200
ishtiroki natijasiga ko‗ra predmetli yoki to‗liq predmetli ko‗rinishlarga ajratiladi.
Shunga muvofiq tarzda, hech qanday faoliyat motivga ega emas, chunki hech
qanday motivning o‗zi yo‗q, faqatgina muayyan faoliyatga egalik qila olinsa
bo‗ldi.
Bu bosqichda ham boshqalar singari ikkita chiziqni ajratib ko‗rsatish
mumkin, ulardan biri kasbni endi o‗zlashtirayotgan insonlarga xosdir. Bu shunday
holatki, bunda shaxs muayyan bir bosqichni bosib o‗tgan, lekin yuqoriroq darajaga
erishmagan. Birinchi chiziq o‗zining natijasiga ko‗ra ikkita imkoniyatga ega.
Ulardan biri – bu keyingi bosqichga (ijtimoiy intilishlar modusiga) o‗tish.
Ikkinchisi – bu bosqichda izlanish va ―to‗xtab qolish‖dan bosh tortishdir.
Shaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon o‗zini
―topganligi‖, uning o‗zini va o‗z faoliyatini o‗zgartirishni
istamasligi bilan
yakunlanadi. SHaxs faoliyatga nisbatan o‗z ehtiyojlarini qondiruvchi vosita
sifatida qaraydi.
Kasbiy etuklikni mutaxassis shaxsining shakllanishi va mehnat sub‘ektining
kasbiy shakllanishi jarayoni sifatida ko‗rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu
jarayon mehnat faoliyatini boshqarish va amalga oshirish bilan bog‗liq, lekin u
faqatgina operatsional soha taraqqiyoti, bilim, ko‗nikma va malakalarni
o‗zlashtirish bilan cheklanib qolmaydi, balki S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev,
B.F.Lomov, A.N.Leontev va boshqalarning tadqiqotlarini
guvohlik berishicha,
shaxs ijtimoiy xulq-atvorini psixik boshqarishning funksional tizimini shakllanishi
bilan bog‗liq. Bu jarayonda shaxsning kasbiy kamolotini asosiy qonuniyatlari
haqidagi tasavvurlarning taraqqiyoti va turli omillar ta‘sirida uning dinamikasini
boshqarish muhim rol o‗ynaydi, buning natijasida shaxs o‗zini kasbiy faoliyat
sub‘ekti sifatida anglay boshlaydi va kasbining ijtimoiy ahamiyatlilik darajasini
tushunadi.
Shaxsning kasbiy shakllanish jarayonida aniq faoliyatning mohiyatini ochish
dinamikasidagi maqsadga yo‗nalganlik, uning imkoniyatlarini bosqichma-bosqich
kashf qilinishi va uning alohida komponentlari hamda tuzilishining o‗zgarishini
muhim manbasi bo‗lib hisoblanadi. Psixologik tuzilish
bilan muvofiq adekvat
faollikni talab qiluvchi maqsadlar tizimini aniqlash, tanlash, unga erishish va
201
alohida faoliyat komponentlarining mazmuni hamda ko‗zlangan natijaga erishish
uchun psixik zo‗riqqanlikning muvofiqlik darajasi ham mehnat sub‘ekti shaxsining
psixik taraqqiyoti manbasi bo‗lib hisoblanadi. Taraqqiyotning bu mexanizmi
predmetli faoliyat motivlarining shakllanishi va aniqlashtirilishi jarayoni bo‗lib,
uning mehnat jarayonini har bir bosqichida o‗zgarishlarni aniq bir fazasini bosib
o‗tuvchi, mazmun jihatdan boyib boruvchi va faoliyatning yo‗nalganligiga, psixik
va kasbiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi omillarga
aylanadigan motivatsion-
ehtiyojlarni boshqarish bilan bevosita bog‗liqdir
Mehnat sub‘ektining kasbiy
shakllanishi, shaxsning mutaxassisga aylanish
jarayonida faoliyatning operatsional tomonini egallash qobiliyatini qidirish va
yaratish, faoliyatning psixologik tizimi komponentlarini o‗zaro aloqasi va
mazmunini o‗zlashtirishini o‗z ichiga oladi.
Bu jarayonni boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri o‗zi haqidagi
tasavvurlarning (―Men-konsepsiyasi‖), ―Men-mutaxassis‖
obrazi va mutaxassis
modeli namunasining shakllanishi,
qolaversa, bu tasavvurlarning muvofiqligi, ular
orasidagi qarama-qarshiliklarni aniqlash va tahlil qilish hisoblanadi.
Ko‗rsatib o‗tilgan sub‘ektiv modellarning roli qator tadqiqotlarda o‗z aksini
topgan bo‗lib, ular: ―stereotiplashgan kasbiy namunalar shaxs tajribasining to‗liq
integratsiyasiga yo‗l qo‗ymaydi, bu vaziyatda kasbiy shakllanish shaxs taraqqiyoti
uchun to‗siq bo‗lib xizmat qilishi ham mumkin‖, degan g‗oyani tasdiqlaydilar.
Faqatgina individuallashtirilgan, qolaversa, shaxsning individual xususiyatlarini
inobatga olgan holda yaratilgan kasbiy namunagina shaxs taraqqiyoti uchun xizmat
qilishi mumkin, chunki ular muayyan bir shaxsning o‗ziga xos xususiyatlari bilan
muvofiq bo‗ladi.
Sub‘ektning psixik sohasini o‗rganish natijalariga ko‗ra mehnat mutaxassis
shaxsi shakllanishining boshqarish jarayoni bilan
psixik funksiyalarning
rivojlanish holati o‗rtasidagi aloqadorligini tushunishda muhim ahamiyat kasb etib,
mehnat faoliyatining shaxsga ta‘siri xarakterini aks ettiruvchi mehnat yutuqlari
darajasini aniqlab beradi.
Mehnat sub‘ektining kasbiy shakllanishi, o‗zining hayotiy pozitsiyasiga,
maqsadi va harakatlar dasturiga, faoliyat jarayoni va natijalariga nisbatan
202
munosabatga hamda shu kabi qator maxsus xususiyatlarga ega bo‗lgan mutaxassis
shaxsining shakllanishi, sub‘ektning shaxs taraqqiyoti qonuniyatlarini engib
o‗tishi, faoliyat determinantlari ta‘sirida uning hayotga psixologik qarashlarining
o‗zgarishi natijasi hisoblanadi.
Shaxsning hayotiy va kasbiy shakllanishini dinamik xarakterini, shaxsning
o‗ziga xos filogenetik va ontogenetik xususiyatlarini, qolaversa, undagi mehnat
faoliyatining rolini, sub‘ektning kasbiy shakllanishini o‗ziga xos xususiyatlarini
hisobga olgan holda bu jarayonni
Dostları ilə paylaş: