152
tadqiqotlaridan ma‘lum bo‘lishicha, ‖Yana kasb tanlashga to‘g‘ri kelsa, yana shu
kasbni tanlarmidingiz?‖ degan savolga so‘ralganlarning uchdan bir qismi rad
javobini berishgan. Yuqori kurslarda tanlagan kasbidan qoniqadiganlar
kamaymasdan, aksincha ortib boradi.
Buni har xil sabablar bilan tushuntirish mumkin: oliy o‘quv yurtidagi o‘qitish
darajasi bilan, o‘quvchilik vaqtida payqamagan bo‘lg‘usi kasbning salbiy
jihatlarini ko‘rish bilan va h. Ko‘pchilikda qoniqmaslik rivojlanishdagi inqirozli
oddiy nuqta bo‘lib, amaliyot boshlanganda bularning bari yo‘qolib ketadi. Yosh
mutaxassis ishga tushganda yangi qiyinchiliklar vujudga keladi.
Ularning ba‘zilari
yuqori ma‘suliyat hissiga javob bera olmaydi, ba‘zilarda esa talablar olingan bilim
darajasidan ancha quyida bo‘ladi. Shunday qilib, rivojlanishning oliy o‘quv
yurtidagi varianti nizolardan holi emas.
Insonninn hayot yo‘li turli tumandir.Ilk o‘spirinlikda inson hayot yo‘lini o‘zi
tanlaydigandek tuyuladi, lekin uning kasb tanlashiga tarbiya, muhit va boshqalar
ham ta‘sir qiladi.Kasb-hunar kolleji yoki litseyni bitirgandan so‘ng shaxsiy
bo‘lmagan tashqi omillarning ta‘siri yanada kuchli bo‘ladi.
V.N.Shubkinning
ta‘kidlashicha, biz tanlaydigan yo‘llardan boshqa bizlarni tanlaydigan yo‘llar ham
mavjud.
Oliy o‘quv yurtini tugallagan yoshlar ta‘limni hayotni mazmunli va
qiziqarli qilish vositasi sifatida hamma narsadan ustun qo‘yishadi. Ishlaydigan
yoshlar esa ta‘limning mohiyatini jamiyatga ko‘proq foyda keltirishda degan
fikrdalar.
O‘spirinlar turli kasblarni turlicha baholaydilar.17 yoshlilar kasblarni qontrast
―oq-qora‖, mavhum deb baholasalar, 25 yoshlilar o‘zlarining hayot yo‘llari bilan
baholaydilar.
Muvaffaqiyatli kasbga yo‘naltirishning muhim shartlaridan biri
o‘quvchilarning mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi va ularning faolligidir.
Kasbga yo‘naltirish – shaxsning ijtimoiy taqdirini belgilashning tarkibiy
qismidir. Kasb tanlash - hayot mazmuni haqidagi o‘ylari va shaxsiy ―Men‖ tabiati
bilan mos kelganda muvaffaqiyatli hisoblanadi.
Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti talabalarida
Dostları ilə paylaş: