O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

N.I.Krilov
o‘tkazgan tekshirish shuni ko‘rsatdiki, hatto o‘z 
niyatlarini amalga oshirib, oliy o‘quv yurtiga kirgan talabalar orasida ham ko‘plari 
o‘zlarining kim bo‘lishlarini oxirigacha hal qilmaganlar. Bunga sabab yoshlarni 
mazkur oliy o‘quv yurtiga olib kelgan kasb haqidagi tasavvur bilan bu kasbning 
haqiqiy, amaliy mazmuni o‘rtasidagi nomuvofiqlikdir. O‘zining kasb tanlash 
bo‘yicha taqdirini tasodifan hal etish murakkab kechinmalarga, tanlagan kasbi 


140 
sohasida ikkilanishlarga, og‘ir ichki nizolarga olib kelishi mumkin. Bu esa yigit va 
qizlar uchun ham, jamiyat uchun ham katta zarar keltiradi. 
Kasb tanlash nimaning ta‘siri ostida ro‘y beradi? Bunday tanlashning 
motivlari nima? 
Ko‘pdan-ko‘p ma‘lumotlar maktab o‘quvchilarida o‘zlarining kelajakdagi 
kasblariga qiziqishni tarbiyalashda maktab va o‘qituvchilarning ma‘lum darajada 
rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Bir qancha tadqiqotlarning bergan ma‘lumotlariga 
qaraganda, so‘rab chiqilgan o‘quvchilarning 40-50 % kelajakdagi kasbni 
tanlashga biror o‘quv predmetiga bo‘lgan qiziqishlari sabab bo‘lganligini aytadi. 
Ko‘pgina o‘quvchilar xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan kasblarni tanlaydilar, 
bunga Vatanga foyda keltirish istagini sabab qilib ko‘rsatadilar, lekin bu kasblarni 
o‘zlarining individual xususiyatlariga, qobiliyatlariga muvofiq keladi, deb 
hisoblamaydilar. Ilk o‘spirinlarning ko‘pchiligi kasb tanlashga motiv qilib o‘z 
qobiliyatlarini ko‘rsatadilar. Ko‘p o‘quvchilar esa oilaviy an‘analarning 
mavjudligini, moddiy-maishiy ta‘minlanganlik sababini, do‘stlar va o‘rtoqlaridan 
namuna olganligini motiv qilib ko‘rsatib o‘tadilar. Ayrim hollarda ish joyi yoki 
oliy o‘quv yurtining uydan yaqinligi va boshqalar motiv bo‘lgan. 
Ilk o‘spirinlarning qiziqishlarini xarakterlaganda avvalo shuni aytish kerakki, 
yigit va qizlar odatda xuddi shu yoshda biror fanga, bilim tarmog‘iga, faoliyat 
sohasiga bo‘lgan o‘zlarining qat‘iy spetsifik qiziqishlarini belgilab oladilar. Ilk 
o‘spirin yoshidagi bunday qiziqish shaxsning bilish-professional yo‘nalishining 
tarkib topishiga olib keladi, yigit yoki qizning maktabni tamomlagandan keyin 
qanday kasb tanlashini, hayot yo‘lini belgilab beradi. Ana shunday maxsus 
qiziqishning mavjudligi muayyan sohadagi bilimlarni kengaytirish va 
chuqurlashtirishga doimiy intilishni rag‘batlantiradi: katta maktab yoshidagi 
o‘quvchi zarur adabiyot bilan aktiv ravishda tanishib boradi, tegishli to‘garaklarda 
bajonidil shug‘ullanadi. 
Ilk o‘spirinlik yoshida bilishga oid qiziqishlar tobora keng, qat‘iy va amaliy 
xarakter kasb etadi.O‘quvchilarning qiziqishlari keng va xilma-xil bo‘lib boradi: 
texnikaga, tabiyotga, ijtimoiy-siyosiy masalalarga, falsafiy-axloqiy masalalarga, 
sportga qiziqish ortadi.


141 
Psixologlarning tadqiqotlari kattalik hissini xaraktеrli xislatlarini, uning 
mazmun va shakl tomonidan namoyon bo‗lishini ko‗rsatadi. Kattalikning obyеktiv 
tarzda namoyon bo‗lishi ijtimoiy-axloqiy doirada, intеllеktual faoliyatida, 
qiziqishlarda romantik munosabat elеmеntlarida kuzatiladi. Kattalik hissi 
o‗smirning katta kishi sifatida o‗z-o‗ziga bo‗lgan munosabatida va o‗zining 
kattaligini obyеktiv e‘tirof etish xohishida ifodalanadi. U ya‘ni o‗smir tеvarak-
atrofdagilardan o‗ziga kattalardеk munosabatda bo‗lishlarini talab qiladi, o‗z 
hayotining ayrim tomonlariga kattalarning aralashishidan himoya qilish xohishini 
namoyon qiladi va kattalarning qarshilik qilishlariga qaramay, o‗z qarashlari 
hamda o‗z mulohazalari ustida turishga harakat qiladi. Qisqacha qilib aytganda, 
A.G.Kovalyovning qayd qilishicha, birmuncha aktivroq ijtimoiy holatni egallash 
uchun yеtilgan o‗smir uning bolalik chog‗larida tarkib topgan ilgarigi 
munosabatlarni parchalab, o‗zining hozirgi holati uchun kurasha boshlaydi.
Psixologik kuzatishlardan ma‘lum bo‗lishicha, o‗smirlik yoshida o‗rtoqlari 
bilan bo‗lgan munosabatlarga intilish, o‗z tеngdoshlari jamoasidagi hayotga 
intilish juda yorqin namoyon bo‗ladi. Qator tadqiqotlarda D.B. Elkonin, T.V. 
Dragunova o‗zgalar bilan bo‗lgan munosabatlarda kattalik hissi amalga oshiriladi 
va munosabatlarning ijtimoiy-axloqiy normalari o‗zlashtiriladi dеb hisoblab, 
o‗smirlarning o‗rtoqlari bilan bo‗lgan munosabatlarini, hatto ular hayotining 
alohida doirasi sifatida ajratishga moyildir. O‗smirlar yoshi uchun shaxsiy do‗st 
bo‗lish hissi, do‗stlarcha munosabatga bo‗lgan haqiqiy ehtiyojning sеzilarli 
darajada rivojlanishi xaraktеrlidir. O‗smirlar: «Do‗stsiz hayotni tasavvur qila 
olmayman», «Do‗stlik – bu insonda bo‗lishi mumkin bo‗lgan eng yaxshi 
fazilatdir», dеb hisoblaydilar. Do‗stlik motivlari ancha chuqur bo‗ladi. Agar 
ilgarilari do‗st o‗z-o‗zidan topilib qolgan bo‗lsa, endilikda o‗smir do‗stlik qachon 
kеlar ekan, dеb passiv poylab o‗tirishga moyil emas.
O‗smir yaqin o‗rtog‗ini, do‗stni topishga aktiv ravishda intiladi, ana shu 
nuqtayi nazarda o‗z sinfdoshlarining tеgishli sifatlarini sinab ko‗radi. D.B. 
Elkonin, T.V. Dragunovlar do‗st qidirish yuzasidan maxsus faoliyat borligi haqida 
gapiradilar. Ularning tеrmonologiyalariga ko‗ra, bu faoliyat «taxminan sinab 
ko‗rish» xaraktеriga ega bo‗ladi.


142 
Qiziqish shaxsning muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda 
insonning individual xususiyati bevosita mujassamlashadi. Qiziqish - insonlarning 
dunyoqarash, e‘tiqodlari, ideallari, ya‘ni uning oliy maqsadlari, ezgu niyatlari, orzu 
umidlari bilan bevosita bog‘liq ravishda aks etadi. Qiziqish insonlar hayoti va 
faoliyatida muhim ahamiyatga ega hamda ularning muvaffaqiyatli kechishini 
ta‘minlash uchun xizmat qiladi. 
Qiziqish bilimlarning ongli, puxta, barqaror, anglangan holda o‘zlashtirishda, 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda shaxs qobiliyati, zehni, uquvchanligi 
rivojlanishiga, olamni mukammalroq tushunishga, bilim saviyasini kengayishiga 
yordam beradi. Qiziqish motiv singari borliqning mo‘‘jizakor tomonlarini bilishga, 
fan asoslarini egallashga, faoliyatning turli-tuman shakllariga nisbatan ijodiy 
yondashishni vujudga keltiradi. Mehnatga, ta‘limga ma‘suliyat bilan munosabatda 
bo‘lishni shakllantiradi, 
har qaysi yakka hol (individual ) shaxsda ishchanlik, g‘ayrat-shijoat, egilmas 
irodani tarkib toptirishga puxta psixologik shart-sharoitlar yaratadi. 
Qiziqishning psixologik moxiyatidan kelib chiqqan holda yondashilganda, 
qiziqish foyda va manfaatni bildirib, insonda intilish, faollik ichki turtki, ehtiyojni 
ruyobga chiqarish manbai rolini bajaradi. 
Jahon psixologiya fanining yirik namoyondalari shaxsning qiziqishini uning 
yaxlit ruhiy dunyosi bilan, binobarin, odamning aqliy faoliyati, bilish jarayonlari, 
irodasi, xarakteri, temperamenti, xissiyoti, qobiliyati bilan, umuman olganda inson 
tuzilishining barcha qirralari bilan bog‘liq tarzda tushuntirishga harakat qilganlar. 
Qiziqish muammosi psixologik nuqtai nazardan N.A.Ribnikov, N.F.Dobrinin, 
N.D.Levitov, 
M.F.Belyaev, 
L.A.Gordon, 
L.I.Bojovich, 
N.G.Morozova, 
M.G.Davletshin, M.Voxidov, V.A.Tokareva, E.R.Roziev va boshqalarning nazariy 
metodologik xususiyatga ega bo‘lgan asarlarida va maxsus eksperimental 
tadqiqotlarida rivojlantirildi. 
Hozirgi zamon psixologiyasida qiziqish ob‘ektiv borliqning insonlar ongida 
sub‘ektiv tarzda aks etish shakllaridan biri sifatida tan olinadi. Qiziqish shaxsning 
muayyan voqelikdagi, ma‘lum vaziyatdagi turli narsa va hodisalarga tanlab 
munosabatda bo‘lishga, insonning o‘ziga xos qaror qabul qilishida, o‘zini – o‘zi 


143 
nazorat eta bilishida, maqsadga intiluvchanligida, yuzaga kelgan ob‘ektiv va 
sub‘ektiv to‘siqlarni engishida ifodalanadi. 
Psixologiya fanining yirik namoyondalarining ta‘limoticha, qiziqish 
odamlarning ehtiyojlari negizida yuzaga keladi, yaqqol ijtimoiy tarixiy shart-
sharoitda, vaziyatda vujudga keladi, shakllanadi, barqarorlashib boradi hamda 
ularning shaxsiy turmush sharoitida va faoliyatda, ijtimoiy ishlab chiqarishda 
qatnashishi singari omillarda gavdalanadi. Umumiy talqinlarga asoslanib, 
mulohaza bildirilganda, qiziqish alohida jarayon, ma‘lum psixologik funktsiya 
emas, chunki u his-tuyg‘u, iroda, ong, qolaversa, jamiki psixik holatlar, hodisalar 
va ichki kechinmalarning o‘zida mujassamlashtirgan, murakkab tizimli ruhiy 
voqelikdir. 
Qiziqishning psixologik mohiyatining dastlabki ko‘rinishi — bu uni odamlar 
tomonidan anglab etishi yoki tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini, 
uning oqibatini anglash, tasavvur etish orqaligina ob‘ektiv borliqdagi narsa va 
hodisalarga ongli, tanlab munosabatda bo‘ladi. Lekin, bu voqelik (anglash, 
tushunish) insonda birdaniga sodir bulmaydi, balki muayyan vaqt davomida unda 
bilish jarayonlari, shaxsiy fazilatlari, individual-tipologik xususiyatlari rivojlanishi 
tufayli yuzaga keladi. Shuni alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, qiziqishning psixologik 
mohiyati namoyon bo‘lishida aqliy jarayonlar muhim ahamiyatga egaligi hodisasi 
qayd qilinishi u faqat intellektdan tashkil topadi, degan ma‘no anglatmaydi, 
albatta. 
Xuddi shu boisdan, qiziqishni psixologik moddiyatining ikkinchi ko‘rinishi 
— uning his-tuyg‘ular, emotsional holatlar bilan uyg‘unlashgan, mujassamlashgan 
tarzda ifodalanishidir. Ma‘lumki, his — tuyg‘ular, shuningdek, emotsional holatlar 
(emotsional ton, kayfiyat, shijoat, ehtiros va boshqalar) shaxsning borliqdagi aniq 
voqelikka, narsa va hodisalarga, muayyan faoliyatga nisbatan intilishni, sa‘i-
harakatlarni kuchaytiradi, jadallashtiradi, safarbarlikni ob‘ektga yo‘naltiradi. Inson 
o‘z shaxsiy qiziqishini qondirgandan keyin unda yokimli xis-tuyg‘ular uyg‘onadi, 
ruhiy qoniqish esa o‘z navbatida lazzatlanish (praksik) hisni vujudga keltiradi. 
Aksincha, narsaga, hodisaga, faoliyatga qiziqish muvaffaqiyatsizlik bilan 
yakunlansa, u holda noxush kechinmalarni yuzaga keltiradi, buning natijasida 


144 
frustratsiya (ruhi tushish) uning shaxsiyatini egallaydi. Qizikishni psixologik 
moxiyatining uchinchi ko‘rinishi — uning irodaviy sifatlari bilan yoki iroda akti 
bilan umumlashgan tarzda vujudga kelishidir. Irodaviy zo‘r berish, muayyan qaror 
bo‘yicha intilish, ba‘zi qiyinchiliklarni engish, mustaqillik namoyon qilish 
qiziqishni qaror toptiradi, shaxsni maqsad sari etaklaydi. 
Qiziqishni psixologik mohiyatining to‘rtinchi ko‘rinishi — uni oliy asab 
faoliyati xususiyatlari va temperament tiplari bilan birga mujassamlashgan holda 
namoyon bo‘lishidir. Qiziqishning asab-fiziologik mexanizmlari to‘g‘risida 
mulohaza yuritilganda, dastavval rus olimi I.P.Pavlovning oliy asab faoliyati 
haqidagiqta‘limotini ta‘kidlab o‘tish joiz. Uning «bu nima?» refleksi, ya‘ni orientir 
(mo‘ljal olish) refleksi qiziqishning moddiy negizini tushuntirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. I.P.Pavlov va uning shogirdlaridan keyin P.K.Anoxin, N. A. 
Bernshteyn, B.M.Teplov, B.C.Merlin, V.D.Nebilitsin va boshqalar insondagi 
qiziqishning asab-fiziologik mexanizmlarini bosh miya katta yarim sharlari 
po‘stlog‘ida orientir refleksi negizida murakkab muvaqqat bog‘lanishlarining 
vujudga kelishidir, degan yo‘sinda talqin qilganlar. Qiziqishning moddiy asoslari 
o‘zaro induktsiya qonuni, po‘stloqdagi optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘i va dinamik 
stereotiplar (I.P.Pavlov), dominanta (A.A.Uxtomskiy), orientir murakkab 
psixofiziologik hodisa ekanligi (E.N.Sokolov) va boshqalar bo‘lib hisoblanadi. 
Hozirgi davrda qiziqish shaxsning individual psixologik xususiyatidan 
iboratdir, degan xulosa odatiy narsaga aylanib qoldi. Shunga qaramasdan, ba‘zi 
manbalarda qiziqish — muayyan soha bo‘yicha to‘g‘ri mo‘ljal olishga, yangi 
omillar bilan tanishishga, voqelikni to‘la va chuqur aks ettirishga yordam 
beradigan motivdir, degan ta‘rifga ham egadir. Shunga mutanosib tarzda qiziqish, 
bilish jarayoni tusini kashf etadigan, ijobiy his-tuyg‘ularga yo‘naltirilgan ob‘ekt 
bilan chuqurroq tanishishga, u haqda ko‘proq ma‘lumotga ega bo‘lish, uni 
moddiyatini anglab etishga nisbatan shaxsning istagida namoyon bo‘ladi. 
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, shaxsning ishtiyoqini qondirishga 
yo‘naltirilganligini aks ettiruvchi qiziqishning qondirilishi, hech qachon uning 
so‘nishini ifodalamaydi, aksincha ob‘ektning noma‘lum qirralarini aniqlashga 
nisbatan intilish davom etaveradi. Shu bilan birga qiziqishlar bilishning uning 


145 
jarayonlari funktsional holatining doimiy qo‘zg‘atuvchi mexanizmi sifatida 
vujudga keladi va aks ettirishda davom etadi. 
Psixologiyada qiziqish quyidagi turlarga ajratilishi mumkin: 1) mazmuniga 
ko‘ra; 2) maqsadiga binoan: bevosita va bilvosita; 3) ko‘lamiga qaraganda: keng va 
tor; 4) qiziqishlar darajasi bo‘yicha: barqaror va beqaror va boshqalar. 
Qiziqishlarning mazmun jihatidan o‘zaro tafovutlanishi quyidagilarda 
mujassamlashadi: bilish extiyojlarining ob‘ektlari, bilishning mazkur faoliyat 
maqsadi bilan mutanosibligi, shaxsning yashayotgan muhitiga nisbatan munosabati 
kabilar. Shaxsda nimalarga nisbatan qiziqish uyg‘onadi, uning bilish extiyojlari 
ob‘ektining ijtimoiy qiymati qanday ahamiyat kasb etadi? Insonning shaxsiy 
qiziqishi kelib chiqishiga ko‘ra birlamchi bo‘lishiga qaramasdan, u bir davrning 
o‘zida ijtimoiylik xususiyatini kasb etaveradi. Uning kasbiy faoliyatiga nisbatan 
qiziqishi oxir oqibatda jamiyat uchun naf keltirishi, ravnaqi uchun qiymatlidir. 
Ijtimoiy xususiyatli qiziqishlarning paydo bo‘lishi shaxsiy ahamiyat kasb 
etish sari etaklashi muqarrar. Chunki, umumiylik (ijtimoiylik) bilan xususiylik 
(shaxsga oidlik) uyg‘unlashgan holda hukm suradi va ular doimo o‘rin almashtirib 
turishadi. Shaxs o‘z qiziqishi tufayli biron-bir narsani kashf etsa, individual 
ehtiyojini qondiradi, shuningdek, jamiyat, jamoa uchun ishlab chiqarishni 
takomillashtirishga bu narsa xizmat kiladi. Shu boisdan jamiyatning, jamoaning 
eng dolzarb vazifalaridan biri —yoshlarning mustaqil, faol bilishga, ijtimoiy 
ahamiyatga moyillik, mehnat faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘otishdan iboratdir. 
Toki ularda jiddiy, sermazmun, jamiyat tomonidan rag‘batlantiriluvchi, mehr-
muhabbatga sazovor qiziqishlar shakllansin. Qiziqishning maqsad jihatidan farqi 
bevosita va bilvosita namoyon bo‘ladigan qiziqishlarning mavjudligini aniqlaydi. 
Bevosita qiziqishlar voqelikning, jismlar va hodisalarning emotsional jozibaliligi, 
his-tuyg‘ularga ega bo‘lishligi, tashqi ta‘sirlarga beriluvchanligi tufayli vujudga 
keladi. 
Bevosita qiziqishlar o‘rganilayotgan narsaning ma‘nosi bilan uning shaxs 
faoliyati uchun ahamiyati mos tushgan taqdirda paydo bo‘lishi mumkin. Shuning 
uchun psixologiyada bevosita qiziqishning yuzaga kelishini faoliyatning maqsadini 
anglash bilan bog‘liq bo‘lgan bilishni ehtiyoj deb atash qabul qilingan. Mehnat va 


146 
o‘qish faoliyatida hamma his-tuyg‘uga, jozibaga tayanib ish tutish imkoniyati 
mavjud bo‘lmasligi sababli jismoniy va aqliy meg‘natni ongli idora kilishda 
muhim ahamiyat kasb etadigan bevosita qiziqishlarni tarkib toptirish masalasi 
ishlab chiqarish hamda ta‘lim tizimi oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. 
Shunday qilib, u yoki bu narsalarni (hodisalar moddiyatini) bilish, ko‘rish, 
idrok etish, anglab etish uchun qiziqarli tuyulgan ichki kechinmalar bevosita 
qiziqishni aks ettiradi. Bilvosita qiziqishlar mehnat faoliyati yoki ta‘lim olish 
jarayonining muayyan ijtimoiy ahamiyati bilan uning shaxs uchun sub‘ektiv 
ahamiyati o‘zaro mos tushganda bilvosita qiziqish yuzaga keladi. Binobarin, shaxs 
mazkur jarayonda bu narsalar meni qiziqtirgani uchun juda qiziqarlidir, degan 
xulosaga keladi. Mehnat faoliyati va ta‘lim jarayonini ongli tashkil etishda etakchi 
va ustuvor rol o‘ynaydigan bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish uchun maxsus 
treninglarga, omilkor yo‘l- yo‘riqlarga o‘rgatish maqsadga muvofikdir. 
Qiziqishlar o‘zlarining darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga 
ajratiladi. Barqaror qiziqishga ega bulgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan 
predmetlariga, ob‘ektlariga, hodisalarga nisbatan o‘z maylini hech o‘zgarishsiz 
saklab tura oladi. Shu boisdan inson ehtiyojlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi, 
shaxsning ruhiy fazilatiga aylana boshlagan qiziqishlar barqaror qiziqishlar 
deyiladi. Barqaror qiziqish odam qobiliyatining rivojlanganligidan darak berishi 
mumkin. Ana shu nuqtai nazardan olib qaraganimizda, mazkur qiziqish tashxis 
qiluvchanlik xususiyatiga ega. Birok, insonlarda barqaror qiziqishning mavjud 
yoki mavjud emasligini aniqlash uchun ularning mehnat faoliyati va o‘quv 
jarayonini qiziqishlarining tashqi ifodasini atroflicha o‘rganishga to‘g‘ri keladi. 
Odatda qiziqishning tashqi ifodasi shaxsning o‘ziga o‘zi baho berishi, o‘zini o‘zi 
tahlil kilishi faoliyatlarida namoyon buladi. Barqaror qiziqish to‘g‘risida mulohaza 
yuritilganda, uning boshqa tarkibiy qismlari va qirralarini hisobga olish lozim, 
chunki bu narsa ko‘p jihatdan shaxsning irodaviy sifatlari, xarakterining 
vazminligiga bog‘liq. 
Qiziqishning barqarorligi uning nisbatan jadal tarzda namoyon bo‘lishi hamda 
uzoq davom etishi bilan ifodalanadi. Shaxsning zaruriy ehtiyojlarini yuksak 


147 
darajada aks ettiradigan, shuningdek, uning psixologik tuzilishiga xos xislatlarga 
aylanib boradigan qiziqishlari barqaror qiziqish deyiladi. 
Barqaror qiziqish qobiliyatning bir ko‘rinishiga o‘xshash bo‘lib, maqsadga 
yo‘nalganligi bilan muhim ham individual, ham ijtimoiy ahamiyatga, qiymatga 
egadir. Qiziqishlarning ba‘zi holatlarda beqaror bo‘lishi insonlarning yosh, jins, 
tipologik xususiyatlariga bog‘liqdir. Bunday toifadagi odamlarda qiziqishlar 
g‘oyatda ehtirosli kechadi, biroq qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Masalan, bir 
vaqtning o‘zida ular bir nechta fanlarga, tabiat hodisalariga qiziqadi, barcha 
narsaga ishtiyok, bilan kirishib muammo mohiyatiga chukur kirib bormasdan, 
boshqa holatlar bilan mashg‘ul bo‘lib ketadilar. Bunday xususiyatli shaxslar 
mashg‘ulotlarga tez kirishadi va shunday yo‘sinda so‘nib turadi ham. Qiziqishlar 
salohiyatli voyaga etgan odamlarning, yoshlarning uz iste‘dodlarini maqsadga 
yo‘naltirilgan tarzda amalga oshishini ta‘minlaydi.
Hayotiy reja – bir vaqtning o‘zida ijtimoiy va axloqiy hodisadir. Kim bo‘lish 
(kasbiy o‘zlikni anglash) va qanday bo‘lish (axloqiy o‘z-o‘zini anglash) 
muammolari o‘smirlik davrida farqlanmaydi. O‘smir va o‘spirinlarning hayotiy 
rejalari tarqoq bo‘lib, ularning amaliy faoliyatiga mos kelmaydi. Ilk o‘spirinlar 
―Hayotiy rejalaringiz bormi?‖ degan savolga ―ha‖ deb javob berishgan, lekin 
ko‘pchilik hayotiy reja sifatida o‘qish, kelajakda qiziqarli ish bilan shug‘ullanish, 
sodiq do‘stlarga ega bo‘lish va ko‘p sayohat qilish deb ta‘kidlashgan. Hayotiy reja 
faqat so‘nggi natijagina emas, unga erishish usul va yo‘llari, unga zarur 
bo‘ladigan ob‘ektiv va sub‘ektiv imkoniyatlar e‘tiborga olingandagina bu so‘zning 
asl ma‘nosi vujudga keladi. Faol va xayolotga beriluvchan orzudan farqli 
ravishda, hayotiy reja – bu faoliyat rejasidir, u birinchi navbatda kasb tanlashga 
bog‘liq. Ilk o‘spirin uchun kasb tanlash avvalo axloqiy muammodir. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida ham shaxs mehnat qilish huquqi bilan birga, o‘z 
qobiliyati, layoqati va qiziqishiga ko‘ra kasb tanlash huquqiga egaligi 
ta‘kidlangan. 
Bugungi kunda kasb tanlash har xil nuqtai nazardan qarash mumkin bo‘lgan 
ko‘p o‘lchovli va ko‘p darajali jarayondir. Birinchidan, jamiyat shakllanayotgan 
shaxs oldiga qo‘ygan vazifalar seriyasi sifatida, ularni shaxs ma‘lum vaqt 


148 
davomida ketma-ket hal qilishi zarur. Ikkinchidan, individ o‘z qiziqish va 
layoqatlarini shakllantiradigan qaror qabul qilish jarayoni sifatida namoyon 
bo‘ladi. Uchinchidan, hayotning individual uslubini shakllantirish jarayoni 
sifatida, kasbiy faoliyat uning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu uch nuqtai 
nazar o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan ishning har xil tomonlaridir. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin