Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

Lokal shina 
ISA shinasining dong„i chiqqani sari, undan voz kechish shunchalik qiyin bo„lib bordi (20 yil 
bo„lganiga qaramasdan onalik platalarining ko„pi bugun ham ushbu shinaga ega). U ikkinchi va 
uchinchi avlod kompyuterlarida yaxshi ishlab berdi, to„rtinchi avlod kompyuterlarida esa ushlab 
turuvchi faktorga aylandi. Protsessorga xotira bilan muloqot uchun tobora yuqoriroq chastotalar talab 
qilina boshlandi va natijada ularni 
lokal
nomini olgan maxsus shina yordamida biriktirishdi. Shunday 
qilib ISA shinasi birinchi marta lokal shinadan ajratildi – ular «ko„prik» («
мост
») orqali 
bog„lanishdi. Bugungi kunda ISA ko„prigi funktsiyasini chipset «janubiy ko„prigi»ning 
mikrosxemasi bajarmoqda. 
 
VLB shinasi 
80-yillar oxirida kompyuter grafikasiga bo„lgan talab keskin ortib ketdi. ISA shinasi zarur 
bo„lgan ma‟lumotlar oqimini eplay olmay qoldi. Yechimni uzoq qidirishmadi. Protsessor bilan 
xotirani ulovchi shinaga yana maxsus bo„linma ulashdi; bu bo„linmaga videokartani ulash mumkin 
bo„ldi. Shunday qilib to„rtinchi avlod kompyuterlarida yangi shina – VLB (
VESA Local Bus
) paydo 
bo„ldi. 
VLB lokal shinasiga nafaqat videokartani, balki boshqa qurilmalarni ham ulash mumkin 
bo„ldi. Onalik platasi taktli chastotasi 33 MGts bo„lganda – uchta qurilmagacha, taktli chastotasi 40 
MGts bo„lganda – ikkitagacha, chastotasi 50 MGts bo„lganda esa – faqat bitta qurilma (odatda 
videokarta) ulash mumkin bo„ldi. 
PCI shinasi 
Videokarta – ma‟lumotlarni katta tezlikda almashtirish talab qilinadigan yagona qurilma emas: 
diskovodlar, skanerlar, tovush kartasi va boshqa-boshqalar ham bor. 90-yillar boshida ISA vaqtlarida 
asos solingan eski arxitektura doirasida qolib yanada rivojlanishi mumkin emasligi ma‟lum bo„ldi. 
1991 yilda Intel korporatsiyasi yangi shina arxitekturasi – PCI (
Peripheral Component 
Interconnect
)ni ishlashga kirishdi. PCI shinasi Pentium protsessorlarida yig„ilgan beshinchi avlod 
kompyuterlarida yangi lokal shina bo„ldi. 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin