O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Kasbiy psihologiyada motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

3.3. Kasbiy psihologiyada motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga 
ta’siri 
Zamonaviy mutaxassislar oldiga qo‘iladigan eng muxim masalalardan biri — 
malakali kadrlar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, intellekti, shaxsiy fazilatlarini 
bilgan tarzda atrofdagilar mehnatini okilona tashkil etish va ijtimoiy foydali 
mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko‘rsatishdir. 
Bu o‘rinda inson ruhiyati qonunlarini o‘rganuvchi psixologiya fanining o‘rni 
benihoya katta. Yosh avlodni yangi ta‘lim standartlari asosida, jahon talablariga 
javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash OO‘Yuda ta‘lim olayotgan yoshlar 
uchun yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma‘ruza matnlar tayyorlashning ham 
yangicha usullari talab etilmokda. Yangi pedagogik texnologiya usullarini 
mukammalashtirish va amaliyotga tadbiq etish davr talabidir. 
Shu o‘rinda ta‘kidlash lozimki, oldimizda hozirgi kunda oliygoxlarda 
talabalar bilim olishlari uchun, sohani chuqur egallashlari uchun barcha 
imkoniyatlarni yaratish vazifalari turibdi. Gap fikr yuritish operatsiyalarini 
faollashtirish, aqliy faoliyatni faollashtirish xususida borar ekan, biz eng avvalo, 
e‘tiborni talabalarning yo‘nalganligini aniklashga qaratishimiz lozim. Yo‘nalganlik 
shaxsning atrof muhitda ro‘y berayotgan voqea, hodisalarga nisabatan 
munosabatlar majmui bo‘lib, faoliyat sifatini belgilab beradi. 
Xatti - harakatlar tuzilishining shakllanishiga ta‘sir o‘tkazadi (yangi 
extiyojlar, maqsadlar, motivlar). Bu o‘rinda ustanovkalar ham alohida axamiyatga 
ega. O‘qish-bilim olish faoliyati shaxs kamolotida muhim ahamiyatga ega va 
chukur muammo kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, 
malaka va turli ko‘nikmalar uzlashtriladi. Faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y 
bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini kanday tutishi, 
egallangan mavqei ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Faoliyatni amalga 
oshrish va shaxs hulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «Motiv» va 
«Motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» 
tushunchasidan kengroq ma‘noga ega. Motivatsiya-inson hulq-atvori, yo‘nalishi va 
faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu 


132 
tushuncha u yoki bu shaxe hulkini, ya‘ni «nega?», «nima uchun?», «nima 
maqsadda?», «qanday manfaat yulida?» degan savollarga javob kddirish —
motivatsiyani qidirish demakdir. 
Shaxsning jamiyatda odamlar orasida xulki va o‘zini tutish sabablarini 
o‘rganish tarbiyaviy axamiyatga ega bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati 
farklanadi. 
1. Ichki sabablar, ya‘ni xatti-harakat egasining sub‘ektiv psixologik 
xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, 
qizikishlar va h.k.). 
2. Tashqi sabablar — faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlar. Ya‘ni, 
bular ayni konkret holatlarning kelib chikishiga sabab bo‘ladigan tashqi 
stimullardir. Shaxs hulq-atvorini ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish 
odatda shaxsiy dispozitsiya deb ham ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanilishi 
yoki anglanmasligi mumkin. Ba‘zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan 
ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy 
sababini o‘zi tushunib etmaydi. «Nega?» degan savolga «o‘zim ham bilmayman», 
deb javob beradi. Bu anglangan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar 
shaxs biror sohaga, kasbga qiziqib, ongli tarzda, uning barcha sir-asrorlarini 
egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, 
aniqrog‘i, dispozitsiya anglangan, ongli xisoblanadi. Shu nukgai nazardan motiv 
kengroq tushuncha 
bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu faollik usuliga nisbatan turgan moyillik
xozirlikni tushungirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt 
Levin motivlar muammosi ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy hulq motivlari borasida 
katta, keng kamrovli tadqiqotlar olib borib, shuni anikdadiki, har bir odam o‘ziga 
xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok kilish va 
baholashga moyil bo‘ladi. Bu baholar turlicha xarakterga ega. 
Bundan tashqari, bir shaxsning o‘zi ham o‘zidagi holat, kayfiyatga qarab bir 
xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo‘larkan. 
Shuning uchun xam odamning ayni paytdagi real harakatlarni o‘sha ma‘lum 
sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaktsiyasi 


133 
sifatida karamay, balki shunga uxshash xolatlarni idrok etishga ichki bir 
hozirlik — dispozitsyaning mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu 
ma‘noda shaxs faolligining motivatsiyasi turli sharoitlarda orttirilgan tajribaga 
tayangan, ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba me‘yorlarining ta‘sirida 
shakllanadigan sabablar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Kasbiy motiv va motivatsiya muammosi xorij psixologlari tomonidan keng 
doirada tadqiq kilingan. Jumladan, kasbiy motivlar borasida E.A.Klimov, 
V.A.Krutetskiy, A.N.Vasilkova, E.Disi, V.Vrum, M.V.Dmitriy va boshqalarni 
kiritishimiz mumkin. Shaxsning ish faoliyati bilan bog‘liq motivatsiyalarni 3 
guruxga ajratish mumkin; birinchisi - mehnat faoliyati motivlari, ikkinchisi - kasb 
tanlash motivlari va uchinchisi-ish joyini tanlash motivlari. Aniq faoliyat esa 
barchasini jamlangan holda izoxlanadi, ya‘ni, bunda mehnat faoliyati motivlari, 
kasb tanlash motivlarining shakllanishi, shuningdek, kolgan ikkita motiv orkali esa 
ish joyini tanlash motivlari xam yuzaga keladi. Mexnat faoliyati motivlari xilma-
xil bo‘lib, ular o‘ziga xos omillar bilan belgilanadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin