43
Bitta Itanium 2 protsessori va E8870 chipseti bilan jihozlangan tizimlar Stream testida
(xotiraning o„tkazuvchanlik qobiliyati) yuqori natijalar – taxminan 3,7 Gbayt/s – ko„rsatishi lozim,
bu – Itanium protsessorli tizim ko„rsatkichlaridan 2,5 marta yuqoridir.
Kompaniya vakillari Itanium ning keyingi avlodlari – Madison va Deerfield 2003 yil
o„rtalarida, Montecito esa – 2004 yilda chiqishini ma‟lum qilishdi.
2003 yil 22 aprelida AMD kompaniyasi Opteron server protsessorlarining yangi seriyasini
taqdim qildi (5.2-rasm).
5.2-rasm. AMD Opteron
Yangi chiplar x86-64 instruktsiyalari to„plamidan foydalanishadi va yangi 64-razryadli
instruktsiyalarga maxsus optimallashtirilgan dasturaviy mahsulotlar bilan hamda x86 komandalar
to„plami bazasidagi protsessorli kompyuterlar uchun mavjud 32-razryadli ilovalar bazasi bilan
ishlash qobiliyatiga ega.
AMD fikricha 32-razryadli dasturlarni to„laqonli qo„llab-quvvatlash Intel ga nisbatan bozor
afzalligini ta‟minlashi kerak. Intel 64-razryadli Itanium protsessorlarini chiqarmoqda; ular hozirgi
paytda keng tarqalgan dasturlar bilan yaxshi chiqishmaydi.
Yangi protsessorlar oldingilariga nisbatan katta unumdorlikka ega. Bir protsessorli
konfiguratsiyalar uchun Opteron 146 protsessorining eng katta unumdorligi – sekundda 7168 mln.
nazariy operatsiyalar (MTOPS)dir, 144-modelda esa 6451 mln. MTOPS. Ikki protsessorli
konfiguratsiyalarda Opteron 246 dagi kompyuter unumdorligi 13667 MTOPS, 244-modelda esa –
12300 MTOPS. To„rtta Opteron 846 protsessordagi server sekundda 26667 mln. nazariy
operatsiyalarni bajaradi, o„xshash Opteron 844 dagi mashinada esa – 24000 MTOPS.
Dostları ilə paylaş: