Fanning maqsad va vazifalari
Oldingi kurslarda olingan bilim bazasida, isbotlarga asoslangan fiziologik xamda og`irlashgan xomiladorlikda samarali perinetal yordam printsiplariga, normal va patologik tug`ruk kabul kilish, tug`rukdan keyin chakalok parvarishi, akusherlik amaliyotida tez-tez uchrab turadigan shoshilinch vaziyatlarda, profilaktika metodlari va birinchi yordamga, diagnostikaga talabalarni akusherlik asoslari umumiy amaliyoti shifokori kvalifikatsiyalangan xarakterdagi bilim bilan o’kitish;.
“akusherlik” amaliyotida ko’yilgan vazifalar:
-Talabalarda xomilador organizmdagi turli sistemalarning funksiyasi va ularning regulyatsiyasi xakida ko’nikmani shakllantirish;
-Erta xomiladorlik muddati diagnostikasi, xomiladorlarni tekshiruvdan o’tkazish, ambulator sharoitda tug`uvchi va fiziologik xomilador ayollarni ratsional nazorati va diagnostikasi bo’yicha ko’nikma xosil kilish;
-Talabalarni diagnostika, fiziologik tug`ruklarni boskichma-boskich kechishi, yuzaga chikishi mumkin bo’lgan noxush xolatlar va ularni bartaraf etish taktikasi, normal tug`rukdan keyingi xolatlarning namoyon bo’lishi va nazoratga olishga o’rgatish,
-preeklampsiya,kon ketishi, vaktdan oldingi va tor chanokli ayollarda muddati cho’zilgan tug`ruklar, immunokonflikt xomiladorlik, tug`rukdan keyingi yiringli- septik kasalliklar diagnostikasi,uning klinik namoyon bo’lishi, profilaktikasi, urgent patologiyada birinchi yordam ko’rsatish bilimlariga, gospitalizatsiya kilish metodlari va profil bo’yicha umumiy amaliyot shifokorining taktikasini shakllantirish
-Talabalarni tibbiy xujjatlarni yuritish prinsiplari va ko’rinishlari bilan tanishtirish
-Talabalarni feto- platsentar sistema kurilishi va funksiyasi, uning xolati to’g`risidagi diagnostika metodlari , perinotal patologiya xakidagi zamonaviy tushunchalar, uning profilaktik choralari bilan tanishtirish;
-Talabalarni zamonaviy davolash- diagnostika apparaturalari, akusherlik amaliyotida ko’llaniladigan operativ tug`ruk metodlari bilan tanishtirish
-
Dostları ilə paylaş: |