O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI O’LIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ТОSHKENT KIMYO-ТЕХNOLOGIYA INSTITUTI
«ОZIQ-ОVQAT МАHSULOTLARI ТЕХNОLОGIYASI» FАКULТЕТI
« GO’SHT, SUT VA KONSERVA MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI » КАFЕDRASI
“Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarishda qishloq xo’jalik xomashyolarini qayta ishlash texnologiyasi” маvzusidagi bitiruv malaka ishining
ТUSHUNTIRISH ХАTI
«Go’sht, sut va konserva
mahsulotlari texnologiyasi»
kаfеdrasi mudiri dots. Eshmatov F.X.
Bitiruv malaka ishining rahbari: kat.o’q. Zunnunova D.E.
Bitiruv malaka ishini bajaruvchi: 26-18 guruhi talabasi
Samiyev Hoshim
Akram o’g’li
ТОSHKENT – 2021
MUNDARIJA
1.
|
Kirish
|
|
-3
|
2.
|
Хоm аshyo tаvsifi
|
|
-6
|
3.
|
Tехnоlоgik sхеmаni tаnlаsh vа аsоslаsh
|
|
-14
|
4.
|
Mаhsulоt hisоbi
|
|
-51
|
5.
|
Jihоz tаnlаsh
|
|
-57
|
6.
|
Asosiy uskunaning xisobi
|
|
-61
|
7.
|
Sertifikatlashtirish tartibi
|
|
-59
|
8.
|
Mahsulot expertizasi va xavfsizligi
|
|
-75
|
9.
|
Tayyor maxsulot sifatiga qo’yiladigan SanPin talablari
|
|
-82
|
10.
|
Iqtisodiy qism
|
|
-85
|
11.
|
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
|
|
-88
|
12.
|
Atrof-muhit muhofazasi
|
|
-92
|
13.
|
Mehnat muhofazasi
|
|
-97
|
14.
|
Fuqaro muhofazasi
|
|
-103
|
15.
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
|
|
-107
|
KIRISH
Oziq-ovqat sanoati – xalq xo’jalig ining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida go’sht-sut, yog’-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, meva sabzavot konservalari, sut-yog’, shakar, choy qadoqlash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo, chanqov bosar ichimliklar, sovun va boshqalar.
O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish, barcha sohalarda keng ko‘lamli izchil islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tadrijiy taraqqiyot yo‘lini tanladi. Bunda aholini to‘g‘ri ovqatlanish me’yorlariga mos, yuqori sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Shu munosabat bilan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish asosida iqtisodiy islohotlarni kuchaytirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish, boshqaruvning bozor tamoyillariga mos tashkiliy tuzilmasini joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning mustaqilligini kengaytirish va ularning huquqiy himoyasini ta’minlashga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Oziq ovqat sa’noati sohasida chuqur tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Ko’pgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, go’sht-sut, don mahsulotlari va boshqa vazirliklar tugatilib, "O’zoziqovqatsanoat" davlat-aksiyadorlik konserni (1993 y. 5 may; 1994 y. 26 sentabrdan "Oziqovqatsanoat" va "Yog’-moy tamaki sanoat" uyushmalari), "O’zgo’shtsanoat" davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1993 y. 6 aprel), "O’zdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiya-si (1994 y. 22 aprel), "O’zmevasabzavotuzumsanoat" davlat-aksiyadorlikuyushmasi (1994 y. 28 noyabrdan), "O’zbaliq" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1994), Qishloq va suvxo’jaligi vazirligi tarkibidagi "O’zparrandasanoat" respublika ishlab chiqarish birlashmasi (1964), "O’zbekbirlashuv" tarkibidagi Oziq ovqat sanoati korxonalari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. O’zbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga tarkibida 3200 dan ortiq korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining o‘sishi oziq-ovqat sanoati korxonalarini jadal rivojlantirishni ta’minlayapti.Ular ichki va tashqi bozorga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berayotir. 2012-2015-yillarda oziq-ovqat sanoatini kengaytirish va rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi hamda 2012-2015-yillarda qishloq xo‘jaligi xom ashyosini chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va ularning turini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi aholiga sanoat mahsulotlari, iste’mol tovarlari, o‘simlik yog‘i, margarin, mayonez, shaker va boshqa mahsulotlar yetkazib berayotgan yuzdan ziyod korxonani o‘z tarkibida birlashtirgan. Ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning bir qismi eksport qilinayotir.
Ayni paytda Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari turini kengaytirish va ichki bozorni yurtimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli tovarlar bilan to‘ldirish ishlarini izchil davom ettirmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bu borada muhim omil bo‘layotir. Bugungi kungacha asosiy korxonalarda texnik va texnologik yangilash jarayoni yakunlandi. Buning samarasida joriy yil birinchi choragida oziq-ovqat sanoatida ishlabchiqarish hajmi o‘tgan yilning shudavriga nisbatan 6,2 foiz o‘sdi. Xususan, qandolatchilikda bu ko‘rsatkich 3 barobar, oziq-ovqat ishlab chiqarish sohasida 2,5 barobar oshdi.
2013-2015-yilgi investitsiya dasturiga muvofiq meva sharbatlari va shinni ishlab chiqarishni ko‘paytirish ko‘zda tutilgan uch yuzga yaqin loyihani amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.
Bugungi kunda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar oldiga ishlab chiqarish sifatini oshirish va uni boshqarishning yangi standartlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalasi qo‘yilgan. Ularning joriy etilishi istiqbolda korxonalar quvvatini yangi darajaga ko‘tarish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish va turini kengaytirish imkonini beradi. O‘zbekistonning FAO va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Xalqaro komissiyasi tomonidan qabul qilingan oziq-ovqat xalqaro standartlari to‘plami – Alimentarius kodeksi, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning xavfsizligini ta’minlashni tizimli asosda qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, ijtimoiy tenglik va adolatni ta’minlashga qaratilgan «Salomatlik 2020» strategiyasini amalga oshirishdagi ishtiroki e’tiborga sazovordir.
Dostları ilə paylaş: |