Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)
Rahbarlarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlari kо‘p. Biroq quyidagi ijobiy xislatlar alohida mavqega ega. Rahbar madaniyati. Insonning ichki madaniyati, xulq-atvori, о‘zini tutishi, muomala madaniyati tashkil etishi haqida yuqorida aytib о‘tildi.Rahbar uchun zaruriy xislat bu mas’uliyat bilan vazifani hal etishga qaratilgan ishonch. Iqtisodiy va ijtimoiy о‘zgarishlar vaqtida о‘z hamkorida ishonch uyg‘otish, navbatdagi ishga kafolat berish , boz ustida uni uddalash zamonaviy rahbar uchun muhim fazilatdir. Bu jarayonda rahbarlik tadbirkorlik faoliyati bilan uyg‘unlashib ketadi va ishonch tushunchasi markaziy о‘ringa kо‘tariladi.
Rahbarning, nafaqat obrо‘sini oshiradigan, balki qiyin vaziyatda uni asosiy maqsad yо‘lidan yetaklaydigan fazilatlardan biri – mustaqillikdir. Rahbar о‘z qarashi, mushohada layoqati va shaxsiy nuqtai nazariga egalikka intilishi lozim. Tо‘g‘ri, rahbar о‘z hamkasblariga, shuningdek, о‘rinbosarlari fikrlariga quloq tutishi kerak, lekin qaror va uning ijrosi birinchi shaxs zimmasidagi vazifa. Shu bois fikrlash va hatti-harakatdagi о‘zini erkin tutishi samarali boshqaruvning asosiy omillaridan hisoblanadi.Ammo, bu erkinlik qaysarlik kayfiyatiga aylanmasligi lozim. Buning uchun rahbar doim о‘z tashabbusini jamoa maqsadlari bilan uyg‘unlashtirib borishi zarur.
Boshqaruvda rahbarning faoliyatini:
jamoani aniq va tо‘g‘ri maqsadga tо‘g‘ri yо‘naltirish;
tanqidni (agar u adolatli bо‘lsa) og‘rinmay qabul qilish va tanqidga nisbatan xulosa chiqarish belgilaydi.
Tadqiqotlarga kо‘ra tajribali rahbarning kirishimliligi va masalani tez va oson hal qilishi, xarakteridagi hazilkashlik va hozirjavoblik ishga nihoyatda ijobiy ta’sir qilarkan. Chunki,xodimlarni qaysidir ma’noda ayab muomala qilish, bir og‘iz sо‘z bilan ruhiyatlariga ta’sir qilish, yoki beg‘araz hazillashib о‘tib ketish ham xodimning toliqqanini yodidan chiqib ketishiga sabab bо‘lar ekan.