O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

L.V.Lisovskiy


152 
tadqiqotlaridan ma‘lum bo‘lishicha, ‖Yana kasb tanlashga to‘g‘ri kelsa, yana shu 
kasbni tanlarmidingiz?‖ degan savolga so‘ralganlarning uchdan bir qismi rad 
javobini berishgan. Yuqori kurslarda tanlagan kasbidan qoniqadiganlar 
kamaymasdan, aksincha ortib boradi. 
Buni har xil sabablar bilan tushuntirish mumkin: oliy o‘quv yurtidagi o‘qitish 
darajasi bilan, o‘quvchilik vaqtida payqamagan bo‘lg‘usi kasbning salbiy 
jihatlarini ko‘rish bilan va h. Ko‘pchilikda qoniqmaslik rivojlanishdagi inqirozli 
oddiy nuqta bo‘lib, amaliyot boshlanganda bularning bari yo‘qolib ketadi. Yosh 
mutaxassis ishga tushganda yangi qiyinchiliklar vujudga keladi.
 
Ularning ba‘zilari 
yuqori ma‘suliyat hissiga javob bera olmaydi, ba‘zilarda esa talablar olingan bilim 
darajasidan ancha quyida bo‘ladi. Shunday qilib, rivojlanishning oliy o‘quv 
yurtidagi varianti nizolardan holi emas. 
Insonninn hayot yo‘li turli tumandir.Ilk o‘spirinlikda inson hayot yo‘lini o‘zi 
tanlaydigandek tuyuladi, lekin uning kasb tanlashiga tarbiya, muhit va boshqalar 
ham ta‘sir qiladi.Kasb-hunar kolleji yoki litseyni bitirgandan so‘ng shaxsiy 
bo‘lmagan tashqi omillarning ta‘siri yanada kuchli bo‘ladi.
V.N.Shubkinning
ta‘kidlashicha, biz tanlaydigan yo‘llardan boshqa bizlarni tanlaydigan yo‘llar ham 
mavjud.
 
Oliy o‘quv yurtini tugallagan yoshlar ta‘limni hayotni mazmunli va 
qiziqarli qilish vositasi sifatida hamma narsadan ustun qo‘yishadi. Ishlaydigan 
yoshlar esa ta‘limning mohiyatini jamiyatga ko‘proq foyda keltirishda degan 
fikrdalar.
O‘spirinlar turli kasblarni turlicha baholaydilar.17 yoshlilar kasblarni qontrast 
―oq-qora‖, mavhum deb baholasalar, 25 yoshlilar o‘zlarining hayot yo‘llari bilan 
baholaydilar.
 
Muvaffaqiyatli kasbga yo‘naltirishning muhim shartlaridan biri 
o‘quvchilarning mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi va ularning faolligidir.
 
Kasbga yo‘naltirish – shaxsning ijtimoiy taqdirini belgilashning tarkibiy 
qismidir. Kasb tanlash - hayot mazmuni haqidagi o‘ylari va shaxsiy ―Men‖ tabiati 
bilan mos kelganda muvaffaqiyatli hisoblanadi.

Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti talabalarida 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin