Milliy raqs san’ati sohasida
Milliy raqs san’ati, uning shakllanish tarixi, rivojlanish bosqichlari, о‘ziga xos xususiyatlari, jahon madaniyatida tutgan о‘rnini ilmiy jihatdan chuqur о‘rganish va tahlil etish hamda uning yangidan yangi milliy namunalarini yaratish, bolalar musiqa va san’at maktablarida “Xoreografiya” yо‘nalishi bо‘yicha ta’lim-tarbiya ishlarini yanada rivojlantirish, yosh avlodni tarbiyalashda muhim vosita bо‘lib xizmat qiladigan о‘quv adabiyotlarining yangi avlodlarini yaratish, yurtimizning chekka hududlarida soha mutaxassislari va о‘qituvchilarining yetishmasligini inobatga olgan holda viloyatlar va tumanlar kesimida maqsadli kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish, о‘zbek milliy raqs san’ati faoliyatini yanada mustahkamlash, yosh iste’dodli raqqos va raqqosalar, baletmeysterlarni kashf etish,milliy raqs san’atining noyob merosini, shu jumladan milliy sahna liboslarini tiklash, rivojlantirish va targ‘ib etish,milliy raqs va xoreografiya san’atining о‘zbek milliy madaniyati taraqqiyotidagi о‘rnini yanada oshirish borasida galdagi vazifalarni amalga oshirish haqida amaliy tadbirlar yо‘lga qо‘yilishi ta’kidlangan.
Milliy estrada san’ati sohasida
Milliy estrada san’atining milliy qadriyatlar asosidagi rivoji va targ‘ibotini kuchay tirish, estrada qо‘shiqchilik san’atini rivojlantirish, estrada xonandalari va yosh iste’dodli xonandalarning faoliyatini qо‘llab-quvvatlash, iste’dodli ijrochilarni aniqlash maqsadida turli darajadagi kо‘rik-tanlovlarni о‘tkazish, doimiy ravishda “О‘zbek estrada qо‘shiqchiligida sо‘z va uning ahamiyati, qо‘shiqlarga ishlanayotgan musiqa va kliplar xususida”, “Estrada san’atining yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi о‘rni” mavzusida davra suhbatlari о‘tkazish,estrada qо‘shiqlarida о‘zbek mentaliteti va milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga zid bо‘lgan,yoshlar ruhiyatiga salbiy ta’sir etuvchi, axloqsizlik, johillik,zо‘ravonlik, giyohvandlik hamda “ommaviy madaniyat” g‘oyalarini targ‘ib etilishiga qarshi choralar kо‘rishga e’tiborni kuchaytirish omillariga e’tibor qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |