O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Birinchi daraja
– kasbiy muhitni o‗rganish va tahlil qilish. Buning uchun 
kasb va mutaxassislikni shaxsga qo‗yadigan talablar nuqtai nazaridan ko‗rib 
chiquvchi professiografiya qo‗llaniladi. Professiografiya kasblar tasnifini ham 
o‗zida mujassamlaydi. Ma‘lumki, kasblar tavsifi turli mezonlarga asoslanadi, ya‘ni 
texnologik, iqtisodiy, gigienik, ahloqiy, psixologik va boshqalar. Kasblarning 
psixologik tavsifi psixogramma deyiladi. Bunda subektning psixologik sifatlariga 
qo‗yiladigan talablar keltiriladi. 


219 
Ikkinchi daraja – mehnat ekspertizasi
. Mehnat ekspertizasi – bu shaxsning 
muayyan kasb bo‗yicha mehnatga layoqatliligini aniqlashdir. Ekspertiza 
o‗tkazishning maxsus tizimlari mavjud, ya‘ni tibbiy-mehnat ekspertizasi 
komissiyasidir. 
Mehnat ekspertizasi quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1.Shaxs mazkur faoliyatni bajara oladimi (sog‗lig‗i nuqtai nazaridan). 
2.Faoliyatni amalga oshirish uchun munosib insonlarni tanlay olish. 
3.Ishga yaroqsiz xodimlarni o‗z vaqtida ishdan ozod qilish. 
4.Shaxsga mos ishni aniqlash. 
Uchinchi darajasi – kasbga yo„naltirish.
Kasbga yo‗nalganlik bu shaxs 
imkoniyatlari darajasidagi adekvat kasbni tanlashga ilmiy asoslangan yordam 
ko‗rsatish va qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan davlat tizimi. Kasbga yo‗naltirish 
yordamida shaxsning istak-hohishlari va kasblar olamidagi ijtimoiy talabning 
o‗zaro muvofiqlashuvi kechadi.
Kasbga yo‗naltirish tizimi kichik tizimchalardan iborat: 
1.Kasbiy tashviqot va targ‗ibot tizimi. 
2.Kasbiy maslahat tizimi. 
3.Kasb tanlash tizimi. 
4.Kasbiy moslashuv tizimi. 
Sanab o‘tilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini tavsiflamaydi, balki, 
shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yo‘q bo‘lgan vaziyatda qolganda o‘zining 
beqaror ―Men‖ tizimini buzilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi. Bu 
vaziyat ba‘zida ―o‘zini safarbar etish‖ holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni 
o‘zining namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘zini o‘zi safarbar etish deb nomlab 
bo‘lmaydi: tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda anglanmagan voqelikni 
yo‘qotish mumkin emas. Shunchaki, birinchi usulda turmush tarzining hayot-
avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib 
chiqarmaydi. 


220 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin