O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Z.T.Nishanova
rahbarligida o‘tkazilgan 
D.Xodjakulova
tadqiqotlarida so‘ralganlarning yarmisi 
yana shu kasbni tanlashlarini ta‘kidlab, tasdiq javobini berishgan, uchdan bir qism 


153 
talabalar esa ikkilanishlarini bayon etishgan. Talabalarda kasbiy yo‘nalganlikning 
shakllanishi va rivojlanishi jarayoniga faol maqsadga muvofiq ta‘sir ko‘rsatish 
uchun quyidagilarni tavsiya
 
etish mumkin: 
1. Oliy o‘quv yurtidagi ta‘lim jarayonida har bir talabaning barqaror kasbiy 
yo‘nalganligi shakllanishiga yordam berish uchun ta‘limning muvafaqqiyatini 
ta‘minlaydigan psixologik fenomenlar majmuini hisobga olish zarur. 
2. Oliy ta‘lim davomida har bir talabaga individual yondashuvni amalga 
oshirmoq, kasbiy yo‘nalganlik imkoniyatlaridan kengroq foydalanish lozim. 
3. Talabalarning anchagina qismi kasbni anglamay tasodifan tanlaganliklarini 
hisobga olib, oliy o‘quv yurtidagi ta‘lim jarayonida talabalarda dunyoni kasb 
nuqtai nazaridan ko‘rishni shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimini tavsiya 
etish mumkin. 
4. Ko‘pchilik talabalar hozirgi zamon masalalari bilan aloqasi borligi
ilmiylik, muammolilik, bilimining chuqurligi, ta‘limda ko‘rsatmalik va texnika 
vositalarining qo‘llanilishini mutaxassislik fanlarini o‘qitishdagi ijobiy jihatlar 
sifatida ta‘kidlangani bois, darslarni jonli, yangi pedagogik texnologiyalarga 
asoslangan holda qiziqarli qilib o‘tishlarini o‘qituvchilarga tavsiya etamiz. 
5. 
Talabalarda 
kasbiy 
yo‘nalganlikni shakllantirish uchun kasb 
professiogrammasi va psixogrammasi bilan tanishtirish hamda kasbiy muhim 
hislatlarni psixologiya darslarida amaliy mashg‘ulotlarda hamda tarbiyaviy 
soatlarda guruh murabbiylari yordamida rivojlantirishni tavsiya etamiz. 
E.N.Sattarov
rahbarligida 
S.N.Jo‟raeva
tomonidan talaba shaxsiga kasbiy 
shakllanish ta‘sirining psixologik jihatlari o‘rganildi. Tadqiqotda shaxsning kasbiy 
faoliyatga mutanosibligini belgilovchi psixologik xususiyatlar tva omillar 
aniqlandi, talabalarning oliy o‘quv yurtiga kirishida ta‘lim yo‘nalishlarini 
tanlashlariga sabab bo‘luvchi psixologik omillarning roli aniqlandi, shaxs 
xususiyatlarining kasbiy faoliyatga mutanosibligini ta‘minlashga xizmat qiluvchi 
kasbiy motivlar, ustanovkalar va yo‘nalganlikning o‘rni aniqlangan.
17
17
Дўстмуҳамедова Ш.А., Нишанова З.Т., Жалилова С.Х., Каримова Ш..К, Алимбаева Ш.Т., Ёш даврлари ва 
педагогик психология. –Т.; TDPU, 2013.


154 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin