Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi


Protsessor bo‘linma (разъём)lari



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

 
Protsessor bo‘linma (разъём)lari 
Protsessor onalik platasining bo„linmasiga o„rnatiladi (onalik platasi haqida ma‟lumot keyin 
beriladi). Biz tayyor yig„ilgan kompyuterni sotib olayotganimizda, bizni protsessor qanday bo„linma 
bilan onalik platasiga biriktirilgani qiziqtirmaydi. Lekin keyinchalik biz protsessorni almashtiradigan 
bo„lsak, bo„linmalar haqidagi tushunchalarga ega bo„lishimiz kerak.
Hozirgi kunda Intel korporatsiyasi protsessorlari uchun ekspluatatsiyada bo„linmalarning olti 
asosiy turlari mavjud. 
Socket 7 
Oltinchi avlod protsessorlari va Intel Pentium MMX 
protsessorlarining yettinchi avlodi uchun foydalaniladi 
Slot 1 
Intel Pentium II, Intel Pentium III protsessorlari hamda Intel 
Celeron protsessorlarining ba‟zi turlari uchun foydalaniladi 
Slot 2, Socket 603, Socket 604 Xeon protsessorlari uchun 
Socket 370 (FC-PGA) 
Ba‟zi Celeron protsessorlari uchun 
Socket 478 
Pentium IV va ba‟zi Celeron protsessorlari uchun 
Socket A 
AMD protsessorlari uchun 


45 
5.3-rasm. Slot 1 va Socket 370 uchun Celeron protsessorlari 
Intel korporatsiyasi o„zlarining protsessorlari uchun bo„linmalarni tez almashtirmoqda. Bu 
ayniqsa Intel Celeron protsessorlari uchun noxushdir. Bu protsessorlar, bir tomondan, boshlang„ich 
darajaga kiradi va o„rganuvchilar uchun mo„ljallangan. Ikkinchi tomondan, ishlab chiqaruvchi ularga 
atigi bir yarim yil mobaynida bo„linmaning uch har xil turini tayyorladi. Bunday sharoitda endi 
boshlovchi istiqbolini hisobga olgan holda to„g„ri tanlov qilishi qiyin va protsessorni almashtirganda 
unga yangi onalik platasini ham sotib olishga to„g„ri keladi. 
 
Chastotaning ichki kuchaytirish koeffitsienti 
Protsessor kristalli ichida signallar juda katta chastotada aloqada bo„la olmaydi. Shuning uchun 
kompyuterning onalik platasi bir chastotada, protsessor esa boshqa, ancha yuqori, chastotada 
ishlaydi. Bugungi kunda onalik platasining tipik chastotalari 66, 100 va 133 MGts. Ushbu chastotani 
protsessor onalik platasidan oladi va «tayanch chastota» sifatida foydalanadi, o„zining ichida esa u bu 
chastotani ma‟lum koeffitsientga ko„paytiradi va ichki chastota hosil bo„ladi. Masalan, Celeron 1800 
protsessori 100 MGts chastotada ishlashga hisoblangan onalik platasi bilan ishlashga mo„ljallangan 
va 18 ga teng chastotaning ichki ko„paytirish koeffitsientiga ega; Celeron 2100 esa, mos ravishda, 21 
ga teng chastotaning ichki ko„paytirish koeffitsientiga ega. 
Savollar 
1.
EHMning asosiy texnikaviy parametrlarini bayon qiling. 
2.
EHMning apparat vositalari haqida aytib bering. 
3.
Protsessorning texnikaviy xarakteristikalarini hisobga olgan holda uning optimal modelini 
tanlang. 
4.
Intel protsessorlarini tahlil qiling. 
5.
Protsessor chastotasi ortishining tizimning summar unumdorligiga ta‟sirini tahlil qiling. 
6.
Protsessor ishlashi printsipini va chastotani ichki ko„paytirish printsipini bayon qiling. 


46 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin