O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

“professiogenez”
atamasi bilan atash mumkin. 
SHaxs faoliyatini tashkil qilish va tahlil qilishga nisbatan professiogenetik 
yondashuv shaxs mehnat faoliyatini o‗rganuvchi psixologiyaning qator sohalari va 
boshqa fan sohalari uchun metodologik, nazariy va metodik asos bo‗lib xizmat 
qiladi. 
Mutaxassis shaxsining shakllanishini o‗ziga xos xususiyatlari mehnat 
sub‘ektining kasbiy shakllanishiga nisbatan professiogenetik yondashuvning asosiy 
xususiyatlarini aniqlab beradi. Bu yondashuv mehnat sub‘ektining kasbiy faoliyati 
davomida ijtimoiy va psixologik rivojlanish qonuniyatlarini o‗rganish asosiga 
qurilgan. Bunda kasbiy taraqqiyot jarayonini faol boshqarish imkoniyatlari va 
shaxsning mehnat faoliyatiga yaroqliligi ko‗rib chiqiladi. U faqatgina shaxs 
taraqqiyoti xususiyatlarini va mutaxassis shakllanishini o‗rganishga qaratilgan 
bo‗lmay, balki mavjud faoliyat turlarini, faoliyatga moslashish jarayonini psixik 
boshqarish mexanizmlari va shaxsning mavjud imkoniyatlari hamda kasbiy 
talablar orasidagi muvofiqlikni psixologik tahlil qiladi, qolaversa, obro‗li kasb va 
faoliyat turlarining psixologik xususiyatlarini taxmin qiladi. Ommaviy va obro‗li 
kasbiy faoliyat turlarini psixologik tahlil qilishning samaradorligi faoliyatni 
rejalashtirishdagi texnik va texnologik qarorlar va shu bilan bir qatorda, shaxsga 
nisbatan kasbiy talablar xarakteri hamda faoliyatning psixologik nazariyalarini 
ahvoli haqidagi ma‘lumotlar yordamida aniqlanadi. 
Professiogenezning markaziy nuqtasida mehnat sub‘ektining kasbiy 
shakllanishi va uni bir necha aspektlarini keng ko‗lamda ko‗rib chiqish maqsadga 
muvofiqdir: 


203 
Birinchidan, 
shaxs taraqqiyoti
sifatida – bu muayyan mehnat sub‘ektining 
faollik darajasiga bog‗liq va etakchi faoliyat xarakteriga asoslangan holda aniq bir 
yosh davrida namoyon bo‗ladi. Psixik taraqqiyot eng avvalo, mehnat motivlarining 
shakllanishi, kasbiy muhim sifatlarning faollashishi va aniq bir faoliyatning 
talablariga muvofiq ravishda shaxs qobiliyatlarining tarkib topishi bilan 
yakunlanadi. 
Ikkinchidan, 
sub‟ekt ijtimoiylashuvi
sifatida – bu individ tomonidan ijtimoiy 
normalarning o‗zlashtirilishida, ijtimoiy tajribani shaxsiy kasbiy ustanovkalar 
tizimida qo‗llashda, qadriyatlar va faoliyat dasturida, ijtimoiy rollarni qabul qilish 
va ijtimoiy masalalarda namoyon bo‗ladi. 
Uchinchidan, 
sub‟ektning kasbiy o„z-o„zini anglashi, o„z-o„zini namoyon 
qilishi
sifatida – bu hayot faoliyati davomida kasbiy shakllanishiga zamin 
tayyorlaydigan o‗z-o‗zini anglash, o‗z-o‗zini boshqarish, o‗z-o‗zini nazorat qilish, 
hayotiy tajriba va hayot tarzi orqali namoyon bo‗ladi. Hayot davomida taraqqiy 
etish va kasbiy shakllanish yosh davrlarida, shaxs hayot-faoliyati bosqichlarida aks 
etib, jamiyat talablari va shaxsning o‗zini-o‗zi namoyon qilishga intilishi orasidagi 
qarama-qarshiliklarga bog‗liq bo‗ladi. 
To‗rtinchidan, kasbiy shakllanish 
shaxs faolligi
shaklida namoyon bo‗ladi va 
tavsiflanadi – bunda shaxs shakllanishining dinamik sharoitlari va uni shaxsiy 
harakatlarining faoliyat bilan muvofiqligi ko‗rib chiqiladi. 
YUqorida ko‗rsatilgan professiogenezning o‗ziga xos xususiyatlari 
mutaxassis shaxsining uzluksiz ravishda shakllanishi, mehnat sub‘ektining kasbiy 
kamolotga erishishga intilishi, bundan tashqari shaxsning ongli faoliyat sohibi
ijtimoiy qadriyatlar ijodkori, har tomonlama kamol topgan shaxs, oliy toifali 
mutaxassis sifatida shakllanish jarayonlarida aks etadi. 
Kasbiy shakllanish jarayonini professiogenetik yondashuv asosida o‗rganish 
borasida bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda va bu muammoning turli jihatlari 
keng doirada ochib berilmoqda.
Oxirgi 15 yil ichida mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar shaxs xulq-
atvori va kasbiy sohasida o‗z aksini topib kelmoqda. Etuklik davridagi shaxslarni 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin