ijtimoiy institut sifatida
o„zining barcha vazifalarini bajargan taqdirdagina, mafkuraviy tarbiyaning
kafolatli o„chog„iga aylanadi. Zero, har bir oilaning muqaddas vazifasi –
qobiliyatli farzandlarni o„stirish, ularni jismoniy, intellektual va ma‟naviy
tomondan yetuk qilib, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan
iborat. Ya‟ni, ham ma‟naviy, ham jismoniy jihatdan sog„lom, barkamol inson faqat
sog„lom oilada shakllanishi mumkin. Oiladagi sog„lom muhit va barqarorlik esa
yaxlit jamiyat ma‟naviy takomilining aslosidir.
Sharqda bir necha asrlar oldin oila va uni tashkil etish, oilaviy munosabatlar,
uning shaxs kamolotidagi o„rni va roli xususida Yusuf Xos Xojib, Kaykovus,
Jaloliddin Davoniy, Muxammad Sodik Koshgariy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali
Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy kabi allomalarimiz ham o„z karashlarini
bayon etib kelganlar.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida ijod qilgan o„zbek
ma‟rifatparvarlari Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriylarning
asarlarida xalqimizning milliy qadriyatlari, turmush tarzi, oiladagi farzandlar
tarbiyasi milliy ruhda ifodalangan.
Mustaqil taraqqiyot yo„liga chiqqan O„zbekistonda ko„plab yangi sohalar
qatori aholiga psixologik maslahatlar berish hamda oilaviy psixoterapiya sohasini
rivojlantirishga xizmat qiladigan tadqiqotlarga bo„lgan muayyan ehtiyoj tobora
ko„proq sezilmoqda. Zero, bunday xizmatlarga ehtiyoj bir tomondan oilaviy
6
munosabatlarni muvofiqlashtirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, shu
maskanda tarbiyalanayotgan bolalarning psixologik rivojlanishiga ota-onalar
tomonidan ko„rsatiladigan e‟tiborning samarasini belgilaydi.
Bolaning psixik rivojlanishi uning ruhiyatiga ta‟sir ko„rsatuvchi ob‟ektiv va
sub‟ektiv omillarga, xususan, undagi o„zlikni anglash, o„ziga-o„zi beradigan
baholar hamda munosabatlarning xarakteriga bog„liqdir. Bu, avvalo, inson
shaxsining psixologik asoslarini shakllantiruvchi, uning emotsional, intellektual va
ijtimoiy rivojlanishiga zamin yaratuvchi ontogenezning dastlabki bosqichlariga
taalluqlidir. Bunda oiladagi munosabatlar, xususan, ota-onalar o„rtasidagi o„zaro
munosabatlar, shuningdek, ota-ona va farzandlar o„rtasida o„rnatiladigan
munosabatlarning tabiati katta rol o„ynaydi. Oila ijtimoiy guruhlarning eng kichigi
bo„lib, bolada o„zi va o„zgalar to„g„risida shakllanadigan ijtimoiy tasavvurlarining
dastlabki muhiti sifatida katta ijtimoiy ahamiyatga molik maskandir. Davlatimiz
rahbari I.A.Karimov ta‟kidlaganlaridek, “Insonning eng sof va pokiza tuyg„ulari,
ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag„rida shakllanadi.
Bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma‟naviy mezon va
qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha
kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir”.
1
Tadqiqotning dolzarbligi, shu nuqtai nazardan boladagi jamiyatda, insoniy
munosabatlar tizimida munosib maqomga ega bo„lishini ta‟minlaydigan eng
dastlabki
ijtimoiy
tasavvurlar
hamda
o„zi va o„zgalar to„g„risidagi
tushunchalarning shakllanishiga oiladagi ma‟naviy-ruhiy munosabatlarning rolini
aniq empirik ma‟lumotlar bilan asoslashga bo„lgan davrning ehtiyojidan kelib
chiqadi.
Ko„plab psixologik tadqiqotlarda oila bola shaxsining shakllanishi va uning
ijtimoiylashuviga ta‟sir ko„rsatuvchi omil sifatida baholanadi. Lekin boladagi o„zi
to„g„risidagi barcha tasavvurlarning shakllanishida u tarbiyalanayotgan oiladagi
munosabatlarning xususiyatlari, oila tiplari va ota-onalik maqomlarining ular
1
Ислом Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008 – 52 б.
7
tomonidan qay darajada anglanishining bevosita roli alohida tadqiqot doirasida
O„zbekiston sharoitida o„rganilmagan. Bu masala amaliy ahamiyatga molik bo„lib,
“...inson o„z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5
yoshgacha bo„lgan davrda olar ekan”.
2
Demak, shu informatsiyalar orasida
bolaning o„z “Men”ini to„g„ri shakllantiradigan va shu orqali uni ijtimoiy
psixologik munosabatlarga ruhan tayyorlaydigan ma‟lumotlarning manbai va ta‟sir
kuchini o„rganish yosh ota-onalar va oilashunoslar uchun o„ta dolzarb ahamiyat
kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |