5.4. Kasbiy buzilish tushunchasi va ularning oldini olish yo’llari.
Muxandis sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi navbatda,
respublikamiz uchun har tomonlama etuk va munosib kadrlar tayyorlash
masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda. Ayni damda olib borilayotgan islohot va
kadrlar tayyorlash dasturlari e‘tiborni xodimlarda mavjud kasbiy xususiyatlarga
qaratishni, ularning jismonan, ma‘nan sog‘lomligi, dunyoqarashi, fikrlash
doirasining kengligi, Vatan himoyasida o‘z aqidalariga sodiqligi, o‘quv va ish
jarayonida axborot, bilim va tajribalarni o‘zlashtirishda shaxsning psixik
xususiyatlari dolzarb ahamiyatga molik ekanligini ta‘kidlamoqda.
Xush, xodimlarning kasbiy buzilishlariga qanday omillar sabab bo‘lmoqda?
Masalan, Rossiyada bu muammoni bir qator ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish
natijasida psixolog olim A.V.Budanov 3 ta asosiy omillar guruhiga bo‘lib
o‘rgandi, ya‘ni:
–
xizmat sohasining o‘ziga xosligi (spetsifikasi);
–
shaxsiy fazilatlar omili;
–
ijtimoiy-psixologik omillar
1
.
Bu tadqiqotni o‘tkazgan Rossiya psixologlari xodimlarning kasbiy
buzilishlarini ularning ish tajribasi bilan solishtir- ganlarida quyidagi natijalarni
taqdim qilganlar:
1)
besh yilgacha ishlagan xodimlarda kasbiy tanazzul arzimas bo‘lib, bu
toifa xodimlar xizmat sirini endi tushunib borayotgan- ligi bois kasbiy buzilish
past darajada;
2)
6–10 yil ishlayotganlarda – o‘rtacha darajada;
3)
11–15 yil ishlayotganlarda kasbiy buzilish darajasi juda yuqori;
4)
15 yildan ortiq ishlayotganlarda esa axloqiy-kasbiy buzi- lishlar bo‘lishi
aniq.
Axloqiy-kasbiy buzilishning xavfli tomoni shundaki, uning eng past
186
darajasi ham muxandis xodimlarining shaxsiy va xizmat qobiliyatlariga jiddiy
zarar etkazadi.
Psixologik
nuqtai
nazardan
bu muammoga
xodimning
shaxsiy
xususiyatidan kelib chiqib yondashish qabul qilingan.
Xodimlarning kasbiy buzilishida ularning shaxsiy xusu- siyatlari ta‘sirini
rus psixologi A. V. Budanov quyidagicha tahlil qiladi
1
:
1)
xodimning intellekti ta‘siri (ya‘ni, mustaqil fikrlash va mustaqil qaror
qabul qilishi tormozlanadi, mustaqil tarzda o‘z ustida ishlashi va kasb mahoratini
oshirishda layoqatsiz bo‘lib qoladi, ekstremal yoki kutilmagan vaziyatda qaror
qabul qila olmaydi);
2)
shaxsiy salbiy sifatlar ta‘siri (ochko‘zlik, qo‘pollik, tajovuzkorlik, faqat
o‘z manfaatlarini ko‘zlash, bilimsizlik, to‘porilik, o‘z shaxsiga yuqori baho
berish) kabi.
Bu xususiyatlar xizmat ta‘sirida (vakolat doirasining keng- ligi, xizmat
kiyimidan havolanish, hammaning diqqat-markazida bo‘lish) xodimga yanada
o‘ziga yuqori baho berishiga sababchi bo‘lib qolishi mumkin.
Muxandis xodimlari faoliyatining samarasini belgilovchi shaxsiy
xususiyatlarini aniqlash uchun, avvalo, ushbu faoliyatning psixologik jihatlarini
tahlil qilish, o‘ziga xos tomonlarini aniqlash, shu orqali bu faoliyatni
takomillashtirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish talab
qilinadi.
Bundan tashqari, nomzodda xizmatda uchraydigan tashqi omillar ta‘siriga
ruhiy immunitetning rivojlanmaganligi, qaltis vaziyatda tez va aniq qaror qabul
qila olish reaktsiyasining pastligi, o‘ziga yuqori baho berishi, iroda
qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi, dunyoqarashi va madaniyat
darajasining pastligi tufayli xizmat boshlagandan keyin qisqa muddat ichida
uning axloqiy jihatdan emirilishiga sabab bo‘ladi.
Kasbiy tanazzul avvalo, shaxsning o‘zida, keyinchalik esa uning harakatlari
orqali kasb faoliyati va atrof-muhitidagi munosa- batlarda ifoda bo‘lishni
boshlaydi. Bu holat muxandis jamoalarida ham yuz berishi mumkin. Masalan,
187
spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish holati shu bo‘lim yoki bo‘linmada xizmat
intizomining sustligiga dalil bo‘la oladi.
Kasbiy tanazzulning xavfli tomoni shundaki, u «latent», ya‘ni yashirin
tarzda kechadi. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pgina holatlarda xodimning
mast tarzda xizmatga chiqishini, avvalo, rahbarlarning o‘zlari (o‘zlariga gap
tegmasligi uchun) yashiradilar. Xodimlar psixologik, psixoterapevtlik yordamini
psixiatriya xizmati bilan adashtiradilar va bu o‘z o‘rnida psixodiagnostika
ishlarini qiyinlashtiradi.
Ularning xizmat vazifalariga quyidagilar kiritildi:
–
shaxsiy tarkibni bir yilda bir marotaba majburiy psixo- logik
diagnostikadan o‘tkazish hamda jamoadagi ruhiy muhitni o‘rganish,
xodimlarning individual xususiyatlari, psixologik holatlari, asab turg‘unligi
darajalari, qobiliyati, xizmatga yaroq- liligi, shaxsiy tarkibning xizmatdan
qoniqganligi va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash va hokazo;
–
xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni buzish, o‘z joniga
qasd qilish (suitsid) holatlari, xizmat faoliyati davomida yuzaga keladigan turli
qiyinchiliklar va yo‘l quyiladigan intizom buzilish sabablarini o‘rganib, ularning
oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish yuzasidan rahbariyatga takliflar
kiritish;
–
uzoq xizmat safaridan qaytgan xodimlarni xizmatga ko‘nikma hosil
qilishlariga ko‘maklashish;
–
ishga yangi qabul qilingan xodimlar bilan psixologik usullarni qo‘llab
suhbat o‘tkazish va boshqalar.
Bu yangilik muxandis xodimlarining kasbiy buzilishi, uning kelib chiqish
sabablarini tugatish yo‘llaridagi muhim qadamdir. xodimlarning obro‘siga putur
etkazishi mumkin. Shuning uchun kasbiy buzilishning oldini olish, unga yo‘l
qo‘ymaslik bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Muxandis xodimlari kasbiy buzilishlarining oldini olishda asosan qo‘yidagi
yo‘nalishlardagi chora-tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
1.
Professional faoliyatni tashkil etish sohasida:
188
–
har bir xodimni tanlash va ishga tayinlashda qiziqishlarini inobatga olish;
–
xodimlarga aniq vazifalar, topshiriqlar berish, ularning bajarilishi uchun
barcha chora-tadbirlarni ko‘rish;
–
xodimlarga hamkasblar bilan muomala qilish madaniyatini, ruhiy aloqa
o‘rnatish mahoratini o‘rgatish;
–
xizmat vazifasini bajarishda ishga ijodiy yondashuvchi, chigal
masalalarning echimini tezlikda topuvchi, muammolarni hal qilishda ilm-fan
yutuqlaridan unumli foydalanuvchi xodimlarni taqdirlash, izzat-hurmatini joyiga
qo‘yish;
–
qo‘l ostidagilarni o‘z ishini o‘zi tahlil qilishga, o‘zini o‘zi nazorat
qilishga o‘rgatish;
–
xodimlarning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun, oilasining
tinchligi, hayotining sermazmun bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilish;
–
o‘zgalarga ruhiy ta‘sir o‘tkazish usullarini amalda qo‘llash- ni o‘rgatish
va xodimni janjalli va qo‘rqinchli vaziyatlarda ishlashga ruhiy jihatdan tayyorlash
ishlarini amalga oshirish;
– jismonan chiniqtirish va chidamliligini oshirish.
2.
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish sohasida:
–
xodimlarda ilmiy dunyoqarashni, axloqiy-huquqiy e‘tiqodni, g‘oyaviy-
siyosiy madaniyat va irodaviy xislatlarni, qisqacha aytganda, milliy istiqlol
mafkurasini shakllantirish;
–
ularni tanqid va o‘z-o‘zini tanqid ruhida tarbiyalash;
–
iroda va xarakter kuchini chiniqtirish;
–
jinoyatchilar dunyosining ta‘siriga qarshi tura olish qobi- liyatini hosil
qilish;
–
xizmatda va turmushda shaxsiy namuna orqali ta‘sir ko‘rsa- tish;
–
tarbiyalash jarayonida o‘rgatish va majburlash, rag‘batlantirish va jazolash
usul va vositalaridan unumli foydalanish;
–
jamoada sog‘lom ruhiy muhitni vujudga keltirish;
–
qo‘l ostidagilarning yashash sharoitlarini, dam olishini yaxshilash
189
borasida g‘amxo‘rlik qilish;
–
tarbiyaning barcha turlarini, usul va vositalarini, prin- tsiplarini birga
qo‘shib olib borish, ayniqsa, huquqiy va axloqiy tarbiyaning uzviy birligiga
asosiy e‘tiborni qaratish;
–
xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an‘analari, urf- odatlari va tili
bilan bog‘liq qadriyatlardan tarbiya jarayonida milliy g‘ururni o‘stirish va milliy
ongni shakllantirishda unumli foydalanish.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, muxandis xodimlar kasbiy
buzilishlarining oldini olish asosan ikki yo‘nalishda, ya‘ni umumiy chora-tadbirlar
va bevosita chora-tadbirlarni qo‘llash asosida olib boriladi.
Shunday ekan qonunga bo‘ysunish yuksak huquqiy onglilik, jamiyat va
davlat manfaatlarini chuqur tushunib etish, ijtimoiy burch, ya‘ni o‘z qilmishlari
uchun davlat oldida javobgarlik tuyg‘usi bilan uzviydir. Qonunlarga itoatkor har
bir fuqaro qonunlarning talablari jamiyatning yuksak manfaatlarini ifoda
etishini, huquqiy qonunlarga rioya qilish faqat xalq manfaatlariga emas, balki
uning o‘z manfaatlariga ham xizmat qilishini yaxshi tushunadi. Mazkur ma‘noda
qonunlarga itoat qilishni xalq birligi va kuch-qudratining manbai deb atash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |