O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Yaponiya
ning ham kasb tanlashga yo‘llash o‘ziga xosligi mavjud. Kasbga 
yo‘naltirishni tashkil etish ta‘lim tizimining o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liqdir. 
Yaponiyada ta‘limning asosiy maqsadlaridan biri bu – o‘quvchilarni kasbga 
tayyorlashda, o‘quvchilarni kasbiy rivojlanishga o‘rgatish, kelajakdagi, shaxsiy 
fazilatlariga mos va o‘zlari qiziqqan kasbiy rivojlanish yo‘llarini to‘g‘ri tanlay 
olish qobiliyatini o‘stirish hisoblanadi.
S.Fukuyama tomonidan o‘quvchilarni kasbni tanlashga tayyorligini 
shakllanishini baholovchi test ishlab chiqilgan. Bu test "B-test" (Rikiuata test) deb 
nom olgan. Muallif kasb tanlashning uchta asosiy omillar belgilaydi:
a) o‘z-o‘zini tahlil qilish,
b) kasblarni tahlil qilish,
c) professional sinovlar (o‘zini kasblarda sinab ko‘rish).
O‘z-o‘zini tahlil qilish – o‘quvchilar o‘z xarakterini, intellektual qobiliyatini, 
mahoratini, jismoniy kuchini aniqlash imkonini beradi. Mazkur tahlil, (pedagog, 
psixolog, ota-onalar) kuzatuvi, o‘rganishi va ularning baholari natijasida o‘quvchi 
o‘ziga bergan baholarini hisobga olgan holda o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘nalishda ish 
olib borishlariga sabab bo‘ladi. Kasblarning tahlili – turli kasblarning 
xususiyatlarini va xodimlarga qo‘yiladigan talablarni ochib beradi. Kasbiy sinovlar 
– o‘quvchilarga mazkur kasbda tajriba orttirish hamda qobiliyati va ko‘nikmalarini 
uning tabiatiga mosligini aniqlash imkonini beradi.
Har yili yapon yoshlari tanlov asosida inson bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
(texnika, tabiat, belgilar tizimi, badiiy obraz) mehnat faoliyatlarida ishtirok 
etadilar. Maktab o‘quvchilari bir yilda 16 marta, uch yil davomida 48 marta o‘z 
bilim va ko‘nikmalarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ―B-test‖ 
dasturida – o‘z-o‘zini kasbiy sinovlar va ular tomonidan qo‘lga kiritilgan 


126 
professional tajribalari qayd etilib boriladi. O‘z-o‘zini kasbiy sinovlar natijasida 
o‘quvchilar, tanlagan kasb bo‘yicha tayyorgarligi hamda mazkur kasb, xodimga 
qo‘yadigan talablari bilan tanishganlik va bilim, ko‘nikmalarga egalik darajasini 
hisobga olgan holda o‘zining individual xususiyatlarini, manfaatlari va 
intilishlariga solishtirish imkonini beradi.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin