132
tushuncha u yoki bu shaxe hulkini, ya‘ni «nega?», «nima uchun?», «nima
maqsadda?», «qanday manfaat yulida?» degan savollarga javob kddirish —
motivatsiyani qidirish demakdir.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasida xulki va o‘zini
tutish sabablarini
o‘rganish tarbiyaviy axamiyatga ega bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati
farklanadi.
1. Ichki sabablar, ya‘ni xatti-harakat egasining sub‘ektiv psixologik
xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar,
qizikishlar va h.k.).
2. Tashqi sabablar — faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlar. Ya‘ni,
bular ayni konkret holatlarning kelib chikishiga sabab bo‘ladigan
tashqi
stimullardir. Shaxs hulq-atvorini ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish
odatda shaxsiy dispozitsiya deb ham ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanilishi
yoki anglanmasligi mumkin. Ba‘zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan
ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy
sababini o‘zi tushunib etmaydi. «Nega?» degan savolga «o‘zim ham bilmayman»,
deb javob beradi. Bu anglangan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar
shaxs biror sohaga,
kasbga qiziqib, ongli tarzda, uning barcha sir-asrorlarini
egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi,
aniqrog‘i, dispozitsiya anglangan, ongli xisoblanadi. Shu nukgai nazardan motiv
kengroq tushuncha
bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu faollik usuliga
nisbatan turgan moyillik,
xozirlikni tushungirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt
Levin motivlar muammosi ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy hulq motivlari borasida
katta, keng kamrovli tadqiqotlar olib borib, shuni anikdadiki, har bir odam o‘ziga
xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok kilish va
baholashga moyil bo‘ladi. Bu baholar turlicha xarakterga ega.
Bundan tashqari, bir shaxsning o‘zi ham o‘zidagi holat, kayfiyatga qarab bir
xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo‘larkan.
Shuning uchun xam odamning ayni paytdagi real harakatlarni o‘sha ma‘lum
sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaktsiyasi
133
sifatida karamay, balki shunga uxshash xolatlarni idrok etishga ichki bir
hozirlik — dispozitsyaning mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu
ma‘noda shaxs faolligining motivatsiyasi turli sharoitlarda orttirilgan tajribaga
tayangan, ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba me‘yorlarining ta‘sirida
shakllanadigan sabablar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Kasbiy motiv va motivatsiya muammosi xorij
psixologlari tomonidan keng
doirada tadqiq kilingan. Jumladan, kasbiy motivlar borasida E.A.Klimov,
V.A.Krutetskiy, A.N.Vasilkova, E.Disi, V.Vrum, M.V.Dmitriy va boshqalarni
kiritishimiz mumkin. Shaxsning ish faoliyati bilan bog‘liq motivatsiyalarni 3
guruxga ajratish mumkin; birinchisi - mehnat faoliyati motivlari, ikkinchisi - kasb
tanlash motivlari va uchinchisi-ish joyini tanlash motivlari. Aniq faoliyat esa
barchasini jamlangan holda izoxlanadi, ya‘ni, bunda mehnat faoliyati motivlari,
kasb tanlash motivlarining shakllanishi, shuningdek, kolgan ikkita motiv orkali esa
ish joyini tanlash motivlari xam yuzaga keladi. Mexnat
faoliyati motivlari xilma-
xil bo‘lib, ular o‘ziga xos omillar bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: