O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

faoliyatning individual uslubini
shakllantirishga yo‘naltirilgan. 
Ushbu qontseptsiya E.A.Klimov ilgari surgan quyidagi qarashlarga asoslanadi: 
1.
Faoliyatning 
muvaffaqiyati 
uchun 
muhim 
bo‘lgan 
amaliy 
tarbiyalanmaydigan shaxsiy (psixologik) xislatlar mavjud. 
2.
Kasbiy faoliyat sharoitlariga moslashishning mehnat mahsuldorligi 
bo‘yicha bir xil bo‘lgan, har xil usullari mavjud. 
3.
Alohida qobiliyatlarning kuchsiz ifodalanganligini mashq qilish yoki 


150 
boshqa qobiliyatlar yoki ish usullari yordamida bartaraf etishning keng 
imkoniyatlari 
mavjud.(sekin 
javob 
qaytarish 
qobiliyatini 
tayyorlanish 
tadbirlaridagi o‘ta diqqatlilik bilan to‘ldirish mumkin; bir sharoitdagi faoliyatning 
susayishini, inson sun‘iy ravishda faoliyatni o‘zgartirishi mumkin – harakatlar 
tartibini o‘zgartirishi yoki ob‘ektlar ranglarini o‘zgartiradi deb tasavvur qilishi 
mumkin). 
4.
Shaxsning individual o‘ziga xosligini hisobga olgan holda qobiliyatlarni 
shakllantirish zarur, tashqi sharoitlarni hisobga olgan holda ichki sharoitlarni 
rivojlantirish. 
Kasb tanlashda kasbiy maslahat juda muhim hisoblanadi. Bu jiddiy 
tayyorgarlikni talab qiladigan qiyin ishdir.Hozirgi vaqtda har bir maktab psixologi 
tomonidan o‘tkaziladigan 9-sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan kasbga 
yo‘naltirish ishlari bo‘yicha diagnostik va maslahat ishlari bunga yaqqol misol 
bo‘la oladi.
Kasb tanlashda – kasb tanlash amalga oshiriladigan 
yosh
, ilk o‘spirinning 
ma‟lumotlilik darajasi
va uning 
intilish darajasi
muhim omillar hisoblanadi. 
Biz yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, kasb tanlash murakkab va uzoq jarayon. 
Muammo na faqat umumiy davomiylikda, balki bosqichlarning ketma-ketligida 
hamdir. Bu erda ikkita xavf mavjud. Ulardan birinchisi ilk o‘spirinlarning kasb 
tanlash jarayonini aniq va barqaror qiziqishlari bo‘lmaganligi uchun keyinga 
qoldirishidir. Bu keyinga qoldirish umumiy etukmaslik, xulq-atvorning infantilligi 
bilan qo‘shiladi. Bu holat kasb tanlash jarayoni kattalik va barqaror ―Men‖ 
obrazining, o‘z-o‘zini hurmat qilishning asosiy komponentlaridan biri ekanligini 
esga olsak tushunarli bo‘ladi. 
Ota-onalarning urinishlari (ayniqsa ziyoli oilalarda ko‘p uchraydi) to‘g‘ridan-
to‘g‘ri psixologik ta‘sir ko‘rsatish yordamida bu jarayonni tezlashtirmoqchi 
bo‘ladilar (―Sen qachon kasb tanlaysan? Men sening yoshingda ...‖). Bu esa 
bolalarda xavotirlanishni kuchaytirib, ba‘zan hech qanday kasb tanlamasdan, turli 
sevimli mashg‘ulotlarni tanlashgacha bo‘lgan salbiy natijalarga olib keladi. Bunda 
o‘z vaqtida o‘qish davomida bolalarning qiziqishlari va dunyoqarashini 
kengaytirish, har xil faoliyat turlari bilan tanishtirish, amaliy mehnat 


151 
ko‘nikmalarini shallantirish sifatida yordam ko‘rsatish mumkin. Erta kasbiy 
tanlash ijobiy omil hisoblansa-da, uning ham o‘ziga yarasha kamchiliklari bor. 
O‘smirlarning qiziqishlari tasodifiy, vaziyatli omillarga bog‘liq. O‘smir faqat 
faoliyatning mazmuniga qarab ish tutadi, uning boshqa jihatlarini payqamaydi.
Ilk o‘spirinlarning bo‘lajak kasblari haqida 
xabardorlik darajasi
ham muhim 
hisoblanadi. Yigit va qizlar ular tanlaydigan kasblar doirasini, har bir kasbning 
aniq xususiyatlarini bilmaganliklari uchun kasbni tasodifan tanlaydilar. Kasb 
haqida ma‘lumotga ega emaslik oliy o‘quv yurtiga kirganlar orasida ham uchraydi. 
―Bo‘lg‘usi kasbingizning xarakteri, mazmuni va sharoitidan xabardormisiz?‖ 
degan savolga talabalarning to‘rtdan bir qismigina ―ha‖ javobini berishgan. Inson 
kasb tanlayotgan vaqtida qanchalik kichik bo‘lsa, uning kasb tanlashi shunchalik 
mustaqil bo‘lmaydi, shaxsiy qadriyatlar tizimi asosida emas, ma‘lumotlarning 
etarli bo‘lmaganligi tufayli kimningdir tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi. 
Kasb tanlash ma‘lum 
shaxsiy intilish darajasini
aks ettiradi. U o‘z ob‘ektiv 
imkoniyatlarini hamda qobiliyatlarini baholashdan iborat. Bundan tashqari unga 
sub‘ekt tomonidan anglanmaydigan kasbga qo‘yiladigan talablar ham ta‘sir qiladi. 
15-17 yoshli yigit va qizlarning intilish darajasi ko‘pincha yuqori bo‘ladi.Bu 
normal va foydali holat bo‘lib, yoshlarni yanada izlanishga va qiyinchiliklarni 
bartaraf etishga undaydi. Dastlabki hayotiy muvaffaqiyatsizlik tufayli, masalan 
oliy o‘quv yurtiga topshirishga urinishdan kelib chiqadigan jarohatdan qanday 
qutulish mumkin? 
Ba‘zi konkursdan o‘ta olmagan yoshlar ularning barcha hayotiy rejalari 
puchga chiqqanligi, to‘g‘rilab bo‘lmaydigan halokat ro‘y berdi, deb o‘ylaydilar. 
Lekin sotsiologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oliy o‘quv yurtida o‘qishni jiddiy 
hoxlovchilar o‘zlarining hayotiy rejalarini keyinroq ham amalga oshirishi mumkin. 
Insonning yoshi ulg‘aygan sayin hayotiy qadriyatlari va hayotiy rejalari 
o‘zgarib boradi. Oliy o‘quv yurtiga kirishni hohlaganlar, dastlab o‘qishga 
kirganlari uchun xursand bo‘ladilar.Kasbni to‘liq o‘ylab tanlamaganlar uchun 
keyinchalik qiyinchiliklar vujudga keladi: ularning ayrimlari o‘qishni eplay 
olmaydi, boshqa birlari tanlagan mutaxassislikdan ko‘ngli to‘lmaydi, yana 
boshqalari oliy o‘quv yurtini to‘g‘ri tanlaganiga shubhalanadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin