Lokal shina ISA shinasining dong„i chiqqani sari, undan voz kechish shunchalik qiyin bo„lib bordi (20 yil
bo„lganiga qaramasdan onalik platalarining ko„pi bugun ham ushbu shinaga ega). U ikkinchi va
uchinchi avlod kompyuterlarida yaxshi ishlab berdi, to„rtinchi avlod kompyuterlarida esa ushlab
turuvchi faktorga aylandi. Protsessorga xotira bilan muloqot uchun tobora yuqoriroq chastotalar talab
qilina boshlandi va natijada ularni
lokal nomini olgan maxsus shina yordamida biriktirishdi. Shunday
qilib ISA shinasi birinchi marta lokal shinadan ajratildi – ular «ko„prik» («
мост
») orqali
bog„lanishdi. Bugungi kunda ISA ko„prigi funktsiyasini chipset «janubiy ko„prigi»ning
mikrosxemasi bajarmoqda.
VLB shinasi 80-yillar oxirida kompyuter grafikasiga bo„lgan talab keskin ortib ketdi. ISA shinasi zarur
bo„lgan ma‟lumotlar oqimini eplay olmay qoldi. Yechimni uzoq qidirishmadi. Protsessor bilan
xotirani ulovchi shinaga yana maxsus bo„linma ulashdi; bu bo„linmaga videokartani ulash mumkin
bo„ldi. Shunday qilib to„rtinchi avlod kompyuterlarida yangi shina – VLB (
VESA Local Bus ) paydo
bo„ldi.
VLB lokal shinasiga nafaqat videokartani, balki boshqa qurilmalarni ham ulash mumkin
bo„ldi. Onalik platasi taktli chastotasi 33 MGts bo„lganda – uchta qurilmagacha, taktli chastotasi 40
MGts bo„lganda – ikkitagacha, chastotasi 50 MGts bo„lganda esa – faqat bitta qurilma (odatda
videokarta) ulash mumkin bo„ldi.
PCI shinasi Videokarta – ma‟lumotlarni katta tezlikda almashtirish talab qilinadigan yagona qurilma emas:
diskovodlar, skanerlar, tovush kartasi va boshqa-boshqalar ham bor. 90-yillar boshida ISA vaqtlarida
asos solingan eski arxitektura doirasida qolib yanada rivojlanishi mumkin emasligi ma‟lum bo„ldi.
1991 yilda Intel korporatsiyasi yangi shina arxitekturasi – PCI (
Peripheral Component Interconnect )ni ishlashga kirishdi. PCI shinasi Pentium protsessorlarida yig„ilgan beshinchi avlod
kompyuterlarida yangi lokal shina bo„ldi.