O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Yosh davrlari psixologiyasida kasb tanlash bir necha bosqichdan iborat

Birinchi bosqich
– 
bolalar o‟yinlari
bo‘lib, unda bola o‘ziga har xil kasbiy 
rollarni qabul qiladi va shu bilan bog‘liq xulq-atvorning alohida elementlarini 
―o‘ynaydi‖. 
Ikkinchi bosqich 
– 
o‟smirlik xayoli 
bo‘lib, o‘smir orzularida

o‘zini u yoki 
bu qiziqarli kasbning namoyondasi sifatida ko‘radi.
Uchinchi bosqich -
ilk o‘spirinlik davrini qamrab oladi – 
dastlabki kasb 
tanlashdir. 
Har xil faoliyat turlari o‘smirning 
qiziqishlari
tomonidan saralanadi va 
baholanadi (―Men tarixiy romanlarni yoqtiraman, tarixchi bo‘laman‖), keyin 
qobiliyatlari 
nuqtai nazaridan kasb tanlashga harakat qilinadi (―Men matematikani 
yaxshi o‘zlashtirayapman, matematik bo‘lsammikan?‖, eng so‘nggida 
qadriyatlar 
tizimi
nuqtai nazaridan qarab chiqiladi (―Men kasal odamlarga yordam berishni 
hohlayman, vrach bo‘laman"; ―Ko‘p pul topishni hohlayman, qaysi kasb bu 
talabga javob beradi?‖). Qiziqishlar, qobiliyatlar va qadriyatlar kasb tanlashning 
har bir bosqichida namoyon bo‘ladi. Fanga qiziqish o‘quvchini u bilan ko‘proq 
shug‘ullanishga undaydi, bu esa uning qobiliyatlarini rivojlantiradi, qobiliyatlar esa 
faoliyat muvaffaqiyatini ta‘minlaydi va qiziqishlarni mustahkamlaydi.
To‘rtinchi bosqich – 
amaliy qaror qabul qilish
, kasb tanlash bosqichi bo‘lib, 
o‘z ichiga ikki bosh tarkibiy qismni oladi: avval biror faoliyat bilan shug‘ullanish 
istagi paydo bo‘ladi, keyin esa qonkret soha tanlanadi (―O‘qituvchi bo‘laman‖, 
―Matematika o‘qituvchisi bo‘laman‖). Kasb tanlash ko‘p bosqichli jarayon. 9-sinf 
o‘quvchilari akademik litseyga yoki qaysi kasb –hunar kollejiga topshirishlarini 
tanlashlari zarur. Qiziqishlar, qobiliyatlar va qadriyatlar yo‘nalganligidan tashqari 
qaror qabul qilishda o‘zining imkoniyatlarini – oilaning moddiy sharoiti, o‘quv 
tayyorligi darajasi, sog‘lig‘i va boshqalarni hisobga olish ham muhim rol o‘ynaydi.


149 
Kasb tanlash ilk o‘spirindan ikki xil ma‘lumotni talab qiladi: kasb dunyosi va 
har bir kasbga qo‘yiladigan talablardan xabardorlik; o‘z qobiliyatlari va 
qiziqishlarini bilish. U ma‘lumot ham bu ma‘lumot ham ilk o‘spirinlarga 
etishmaydi. Ilk o‘spirinlarning hayotiy rejalarini amalga oshirish va kasb tanlashi 
ijtimoiy sharoitlarga, ayniqsa ota-onaning umumta‘lim darajasiga bog‘liq.Ota-
onaning ta‘lim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, farzandlarining oliy-o‘quv yurtida 
o‘qishni davom ettirishi va bu rejalarni amalga oshirish ehtimoli shunchalik 
yuqoridir. Hayotiy rejalarni amalga oshirish ehtimoli yigitlarda qizlarga nisbatan 
yuqoridir. 
Kasbiy yo‘nalganlik nafaqat ijtimoiy, balki psixologik muammo hamdir. 
Psixologiyada kasbiy yo‘nalganlik bo‘yicha uch nazariy nuqtai nazar mavjud.
Birinchi nuqtai nazar faoliyatning muvaffaqiyati va usullari bog‘liq bo‘lgan 
individual xususiyatlarning amaliy o‘zgarmasligi va barqarorligi haqida g‘oyaga 
asoslangan.Bunda birinchi tomondan, u yoki bu ishga mos insonlarni 
kasbga 
yo‟llash va tanlashga 
urg‘u beriladi, ikkinchi tomondan u yoki bu insonning 
individual xususiyatlariga mos kasblarni tanlashda namoyon bo‘ladi.
Ikkinchi nuqtai nazar 
qobiliyatlarni maqsadga muvofiq shakllantirish
g‘oyasidan kelib chiqadi, bunda har bir insonning muhim xislatlarini rivojlantirish 
nazarda tutiladi.Yuqorida keltirilgan bu ikki nuqtai nazar ham har xil 
shakllantirilishi mumkin, lekin ularning umumiy metodologik kamchiligi 
shundaki, individuallik va mehnat faoliyati o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan, bir-biriga 
qarama-qarshi, biri ikkinchisini albtata bo‘ysundiradigan kattaliklar sifatida 
qaraladi. 
Uchinchi nuqtai nazar psixologiyadagi ong va faoliyatning birligi tamoyilidan 
kelib chiqadi, 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin