О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə65/91
tarix12.09.2023
ölçüsü2,81 Mb.
#142929
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Muzeylar sohasida
Milliy muzey fondining saqlanishini ta’minlashga qaratilgan zarur choralar kо‘rish, eksponatlarni ilmiy о‘rganish, fondni tо‘ldirib borish va muzey eksponatlaridan keng foydalanishni ta’minlash, muzeylar infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish orqali kо‘rsatiladigan xizmatlarning interaktivligini oshirish, aholi, eng avvalo, yosh avlod uchun mо‘ljallangan, internet tarmog‘idan foydalangan holda, muzeylarning faoliyatiga innovatsion axborot texnologiyalari keng joriy etish va muzey eksponatlarining raqamli shakllarini yaratish orqali muzey eksponatlarini kо‘rish imkonini beradigan infratuzilmani yaratish,О‘zbekiston muzeylarini jahon madaniyat maydoniga integratsiyalash, respublikaning xalqaro miqyosdagi ijobiy nufuzini oshirishda faol ishtirok etish,internet jahon axborot tarmog‘ida respublikadagi mavjud barcha muzeylar faoliyatini targ‘ib etuvchi yagona maxsus veb-saytni yaratish, muzeylarning moddiy-texnika bazasini zamon talablari asosida yanada mustahkamlash choralarini kо‘rish masalalari alohida yoritilgan.
Teatr san’ati sohasida

О‘zbekistonda faoliyat kо‘rsatayotgan teatrlarning zamonaviy pyesalar, shuningdek, milliy mumtoz, G‘arb va Sharq klassik asarlari hamda bolalar va о‘smir yoshlarga mо‘ljallangan uzoq muddatli repertuarini shakllantirish, barkamol avlod qalbida milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar va о‘zligimizga cheksiz xurmat, ona-Vatanga muhabbat, buzg‘unchi yot g‘oyalarga qarshi immunitetini yanada kuchaytirishda teatr san’atining rolini yanada oshirish,teatr jamoalarida dramaturg, rejissyor, rssom, kompozitor, teatrshunos, adabiyotshunos va boshqa ijodkorlarning mustahkam hamkorligiga erishish,teatrlarda tomoshabin bilan muloqotning uyg‘un, xalqqa munzur shakllarini yaratish maqsadida teatr rassomlarining kо‘rgazmalarini tashkillashtirish, teatrlar uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasidagi amaliy ishlarni jonlantirish masalalariga alohida diqqat qaratilgan.




Sirk sohasida
Mamlakatimizda faoliyat kо‘rsatayotgan ushbu soha mutaxassislari bilan hamkorlikda sirk dasturining badiiy saviyasi va qamrovini kengaytirish, xalqaro maydonda о‘zbek sirk san’ati nufuzini yanada oshirish, buyuk ma’naviy merosimiz,betakror qadriyatlarimizni ulug‘laydigan tomoshalar bilan boyitib borish va rivojlantirish, sirk dasturining badiiy saviyasi va qamrovini, sirk sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, faoliyatini baholash hamda rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish borasida dadil islohotlar о‘tkazish vazifalari belgilangan.


Musiqa sohasida
Moziydan sado beruvchi, tarixan uzoq vaqtlardan beri bebaho meros bо‘lib kelayotgan musiqa merosini asrab-avaylash, yangi sharoitlarda rivoj lantirish, о‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarini tо‘plash, tadqiq va targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish, xalq orasidan yetishib chiqqan havaskor sozanda va xonandalar faoliyatini moddiy-ma’naviy qо‘llab-quvvatlash, iste’dodli ijrochilarni aniqlash maqsadida turli darajadagi kо‘rik-tanlovni о‘tkazish, an’anaviy kasbiy musiqa janrlarini yangi shart-sharoitlarda rivojlantirish maqsadida ustoz-shogird tahsil tizimini atroflicha о‘rgangan holda hayotga tadbiq etish, turli darajadagi tadbirlar (festival, kо‘rik-tanlov va h.k.)ni о‘tkazish;akademik yо‘nalishdagi janrlarni (opera, balet, orkestr va h.k.) ansambl ijrochiligi (simfonik, xalq cholg‘ulari, estrada, damli, kamer turlari), kompozitorlar ijodiyotini insoniyat intellektual xazinasi sifatida xalq orasida targ‘ibot qilish va rivojlantirish,О‘zbekiston filarmoniyasi, uning tarkibidagi jamoalar faoliyatining badiiy va tarbiyaviy ahamiyatini hisobga olgan holda respublika aholisi, ayniqsa yoshlar orasida keng targ‘ib qilish borasidagi say-harakatlar kо‘lamini kengaytirish.



Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin