149
Kasb tanlash ilk o‘spirindan ikki xil ma‘lumotni talab qiladi: kasb dunyosi va
har bir kasbga qo‘yiladigan talablardan xabardorlik; o‘z qobiliyatlari va
qiziqishlarini bilish. U ma‘lumot ham bu ma‘lumot ham ilk o‘spirinlarga
etishmaydi. Ilk o‘spirinlarning hayotiy rejalarini amalga oshirish va kasb tanlashi
ijtimoiy
sharoitlarga, ayniqsa ota-onaning umumta‘lim darajasiga bog‘liq.Ota-
onaning ta‘lim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, farzandlarining oliy-o‘quv yurtida
o‘qishni davom ettirishi va bu rejalarni amalga oshirish ehtimoli shunchalik
yuqoridir. Hayotiy rejalarni amalga oshirish ehtimoli yigitlarda qizlarga nisbatan
yuqoridir.
Kasbiy yo‘nalganlik nafaqat ijtimoiy, balki psixologik muammo hamdir.
Psixologiyada kasbiy yo‘nalganlik bo‘yicha uch nazariy nuqtai nazar mavjud.
Birinchi nuqtai nazar faoliyatning muvaffaqiyati va usullari bog‘liq bo‘lgan
individual xususiyatlarning amaliy o‘zgarmasligi va barqarorligi haqida g‘oyaga
asoslangan.Bunda
birinchi tomondan, u yoki bu ishga mos insonlarni
kasbga
yo‟llash va tanlashga
urg‘u beriladi, ikkinchi tomondan
u yoki bu insonning
individual xususiyatlariga mos kasblarni tanlashda namoyon bo‘ladi.
Ikkinchi nuqtai nazar
qobiliyatlarni maqsadga muvofiq shakllantirish
g‘oyasidan kelib chiqadi, bunda har bir insonning muhim xislatlarini rivojlantirish
nazarda tutiladi.Yuqorida keltirilgan bu ikki nuqtai nazar ham har xil
shakllantirilishi mumkin, lekin ularning umumiy
metodologik kamchiligi
shundaki, individuallik va mehnat faoliyati o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan, bir-biriga
qarama-qarshi, biri ikkinchisini albtata bo‘ysundiradigan kattaliklar sifatida
qaraladi.
Uchinchi nuqtai nazar psixologiyadagi ong va faoliyatning birligi tamoyilidan
kelib chiqadi,
Dostları ilə paylaş: