O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 22,23 Kb.
tarix05.06.2023
ölçüsü22,23 Kb.
#125246
1- mavzu. ttttt


O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

TЕRMIZ DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

" PЕDAGOGIKA VA IJTIMOIY ISH ” KAFЕDRASI
“PЕDAGOGIK MAHORAT ” FANIDAN MUSTAQIL TAʼLIM
MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN

USLUBIY KO’RSATMA

Bilim sohasi 100000 - Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 5110900- Pedagogika va psixologiya

TЕRMIZ-2023


Tuzuvchilar: M. Dadaxonova



Mazkur uslubiy ko’rsatma OO’MTV ning 2021 yil 16-iyuldagi 311-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan ,,Pedagogik mahorat’’ fanidan tuzilgan namunaviy o’quv dastur asosida ishlab chiqilgan ishchi o’quv dasturi asosida tuzilgan.


KIRISH
I. UMUMIY QOIDALAR

Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14- avgust 286 sonli buyrug’iga muvofiq, talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo’yicha yo’riqnomaga asosan.
Talaba mustaqil ishi –muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriydan tashqarida o’zlashtirilishiga yo’naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Pedagogik mahorat fanidan talabalar mustaqil ta’limni quyidagi shakllardan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin.
Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;
Tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
Avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzular ustida ishlash;
Yangi texnikalarni apparaturalaarni jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish;
Adabiyotlarni konspekt qilish; Individual topshiriqlarni bajarish.
Agar mustaqil ta’lim referat tariqasida shakllantirilishi nazarga tutilgan bo’lsa, o’qituvchi tomonidan mustaqil ish mavzulari ro’yhati beriladi.
Talaba o’zi tanlagan mavzuga reja tuzib, 6-10 bet hajmida qo’l yozma shaklida referatni topshiradi. Topshirgan referatni himoya qilib bahosini eshitadi.

Bundan tashqari ,,Pedagogik mahorat’’ fanidan talabalar xohishlariga ko’ra ilmiy maqola, tezislar ham tayyorlashlari mumkin. Bunda tashlangan mavzu ta’lim-tarbiya jarayonining biror tomonga yo’naltirilgan bo’lishi shart.
Muhokama qilib, baholangan maqola yoki tezis matbuotda nashr uchun yoki talabalar, magstrlar hamda professor- o’qituvchilarning ilmiy maqolalari to’plamlariga, ilmiy- nazariy, ilmiy- amaliy konferensiyalarda ma’ruza qilish orqali baholanadi.
Talabalarga ijodiy yondashuvni talab qiladigan yana bir shakli borki bu ko’rgazmali slidelar, stentlar yaratish.
Ushbu jarayonni bajarishda talabalardan chuqur mushohada, designlik mahorati ham talab etiladi. Seminar, amaliy mashgulot, tajriba mashgulotlari uchun ajratilagn mustaqil ta'lim soatlari mazkur mashgulotlarining bajarish jarayoniga yo’naltirilganligi uchun talaba seminar amaliy mashgulot va tajriba mashgulotlari uchun mustaqil ta'lim shaklida bajaradi.
TALABALAR MUSTAQIL ISHINING SHAKLLARI
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o ‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda qo ‘yidagi shakllardan foydalanadi:
ayrim nazariy mavzularni o ‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o ‘zlashtirish;
berilgan mavzu bo ‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
seminar va amaliy mashg ‘ulotlarga tayyorgarlik kurish;
laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik kurish;
xisob-grafik ishlarini bajarish;
nazariy bilimlarni amaliyotda qo ‘llash;
amaliyotda mavjud muammolarning yechimini topish (keys-stadi);
maket, model va namunalar yaratish;
ilmiy maqola, anjumanmanga ma ‘ruza tezislarini tayyorlash.
O ‘qitiladigan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanishi mumkin.
O ‘quv fanlari bo ‘yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ishining shaklli, mazmuni va hajmi ifoda etiladi.
Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda har bir fan bo ‘yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriqlar, variantlar ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy- uslubiy kengashida tasdiqlanadi.
Talaba uchun muayyan fan bo ‘yicha mustaqil ish topshiriqlari tegishli kafedra professori (yoki yetakchi dosent) tomonidan o ‘quv mashg ‘ulotlarini bevosita olib boruvchi o ‘qituvchi bilan birgalikda tuziladi xamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Talabaga berilgan mustaqil ishni bajarish bo ‘yicha dastlabki ko ‘rsatma va tavsiyalar qayd etiladi.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbai sifatida darslik va o‘quv ko ‘llanmalar, metodik qo‘llanmalar va ko ‘rsatmalar, ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar tavsiya etiladi.
Internet tarmog ‘idagi tegishli ma ‘lumotlar, berilgan mavzu bo‘yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
Kafedra mudiri va tegishli fakultet dekani taqdimnomasi asosida oliy ta`lim rektorati talabalarga mustaqil ishlarini bajarish uchun zaruriy axborot manba va vositalarni belgilaydi, talabalarga turli kutubxonalar, muzeylar, tarmoq muassalari va korxonalardan mustaqil ish uchun zaruriy ma ‘lumotlar tuplash yuzasidan so ‘rovnoma xatlarni rasmiylashtirib beradi.
Universitet rektorati tomonidan talabalarga mustaqil ishlarini o‘z vaqtida bajarish uchun kompyuter texnikasi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi.
MUSTAQIL TALIM VA MUSTAQIL ISHLAR
Mustaqil talim auditoriyada va auitoriyadan tashqarida bevosita oqituvchi rahbarligida yoki talaba mustaqil ishlashi tarzida syllabusda korsatilgan shaklda talim yonalishi oquv jarayoni jadvaliga mufofiq nazariy oqishining 15 hafta mobaynida belgilangan muddatida(haftada) talaba tomonidan taqdim etib boriladi.
Mustaqil talim quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
- Oqituvchi rahbarligidagi talaba mustaqil ishi(O’RTMT) 1-15 mavzular seminar mashgulotiga tayorgarlik korish jarayonida taqdim etib boriladi;
-Talaba mustaqil ishi(TMI)ning 16-21 mavzulari boicha taqdimot(slayd) tayorlash va uni HEMIS OTM tersu.uz tizimiga belilangan haftada joylashtirib borish;
- Talaba mustaqil ishi(TMI)ning 22-25 mavzulari kontakt soatlarida (tort mavzusi)ogzaki himoya qilinadi va 26-30 mavzular esa (tort mavzu) yakuniy nazorat variantlariga savol qilib beriladi;
TMI mavzulari boyicha OAV yoki ilmiy anjumanlardagi maqolalar nashr etilsa inobatga olinadi va nazorat turining maksimal bali beriladi;

I.MODUL TAVSIFI


Pedagogik mahorat fani 3 ta moduldan iborat bolib 1-Modul. Pedagogik mahorat fanining nazariy asosari bolib, unda pedagogik mahorat hakida tushuncha va uning okituvchi faoliyatida tutgan orni, pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida oqituvchi mahorati masalalari, o`qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat, oqituvchining kommunikativ qobiliyati, oqituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasn kabi masalalar organiladi.

2-Modul. Maktab amaliyotida oqituvchi mahorati.


Oqituvchi va oquvchi ortasidagi muloqot, o'qituvchining muioqot asosida sinf jamoasini boshqarish usullari, pedagogik nazokat va odob-axloq, pedagogik nazokat me'yorlari, pedagogik texnika haqida tushuncha. pedagogik tcxnikani shakllantirish uslublari, pedagogik tcxnikani shakllantirish uslublari shuningdek nutq texnikasi va notiqlik madaniyati, mutafakkirlar va pedagoglarning soz va nutqning ijtimoiy jamiyatda tutgan orni va roli haqidagi qarashlari, ogzaki nutqning psixologik tuzilishi, oqituvchining ta'lim jarayonidagi mahorati kabi mavzular organiladi.
3-Modul. Oqituvchining tarbiya jarayonidagi mahorati qismi bolib, unda

Oqituvchining tarbiyachi sifatidagi mahorati, jamoani oganishning asosiy mezonlari, oqituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat olib borishi, tarbiya qonuniyatlari va tarbiya mazmuni tamoyillarini, modellashtirish, tarbiya texnologiyalarini qollashda pedagogik vositalardan foydalanish, oqituvchi pedagogik faoliyatida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, oqituvchi pedagogik faoliyatida kasbiy refleksiyaning orni, oqituvchi pedagogik faoliyatida deontologiya va


kompetentlik, pedagogik mahorat va kompetensiya mezonlari, pedagoglik kasbining sathlarini tashkil etuvchi kompetensiyalar, oqituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash, oqituvchining mehnatini ilmiy tashkil etish, oz-ozini tarbiyalash va oz ustida ishlash, Pedagogika tajribani toplash tizimi kabi masalalar organiladi.
Syllabusda fanning maqsadi, organiladigan mavzular, oquv mashgulotlari va mustaqil talim hajmi va mazmuni, talabalarning konikma va malakasi, baholash mezonlari hamda foydalaniladigan adabiyotlar royxatini oz ichiga oladi.
Fan nazariy hamda amaliy bilim va konikmalarni rivojlantirishga yonaltirilgan mashgulotlar tarzida tashkil etiladi. Pedagogik mahorat modullari dunyoqarashni, mustaqil fikrlash qobiliyatinii va tafakkur madaniyatini yuksaltirishni maqsad qilgan talabalar uchun foydali boladi.
Yuqorida aytilgandek, talabalar mustaqil ishi ishchi dasturida ko ‘rsatilganidek yozma yoki og ‘zaki javoblari shakllarida amalga oshiriladi.
«Talabalar mustaqil ishi» jumlasi ko ‘rsatib turibdiki bu ishni talabalar ayrim mavzulari bo ‘yicha u yoki bu masalalarni mustaqil o‘rganib, bajaradi u o ‘qituvchi tomonidan baholanadi va bu ish oldindan rejalashtirilgan grafik asosida amalga oshiriladi. Talabalarning mustaqil ish shakli yozma konspekt shaklida yoki belgilangan masalaga adabiyotlarni mustaqil o‘qib tayyorlanish shakllarida tashkil etiladi. Qo‘yida talabalarning mustaqil ishining qaysi mavzular va shakllari bo ‘yicha bajarilishi keltiriladi.
TALABALAR MUSTAQIL ISHINI NAZORAT QILISH
Universitetda talabaning haftalik mustaqil ishlarining umumiy hajmi bakalavriatning kunduzgi bo ‘limida 22 soatni tashkil etadi.
O ‘quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi bo ‘yicha tuplagan Reyting ballari har bir fan bo ‘yicha gurux reyting kaydnomasida JB, OB, YaB qatorida MB shaklida qayd etiladi. Umumiy ball hisoblanib, mustaqil ish uchun ajratilgan soatlar hajmida aniqlanadi va talabaning reyting daftarchasida hamda o‘qish yakunida bitiruvchiga taqdim etiladigan diplom ilovasida qayd etiladi.
Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigan va fakultet dekani tomonidan tasdiklanidigan mustaqil ish jadvali asosida amalga oshiriladi.
Talabaning mustaqil ishi bo ‘yicha bajariladigan soatlar gurux jurnalida qayd qilib boriladi.
Talaba mustaqil ishini nazorat qilish amaliy mashg ‘ulotlarni olib boruvchi o ‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabaning mustaqil ishi o ‘quv rejada muayyan fanga ajratilgan soatga mos reyting ballari bilan baholanadi va natijasi fan bo ‘yicha talabaning umumiy reytingi kiritiladi.
Talabaning reyting kursatkichlari, shu jumladan mustaqil ishi bo‘yicha, an‘anaviy guruh reyting oynasida va (yoki) fakultetning maxsus elektron tarmog ‘ida yoritib boriladi.
Talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari tegishli kafedralar tomonidan belgilanadi va fakultet Ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarni baholash mezonlari talabalarga o ‘quv yili (semestri) boshlanishi oldidan metodik materiallar bilan birgalikda tarqatiladi.
Mustaqil ish bo ‘yicha belgilangan maksimal reyting balining 55%dan kam ball to ‘plagan talaba fan bo ‘yicha yakuniy nazoratga qo ‘yilmaydi.
Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bo‘yicha o‘zlashtirishi muntazam ravishda talabalar guruhlari, kafedra yig ‘ilishlari va fakultet ilmiy kengashlarida muhokama etib boriladi.
Institutda yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari ma’naviy va moddiy jihatdan rag ‘batlantiriladi.
Ushbu uslubiy ko ‘rsatma “Umumiy pedagogika” fani bo ‘yicha ishlab chiqilgan ishchi o ‘quv dasturiga mos bo ‘lib, uning mazmuni ma‘ruza professor-o ‘qituvchi tomonidan birinchi darsda talabalarga tushuntiriladi. (mustaqil ishning ahamiyati, uning bajarilishi tartibi, baholash mezonlari va x).
Ma ‘ruza va amaliy mashg ‘ulot darsini olib boruvchi o ‘qituvchi talabalarga har darsda kursatmada kursatilgan mavzu bo ‘yicha mustaqil ishning bajarish muddatini belgilab berishi kerak. Shu bilan bir qatorda amaliy mashg ‘ulot darsi olib boruvchi o‘qituvchi talabalarning mustaqil ishni bajarishi uchun kerak bo ‘lgan adabiyotlar bilan ta ‘minlanganligini nazorat qilib borishi lozim. Agarda talabalar kerakli bo ‘lgan adabiyotlar bilan ta ‘minlanmagan bo‘lsa, unda adabiyotlar bilan ta ‘minlash chora tadbirini kurishi kerak. Talabalar tomonidan mustaqil ishning qanday darajada bajarayotganligiga amaliy mashg ‘ulot darsi olib boradigan o ‘qituvchi mas ‘ul hisoblanadi. Buning uchun o‘qituvchining qo‘lida (guruh seminar jurnalida) har bir talabaning mustaqilishni qanday bajarayotganligi xaqida talaba mustaqil ishni o‘z vaqtida topshirmagan (bajarmagan) bo ‘lsa navbatdagi mustaqil ishni bajarishiga ruxsat bermaydi. Xulosa, har bir talaba o ‘quv-ishchi rejada kursatilgan mustaqil ishni bajarishi majburiy

MUSTAQIL TA ‘LIMNI AMALGA OSHIRISHGA DOIR PROFESSOR-O ‘QITUVCHI HAMDA TALABALARNING VAZIFA VA MAJBURIYATLARI
Talabalarning mustaqil ta ‘limini tashkil etishda professor-o‘qituvchilar quyidagi vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishi lozim:
- fan (modul) bo ‘yicha fan dastur (Syllabus)da o ‘quv rejasida ko‘zda tutilgan kredit(soat)ga muvofiq mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun mavzular va mustaqil ish topshiriqlarini aniq aks ettirish;
- mustaqil ishlar va topshiriqlarning aqliy faoliyat (tahlil, sintez, taqqoslash, solishtirish, umumlashtirish)ni taqozo etishini ta ‘minlashi;
- fan dastur (Syllabus)da mustaqil o ‘qib-o ‘rganish uchun tavsiya etilgan mavzularni o ‘zlashtirish va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishga doir metodik ko ‘rsatmalar, baholash mezonlari va muddati, maslahat olish uchun kontakt soatlarini ko ‘rsatib qo ‘yishi;
- fan (modul) bo‘yicha talabalarning kichik guruhlardagi hamkorlik faoliyatini tashkil etish hamda jamoada ishlash natijalari bo ‘yicha so‘rovlar o‘tkazish. Mazkur jihat talabalarning hamkorlikdagi ishlari natijalarini baholashda hisobga olinishi;
- kurs ishi mavzulari bankini tuzishda mustaqil ta ‘lim mazmunini ham aks ettirishi;
- oraliq va yakuniy nazorat savollarini tuzishda mustaqil ta ‘lim uchun tavsiya etilgan mavzularni ham nazarda tutishi;
- mustaqil ish topshiriqlarining bajarilishini HEMIS OTM tersu.uz tizim
(platforma) orqali nazorat qilib borishi, tekshirishi va baholashi, natijalarni o‘z vaqtida talabalarga yetkazishi. Kichik guruhlarda hamkorlikda bajarilgan mustaqil ishlar taqdimotini o ‘tkazishi, kongruentlik (“hozir va shu yerda”) tamoyiliga rioya qilgan holda, talabalarning yutuq va kamchiliklarini aniqlashtirishi va natijalarini e’lon qilishi;
- professor-o ‘qituvchi fan dasturi (Syllabus)da belgilangan kontakt vaqtida mustaqil ish bo ‘yicha talaba murojaati asosida maslahat va amaliy tavsiyalar berib borishini nazorat qilishi;
- talabalarning mustaqil o‘zlashtirishlari uchun qo‘shimcha o‘quv materiallari, ularning mazmuniga doir mustaqil ish mavzulari va topshiriqlar tayyorlashi hamda talabalarga ularni bajarishlari uchun tegishli ko ‘rsatmalar berib borishi.
Mustaqil o ‘qib-o ‘rganish va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda talabalar quyidagi vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishi lozim:
- fan (modul)lar bo ‘yicha mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun tavsiya etilgan mavzularni to ‘liq o‘zlashtirishi va mustaqil ish topshiriqlarini belgilangan muddatlarda sifatli tarzda taqdim etishi;
- mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda plagiat (ko ‘chirmakashlik)ga yo‘l qo ‘ymasligi;
- mustaqil ish topshiriqlarini bajarishga kreativ yondashishi, mustaqil, tanqidiy va innovatsion fikrlash, axborotlar bilan ishlash kompetentligiga ega bo‘lishi, o ‘z-o ‘zini rivojlantirishga intilishi;
- kichik guruhlarda hamkorlikdagi mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda jamoaning umumiy maqsadiga mos harakat qilishi, o ‘ziga yuklatilgan vazifalarni o ‘z vaqtida bajarishi, jamoada ishlay olish kompetensiyasini o ‘zlashtirishi.
Mustaqil ishga qo ‘yilgan baho (ballar) bo ‘yicha e ‘tirozlar bo ‘lgan
taqdirda, talaba belgilangan muddat tugaganidan keyin 24 (yigirma to ‘rt) soat (1 sutka) davomida dekanat (registrator ofis)ga HEMIS OTM tersu.uz elektron platforma orqali ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
- mavzuli portfoliolar tuzish;
- axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash;
- manbalar bilan ishlash;
- infografika tuzish;
- chizma-tasviriy modellar (intellekt-kart, freym, mantiqiy graf va h.k.) yaratish;
- multimediali taqdimotlar yaratish;
- darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash;
- darsdan tashqari mashg ‘ulot ishlanmalarini tayyorlash;
Ta ‘lim yo ‘nalishi (mutaxassislik)ning xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ishlarning boshqa turlaridan foydalanish mumkin.

1-Modul. Pedagogik mahorat fanining nazariy asosari

1- mavzu. PEDAGOGIK MAHORAT HAKIDA TUSHUNCHA VA UNING OKITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN ORNI.
Ozbekiston Respublikasining Talim togrisidagi Qonunida pedagogik faoliyatni tashkil etishga qoyilgan talablarni organish
2- mavzu. PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB AMALIYOTIDA OQITUVCHI MAHORATI MASALALARI
Mustaqil ta’lim: Sharq allomalari mudarrislar mehnati haqida mavzusida reja tuzing va oz fikr- mulohazalaringizni bildirib, Mustaqil ish yozing
3- mavzu. O`QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYAT
Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushuncha. Pedagogik qobiliyatlarning turlari va ularning tavsifi. Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo`llari. Kommunikatsiya haqida tushuncha
Pedagogik qobiliyatlarning turlari va ularning tavsifi (Akademik qobiliyat, didaktik qobiliyat, perseptiv qobiliyat, tashkilotchilik qobiliyati va h.k)
4-mavzu. OQITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI
O’qituvchining kommunikativ madaniyati. A. Xoliqov “Pedagogik mahorat asoslari” kitobi haqida.
5 - mavzu: Oqituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasn
Quyidagi mavzular asosida reja tuzing va oz fikr-mulohazalaringizni bildirib, Mustaqil ish yozing:
Hozirgi kunda yosh o'quvchilar uchun zarur bolgan pedagogik tasir ko'rsatish mezonlari.

2-Modul. Maktab amaliyotida oqituvchi mahorati


6 - mavzu: Oqituvchi va oquvchi ortasidagi muloqot
Pedagogik muloqotning tuzilishi va metodlarini organish
7- mavzu. O'QITUVCHINING MUIOQOT ASOSIDA SINF JAMOASINI BOSHQARISH USULLARI
Demokratik jamiyatda oqituvchi va oquvchi munosabati mavzusida esse yozish
8-mavzu. Pedagogik nazokat va odob-axloq
Yosh oqituvchining hushmuomalaligi, dilkashligi va pedagogik takti mavzusida reja tuzing va oz fikr - mulohazalaringizni bildirib Mustaqil ish yozing:
9-mavzu. Pedagogik nazokat me'yorlari
Pedagogik nazokat mavzusiga doir glossariy tuzish
10-Mavzu: Pedagogik texnika haqida tushuncha
0qituvchining pedagogik texnikasini takomillashtirishda hozirgi kun talablari mavzusida maqola topib kelish
11-mavzu. PEDAGOGIK TCXNIKANI SHAKLLANTIRISH USLUBLARI
Pedagogik tcxnikani shakllantirish uslublari mavzusiga doir glossariy tuzish
12-mavzu. Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati
Nutq madaniyati haqida tushuncha va uning asosiy elementlari
13-mavzu. Mutafakkirlar va pedagoglarning soz va nutqning ijtimoiy jamiyatda tutgan orni va roli haqidagi qarashlari.
Nutq madaniyati haqida tushuncha va uning asosiy elementlari boyicha taqdimot tayyorlash
14-mavzu. Ogzaki nutqning psixologik tuzilishi
Nutq madaniyati haqida tushuncha va uning asosiy elementlari boyicha klaster tuzish
15-MAVZU. OQITUVCHINING TA'LIM JARAYONIDAGI MAHORATI

Oqituvchining bilish faoliyatini boshqarishdagi mahorati mavzusida polilogga tayyorgarlik korish
Yüklə 22,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin