O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


Kasbiy tanlovning psixologik tomonini asosiy vazifalari quyidagilar



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Kasbiy tanlovning psixologik tomonini asosiy vazifalari quyidagilar: 

Qobiliyatlar va kasbiy muhim bilim, ko‗nikma va malakalarning 
diagnostikasini o‗tkazish; 

Olingan ma‘lumotlarni kasbiy talablar bilan muvofiqligi; 
Ushbu shaxsning mazkur kasbda faoliyat yuritishi muvaffaqiyatli va 
muvaffaqiyatsiz kechishini oldindan prognoz qilib xulosa berishi mumkin. Kasbiy 
tanlov jarayonida kasbiy yaroqlilik xam aniqlanadi. Kasbiy yaroqlilik u yoki bu 
mehnat faoliyatiga yaroqlilik bilan belgilanadi. 
Kasbiy yaroqlilik
bu mehnat 
faoliyatini samarali tashkil qilish uchun zurur bilim, ko‗nikma, malakalar hamda 
psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini majmuidir. U yosh, malaka, kasbiy 
qobiliyatlar, motivasiyaga bog‗liq. 
Kasbiy moslashuv
shaxsning kasbiy faoliyatini 
o‗rganishda muhim o‗ringa ega. Kasbiy moslashuv bu shaxsning asta-sekinlik 
bilan kasbga kirib borishi va malakali mutaxassisga aylanishidir. Kasbiy 
moslashuv ta‘lim bosqichidayoq elementar faoliyatga va bevosita ish joyida 
amalga oshuvchi jarayon tayyorlov bosqichiga asoslangan holda o‗zida 
mujassamlashtiradi. Kasbiy moslashuv jarayoni murakkab va shaxsning butun 
hayotini qamrab oladi va bu vaqtda nafaqat kasbiy tajriba, balki mutaxassis 
shaxsining o‗zi ham shakllanadi. Kasbiy yaroqlilik tizimining to‗rtinchi darajasi
attestasiya hisoblanadi. Attestasiya bu shaxsning kasbiy tavsifnomasini muayyan 
malaka kategoriyasiga muvofiqligini baholash tizimi hisoblanadi. Attestasiya 
bahosi asosan nomzoding bilim, ko‗nikma va malakalari hisobga olinadi. 
Ko‗rsatilgan baholash va kasbiy yaroqlilik tizimi shaxsning obektiv va subektiv 
imkoniyatlarini hisobga olish va mehnat faoliyati uchun qulay muhitni yaratishni 
hisobga olishdan iborat.
Psixologik tanlovning quyidagi tomonlari mavjud: 

Aynan psixologik tizim haqida qimmatli ma‘lumotlarni olish va 
diagnostik jihatdan qayta ishlash. 

Ushbu kasbiy faoliyat turiga nisbatan qobiliyatlarni shakllanishini 
prognozlash. 

Prognozni aniqlashtirish va tekshirish. 
Psixologik mazmunga ko‗ra, kasbiy tanlovning 3 ta jihati ajratib ko‗rsatiladi. 


222 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin