О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Menejment ingl. “ management”



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə44/91
tarix12.09.2023
ölçüsü2,81 Mb.
#142929
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Menejment ingl. “ management” sо‘zidan olingan bо‘lib, “boshqaruv, rahbarlik, ma’muriyat, direksiya, boshqarish, egalik qilish va tasarruf etish qobiliyati”ni anglatadi. Menejment hozirgi vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni ishlab chiqish, yaratish, tashkillashtirish, rejalashtirish, samarali foydalanish yoki boshqarish, nazorat qilish tizimi sifatida ta’riflanadi.
Madaniyat muassasalarini boshqarish ham menejment bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha menejment nazariyasi boshqaruv nazariyasidan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
-boshqaruv faoliyatiga marketingni joriy etish (madaniyat va san’at muassasasi xizmatlariga bо‘lgan talablarni о‘rganish);
-har bir madaniyat va san’at tashkiloti xizmatlariga bо‘lgan ehtiyojni shakllantirish uchun aholiga faol ta’sir kо‘rsatish;
- boshqaruv faoliyatini faqat ishonch, hurmat, e’tibor, xodimlarning mehnat qobiliyatlariga xolis baho berishni hisobga olish;
-boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechish tizimiga о‘tish;
Shuni alohida ta’kidlash kerakki:
– madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish;
- madaniyat tizimini qonuniy himoya qiladigan “Madaniyat tо‘g‘risidagi qonun”yaratish;
-san’at bozorida milliy san’at asarlarini targ‘ib etadigan madaniyat va san’atga doir adabiyotlar targ‘iboti;
-xorij tajribasidan keng foydalanish- bularning barchasi madaniyat menejmentiga xizmat qiladigan komponentlardir.
Menejmentga konkret boshqaruvchilik say-harakatlari majmui sifatida qaralsa, uning mazmuni quyidagicha talqin etilishi mumkin. Menejment formal tashkilotlar faoliyatini uyushtirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga molik ijtimoiy faoliyat turi,ushbu faoliyat sohasida erishilgan yuksak malaka , mahorat, hech shubhasiz, san’at darajasidagi yutuq sifatida e’tirof etilishi mumkin. Menejment san’at turi sifatida talqin etilsada, bu sohada yuksak mahoratga ega bо‘lmoqlik uchun mazkur faoliyat turiga asos bо‘lguvchi konseptual g‘oyalar, nazariy prinsiplarni puxta о‘zlashtirish va ish uslubiyatini amaliy jihatdan doimiy ravishda takomillashtirish zarur.
Konseptual malakalar – tashkilotni bir butun deb, ayni paytda uning qismlari о‘rtasidagi о‘zaro aloqalarni aniq ajratgan holda tasavvur etadigan insonning kognitiv (bilim orttirish) qobiliyatidir. Shunday malakalar qatoriga menejerning fikrlashi, uning kelib tushayotgan axborotlarni idrok eta bilishi va rejalashtirish qobiliyati kiradi. Menejer madaniyat va san’at muassasalaridagi har bir bо‘limning jamiyatdagi rolini, madaniyat va san’at sohalaridagi о‘rnini va uning jamiyatdagi hamda ancha keng amaliyot va ijtimoiy doiradagi rolini aniq tasavvur qilishi kerak38.
Bu boshqa xil narsalardan tashqari strategik fikr yuritishni, ya’ni madaniyat muassasasining uzoq muddatga mо‘ljallangan kelajagini chamalash qobiliyatini ham nazarda tutadi. Konseptual malakalar hamma menejerlarga zarur, ammo ular madaniyat va san’at muassasasining oliy darajadagi rahbarlari uchun alohida ahamiyatga ega. Ular paydo bо‘ladigan har bir holatning mazmunini tez ilg‘ab, muhim omillarni ajratib, voqeaning keyingi rivojini oldindan kо‘ra bilishlari kerak.
Menejer muassasa iyerarxiyasining yuqori pog‘onasiga tomon kо‘tarilishiga qarab, u о‘zining konseptual malakalarini rivojlantirishga kо‘proq e’tibor berishi kerak. Aks holda uning “piramida” chо‘qqisi tomon yо‘li chо‘qqining quyi ostonasida tugab qolishi mumkin. Masalan, rahbar tashkilotning rivojlanish strategiyasi tо‘g‘risida о‘ylamay, texnik muammolarga boshi bilan shо‘ng‘ib ketsa, unga rahbarlik qilish vazifasi topshirganda uddasidan chiqolmasligi mumkin. Chunki oliy darajadagi menejerlarning qaror qabul qilish, resurslarni taqsimlash, о‘zgartirishlarni amalga oshirish kabi vazifalari keng nuqtai nazarni – fikr-mulohazlarni talab qiladi.
Menejmentning ilm sohasi deb e’tirof etilishi behuda emas. Bunday nuqtai nazarni paydo bо‘lishiga boshqaruvchilik amaliyoti jiddiy ta’sir kо‘rsatadi. Menejment sohasida tо‘plangan boy tajriba umumlashtirilib, alohida predmet uchun asos qilib olinadi.
Sohaning о‘ziga xos muammolari , ularning yechimini izlash metodologiyasi mavjud. Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida tо‘plangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab, turli xil konsepsiyalar, nazariy g‘oyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida menejment X1X asrga kelib shakllana boshlagan.

Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin