O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


Shaxs va tеmpеramеnt tiplari



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

4.3. Shaxs va tеmpеramеnt tiplari 
Insonning ruhiy olami beto‗xtov harakatlar majmuasidan iborat bo‗lib, biri 
ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o‗xshash tarzda 
hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to‗g‗risidagi 
taassurotlar, o‗tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, 
xohish-istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy 
kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o‗zaro o‗rin almashtirib turish 
evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, 
uning sur‘ati, mazmuni, shakli, ko‗lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi 
alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo‗lishi kuzatiladi. 
Shuning uchun bo‗lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, ijtimoiy turmush 
voqeliklariga, omillariga, ta‘sir kuchlariga tez yoki sekin, еngil yoki mushkulot 
bilan javob qaytarishga moyillik ko‗rsatadilar. 
Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar 
o‗rtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta‘kidlanadi, ular orasidagi 
farqlarni ajratib ko‗rsatish maqsadida quyidagicha belgilar kiritiladi va o‗ziga xos 
tarzda tavsiflab beriladi, ularning ayrimlarini ajratib ko‗rsatish maqsadga muvofiq. 
Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari motiv, psixik holat va 
hodisalardan farqli o‗laroq, aynan shu shaxsning o‗zida, uning turli faoliyatlarida, 
muomalasida ifodalanadi. 


171 
Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo‗lganligi 
tufayli inson hayoti va faoliyati (umri) davomida yoki uning muayyan bir 
bo‗lagida (ta‘sirga beriluvchanligi sababligidan qat‘i nazar) barqaror, o‗zgarmas va 
mustahkamdir. 
Yakkahol shaxsga dahldor temperamentning turli xususiyatlari o‗zaro bir-biri 
bilan g‗ayriqonuniy ravishda birlashgan bo‗lmasdan, balki ular o‗zaro bir-biri 
muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini 
tavsiflovchi o‗ziga xos tuzilmani vujudga keltiradi. 
Tеmpеramеntning fiziologik asoslari: qadimgi yunon olimi Gippokrat 
ta‘limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o‗zaro bir-
biridan tafovutlanishi, ularning tana a‘zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) 
turlicha nisbatda joylashuviga bog‗liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat 
ta‘biricha, inson tanasida to‗rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo‗lib, ular o‗t yoki safro 
(yunoncha «chole»), qon (lotincha sanguis yoki sanguinis), qora o‗t (yunoncha 
melas «qora», chole «o‗t»), balg‗am (yunoncha «phlegma») kabilardan iboratdir. 
Uning mulohazasicha:
– o‗tning xususiyati – quruqlikdir, uning vazifasi tana a‘zolarida quruqlikni 
saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir; 
– qonning xususiyati issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir; 
– qora o‗tning xususiyati namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab 
turishdir; 
– balg‗amning (shilimshiq moddaning) xususiyati sovuqlikdir, uning vazifasi 
badanni sovitib turishdan iboratdir. 
Gippokrat ta‘limotiga muvofiq har bir insonda shu to‗rt xil suyuqlik mavjud 
bo‗lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha 
temperamentum)lardan qaysi biri salmoqliroq bo‗lsa, shunga qarab insonlar 
temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi xolerikda sariq o‗t, sangvinikda 
qon, flegmatikda balg‗am, melanxolikda qora o‗t ustun bo‗lishi ta‘kidlanadi.
Yirik rus psixologlaridan biri B.M. Teplov (1896–1965) va uning shogirdlari, 
maslakdoshlari I.P. Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari 
xususiyatlarining o‗ziga xos tomonlarini ochishga muvaffaq bo‗ldilar. Ular nerv-


172 
fiziologik jarayonlarning nozik qirralarini o‗rganishga maxsus moslamalar 
yordami bilan o‗zgarishlarni qayd qilish hamda olingan natijalarni (omillarni) 
matematik statistika metodlari orqali hisoblashni tatbiq etdilar.
Shuningdek, B.M. Teplov ilmiy maktabining namoyandalari tomonidan ijobiy 
va tormozlovchi shartli reflekslarning hosil bo‗lish tezligini tavsiflovchi individual 
xususiyatlar turkumi ham ta‘riflab berilgandir. Ushbu individual xususiyatlar 
mohiyatida ifodalanuvchi nerv sistemasining notanish xususiyati dinamiklik deb 
nomlangan ham tavsiflangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining 
bir guruh individual xususiyatlari qo‗zg‗alish jarayoni to‗xtalishining tezligi 
mahsuli sifatida taxmin qilingan xususiyatni (yangi xislatni) labillik dеb atay 
boshlaganlar. Shuning bilan birga nerv sistemasining boshqa xususiyatlari 
mavjudligi to‗g‗risida ilmiy taxminlar ilgari surilgan, chunonchi, senzitivlik, 
reaktivlik va hokazo. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin