49
partiyadan bo„lsa yanada yaxshi). Shuning uchun sizning kompyuteringizda 32 Mbayt sig„imli
DIMM-modul o„rnatilgan bo„lsa, siz esa xotira sig„imini 64 Mbaytgacha oshirmoqchi bo„lsangiz –
eng yaxshi variant – mavjud modulni sotish va uning o„rniga bir partiyaga taalluqli bo„lgan
ikkita
yangi, yoki 64 Mbayt sig„imli bitta katta modulni sotib olishdir.
Hozirgi paytda sig„imi bir necha gigabaytgacha bo„lgan DDR SDRAM (DDR) va RDRAM
(6.2-rasm) modullari tobora keng qo„llanilmoqda, DIMM-modullarini ishlab chiqish to„xtatilgan.
Masalan, Intel korporatsiyasi pulni DRAM ishlab chiqarishga ajratmoqda. Elpida Memory va Intel
korporatsiyalari Elpida ishlab chiqarishlari quvvatlarini rivojlantirish
haqidagi hamkorlik bitimiga
qo„l qo„yishdi.
6.2-rasm. Samsung PC1066 RDRAM – 128 Mbayt
Bugungi kunda Elpida Memory xotira ishlab chiquvchi yagona Yaponiya kompaniyasidir.
Kompaniya NEC va Hitachi hamkorligida 1999 yilda tashkil qilindi. Ajratilayotgan mablag„lar
Xirosimadagi zavod quvvatini oshirishga sarflanmoqda; bu zavod 0,11 mikronli texnologik jarayon
bo„yicha DRAM chiplari uchun 30 santimetrli taglik (подложка) chiqaradi. Elpida kompaniyasi Intel
Capital dan tashqari boshqa investorlar tarafidan ham moliyalanadi.
Intel bilan shartnoma shartlaridan biri – DRAM xotirasining yangi arxitekturasini ishlash
bo„yicha kompaniyalar rejalarini koordinatsiyalashdir. Hozirgi paytda bu – hisoblash tizimining
tayanch
elementlaridan biridir; xotira xarakteristikalarini yaxshilash umumiy unumdorlikni sezilarli
oshiradi.
Dostları ilə paylaş: