219
Ikkinchi daraja – mehnat ekspertizasi
. Mehnat ekspertizasi – bu shaxsning
muayyan kasb bo‗yicha mehnatga layoqatliligini aniqlashdir.
Ekspertiza
o‗tkazishning maxsus tizimlari mavjud, ya‘ni
tibbiy-mehnat ekspertizasi
komissiyasidir.
Mehnat ekspertizasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.Shaxs mazkur faoliyatni bajara oladimi (sog‗lig‗i nuqtai nazaridan).
2.Faoliyatni amalga oshirish uchun munosib insonlarni tanlay olish.
3.Ishga yaroqsiz xodimlarni o‗z vaqtida ishdan ozod qilish.
4.Shaxsga mos ishni aniqlash.
Uchinchi darajasi – kasbga yo„naltirish.
Kasbga yo‗nalganlik bu shaxs
imkoniyatlari darajasidagi adekvat kasbni tanlashga
ilmiy asoslangan yordam
ko‗rsatish va qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan davlat tizimi. Kasbga yo‗naltirish
yordamida shaxsning istak-hohishlari va kasblar olamidagi ijtimoiy talabning
o‗zaro muvofiqlashuvi kechadi.
Kasbga yo‗naltirish tizimi kichik tizimchalardan iborat:
1.Kasbiy tashviqot va targ‗ibot tizimi.
2.Kasbiy maslahat tizimi.
3.Kasb tanlash tizimi.
4.Kasbiy moslashuv tizimi.
Sanab o‘tilgan fenomenlar yangi usulning
mavjudligini tavsiflamaydi, balki,
shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yo‘q bo‘lgan vaziyatda qolganda o‘zining
beqaror ―Men‖ tizimini buzilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi. Bu
vaziyat ba‘zida ―o‘zini safarbar etish‖ holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni
o‘zining namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘zini o‘zi
safarbar etish deb nomlab
bo‘lmaydi: tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda
anglanmagan voqelikni
yo‘qotish mumkin emas. Shunchaki, birinchi usulda
turmush tarzining hayot-
avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib
chiqarmaydi.