O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

5.3. Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat 
Muxandis 
xodimlarining 
kasbiy 
qobiliyati 
va 
mahoratini 
takomillashtirishning etakchi omillaridan biri xodimlarni psixologik jihatdan 
tayyorlashdir. 
Kasbiy faoliyat – bu ijtimoiy muhim faoliyat bo‘lib, uni bajarish maxsus 
bilimlar, ko‘nikma va malakalar, shuningdek, shaxsning kasbiy shartlangan 
sifatlarini talab etadi. Kasbiy faoliyat – bu mehnat faoliyati (E. F. Zeer). 
Muxandis xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini 
oshirishda shaxsiy xislatlariga alohida talablar qo‘yiladi. Ushbu faoliyat 
xodimlarda hissiy-irodaviy barqarorlikni rivojlantirish, zo‘riqishni vujudga 
keltiruvchi omillar ta‘siriga qarshi psixologik tayyorgarlikni shakllantirishni talab 
etadi. 


181 
Xodimlarning psixologik tayyorgarligi ularning faoliyat tizimi va kasb 
mahoratining kompleks tarkibiy qismidir. U xodimning shakllangan va rivojlangan 
psixologik xususiyatlari majmui bo‘lib, tergov, operativ xizmat va profilaktik 
faoliyatning o‘ziga xos muhim psixologik xususiyatlariga javob beradi, ularni 
amalga oshirishning zarur shart-sharoitlari hisoblanadi. U to‘rt guruhga kiruvchi 
tarkibiy qismlardan iborat: 

xodimning psixologik jihatdan kasbiy faoliyatga yo‟naltirilganligi va his-
tuyg‟ulari 
(o‘zi ishlayotgan vaziyatlarni psixologik jihatlarini va kishilarni 
tushunishga intilishi, qiziqishlari va ularni tushuna olishi); 
- xodimning kasbiy mahorat va taktik faoliyat samara- dorligini oshirishga 
oid psixologik tayyorgarligi. 
Ushbu tayyorgarlik kasbiy mahorat samaradorligini 
oshirishda, kasbiy faoliyat tizimida psixologik sharoitlarni tushunish va ularni 
yarata olishda, kasbiy (nutqli va nutqsiz) harakatlarni amalga oshirishning 
psixologik vositalaridan mahorat bilan foydalanish, operativ xizmat vazifalarining 
samarali hal etilishini ta‘minlovchi psixologik usullarning butun kompleksini 
mohirlik bilan qo‘llay olishda namoyon bo‘ladi; 

xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi 
(kasbiy kuzatish 
samaradorligini oshirish uchun psixologik asoslangan usul va qoidalarni qo‘llash 
mahoratini o‘z ichiga oladi) rivojlangan kasbiy diqqatlilik, sezgi va tasavvur 
organlarining mashq orqali rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalar 
uchun muhim bo‘lgan ma‘lumotlarni tez, to‘liq va aniq esda olib qolish, xotirada 
yaxshi saqlash va to‘g‘ri bayon etish bo‘yicha mashq qilganlik; 

psixologik barqarorlik 
(xodimning tergov, operativ xizmat faoliyatining 
psixologik jihatdan murakkab, hissiy jihatdan tarang, xavfli va mas‘uliyatli 
vaziyatlarda xotirjam va ishonch bilan harakat qilish qobiliyatida namoyon 
bo‘ladi). 
Xodimning kasb mahoratini oshirishda uning psixologik bilimlarga egaligi 
muhim ahamiyatga ega. Ilmiy dalillar va mavjud ijobiy tajriba professional ta‘lim 
tizimiga psixologik tayyorgarlikni maqsadga yo‘nalgan tarzda oshirib borishning 
maxsus vazifalari, shakl va usullarini kiritish zarurligini ko‘rsatmoqda. Bugungi 


182 
kunda kasbiy mahorat – ichki ishlar organlarining faoliyat samaradorligini 
oshiruvchi muhim omillardan biridir. 
Shu ma‘noda muxandis xodimlarining kasbiy mahorati, xodimlarda operativ 
xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli va samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan 
xislatlarni shakllantirish, rivojlantirish va faollashtirish bo‘yicha maxsus tashkil 
etilgan maqsadga muvofiq ta‘sir ko‘rsatish jarayonidir. 
Xodimlarning kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish va kasbiy qobiliyat 
hamda mahoratini rivojlantirishda ular ma‘lum bir kasbiy yo‘nalishga ega 
bo‘lmog‘i lozim. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin