O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Psixologik tanlovda
- verbal testlar va so‗rovnomalardan, metodik 
suhbatlardan foydalaniladi. Bu insonning qobiliyati, yo‗nalganligi, kasbiy 
yo‗nalishi, motivasiyasi, qiziqishlari va layoqatini tekshiradi. 
Kasbiy tanlov insonga mavjud faoliyatning yo‗nalishlari haqida tavsiyalar 
beriladi, ularning psixologik, psixofiziologik, fiziologik xususiyatlari natijalari, 
psixologik, psixofiziologik, tibbiy diagnostikaga asoslangan bo‗ladi 
Hozirgi kunda shaxs oldidagi kasbiy tanlov jarayoni keng qamrovlidir. Shu 
bilan birga ushbu tanlovni cheklovchi qator sabablar mavjud. Ushbu omillar 
orasida shaxsga bog‗liq bo‗lmagan obektiv va muayyan shaxs xususiyatlariga 
bog‗liq bo‗lgan subektiv omillar ham mavjud. 
Obektiv omillar
sirasiga eng avvalo, shaxsning sog‗lomlik darajasi kiradi. 
Ayrim shunday kasblar borki, insonning jismoniy salomatligiga muayyan 
talablarni qo‗yadi. Navbatdagi obektiv omillar qatoriga ta‘lim olish uchun moddiy 
ta‘minlanganlik darajasi ham kiradi. Muayyan bir kasbni o‗zlashtirish hamda 
moddiy mablag‗ sarfini talab qiladi.
Subektiv omillar
orasida shaxs qiziqishi muhim o‗rin egallaydi. Agar kasb 
qanchalik qiziqarli bo‗lsa, ushbu kasbni tanlash ehtimoli yuqori bo‗ladi. 
7.2. Kasbiy tanlovga ta’sir etuvchi omillar 
Ta‘lim so‘z va o‘rganish yo‘li bilangina bo‘ladi . Tarbiya esa amaliy ish va 
tajriba bilan o‘rgatishdir. Ya‘ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan 
iborat bo‘lgan ish-harakatlariga kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni 
butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, ular kasb-hunarning chinakam oshig‗i 
bo‘ladilar. Maqsadni amalga oshirishda axd va g‗ayrat mo‘ljallanganligini 
bajarishda zo‘r ta‘sirga egadir. Nazariy bilimlarni yo ustozlar yoki hikmatlar 


216 
o‘rgatadilar. Ishlar yuqorida aytib o‘tilgan narsalar, kasb-hunar shu tajriba shaxd 
va g‗ayratga ega bo‘lganlari va shu narsalarni o‘z vujudlarida singdirganlaridan 
so‘ng ularni astasekin egallay boradilar hamda yuqorida aytib o‘tilgan fazilatlarni 
aniqlab borib, nazariy bilimlarning hammasida mantiqiy fikrlash yo‘lini ishlatishga 
odatlanadilar. Shu tartibda bolalarga o‘rgatish yo‘li bilan ular kamolga еtguncha 
ana shu fazilatlar aniqlanadi va tarbiya qilinadi. Buyuk qomusiy olim Abu Nasr 
Farobiy kasb hunar to‘g‘risida ilk fikrlarini bildirib qimmatli maslahatlar bergan, 
chunonchi ta‘lim –so‘z va ko‘nikmalar majmui,tarbiya esa amaliy malakalardan 
iborat ish – harakat ekanligini,muayyan kasb-hunarga berilgan u bilan qiziqqan 
kishilar shu kasb hunarning chinakam shaydosi bo‘lishini aytgan. Bu 
mulohazalardan anglanib turibdiki, kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur 
hayotiy vosita bo‘lib kelgan. Buyuk qomusiy olim sifatida barcha hodisalarning 
mohiyatini ilmiy jihatdan ochib berishga harakat qilgan. Shaxsning mutaxassis 
sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab 
chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga 
bog‘liq degan qarashlardan farqli ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy 
mahorati bu parametrlarning funktsiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning 
kasbiy shakllanishining qaysi bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko‘rsatib 
bergan. Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish 
ehtiyoji va turli ishlab chiqarish sohalarida ko‘p yillik ish staji bilan faoliyat 
yuritayotgan shaxsning o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirmasligi shaxsni har 
tomonlama kasbiy faoliyatda o‘zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. 
Bu muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli 
sifatli ta‘limni va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas. 
Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya 
doirasida ham o‘rganishni muhimligini ko‘rsatib berdi. Kasbiy shakllanish 
jarayonini o‘rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni 
bajarishning 
muayyan 
bir 
usuliga 
asoslangan 
normativ 
faoliyatga 
yo‘naltirilganligidadir. Shuning uchun ham kasbiy etuklik darajasi ajratib 
ko‘rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida 
yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi. 


217 
Shaxsning kasbiy shakllanishi masalasi ko‘pgina mualliflar tomonidan tadqiq 
qilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan jarayondir. Ko‘pincha 
mutaxassis shaxsining to‘la tahlil qilish tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish 
bosqichi esa hayot yo‘li bosqichi bilan muvofiq tarzda ko‘rib chiqiladi. Shuning 
uchun vaqt doirasida qatiy chegaralanib qoladi.
Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini 
o‘rganishda insonning imkoniyatlarini to‘liq ochib beruvchi sub‘ekt va ijtimoiy 
muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish muhimdir. Har bir 
ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga 
bo‘linishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub‘ekt o‘zini 
―topgan‖, o‘zida va faoliyatida o‘zini o‘zgartirishni hoxlamasligi bilan tavsiflanadi. 
Ikkinchi tip esa sub‘ektning o‘zini o‘zi ―qidirishi‖ bilan izohlanadi. Bu o‘tish, 
oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat) bir shaklni tark etib jamiyatning 
boshqa yuqori darajasiga erishadi. 
Garmonik aloqalar uchun sub‘ekt yaxlit shaxs sifatida namoyon bo‘ladi, u 
sub‘ekt-predmet tartibi – rolli niqob sharti bilan belgilanadi. Bu erda inson 
―taraqqiyotning absolyut harakati holatida‖ bo‘ladi. 
Keyinchalik 
shaxsni 
kasbiy 
shakllanishi 
borasidagi 
qarashlarga 
S.L.Rubinshteyn ishlari asos bo‘lib xizmat qildi. S.L.Rubinshteyn insonning 
hayotga munosabatini ifodalovchi ikki usulni ajratib ko‘rsatgan. Birinchi usul – bu 
insondagi barcha munosabatlar to‘liq emas, balki alohida hodisalariga munosabat 
doirasiga kiruvchi hayotdir. Bunday munosabatda inson hayot sub‘ekti 
hisoblanmaydi, shu bilan birga undan alohida ham bo‘lmaydi. Bu erda hayotning 
o‘zi ―tabiiy jarayon sifatida‖ namoyon bo‘ladi, inson hayot tarzi bilan uni 
to‘ldiradi. Ijtimoiy hayot insonni o‘rniga sub‘ekt sifatida namoyon bo‘ladi. Bu erda 
axloq, beayblik, yomonlik qilmaslik, tabiiylik, insonning tabiiy holati sifatida 
namoyon bo‘ladi va shu bilan bir qatorda bu erda yaxshilik va yomonlik o‘zaro 
bog‘liqdir. Bu usul insonning hayoti o‘zidan o‘zi kechadigan hayot-avtomat 
aloqalariga kiruvchi xususiyat sifatida tavsiflanadi. 
Ikkinchi usul ichki refleksiyani namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, u 
―hayotning bu uzluksiz jarayonini to‘xtatib qo‘yishi, uzib qo‘yishi mumkin va 


218 
insonning g‘oyalar dunyosidan chiqarib yuboradi. Inson g‘oyalar dunyosidan 
tashqaridagi pozitsiyani egallaydi...‖. Bunday refleksiyaning namoyon bo‘lishi 
hayotiy qadriyatlar tizimini aniqlash bilan bog‘liqdir. S.L.Rubinshteyn aynan shu 
holat bilan voqelikning yangi usuliga o‘tish imkoniyatini bog‘laydi. Bevosita 
aloqalarni uzish va ularni yangi negizlar asosida tiklash ikkinchi usulga o‘tish bilan 
yakunlanadi. Shu vaqtdan boshlab ―ruhiy bo‘shliqqa, axloqiy skeptizmga, axloqiy 
beqarorlikka yoki boshqa – yangi anglangan sharoitda axloqiy inson hayotini 
qurishga yo‘l ochila boshlaydi‖. 
A.A.Rusalinova tomonidan kasb tanlashning 3 ta omili ajratib ko‗rsatiladi: 
-moddiy motivlar (kasb orqali moddiy ta‘minlanganlik); 
-ijtimoiy mavqei (kasbning jamiyatdagi o‗rni va qadri); 
-shaxsning qiziqishlari darajasi (bu shaxsning kasbdan qoniqishi va uning 
ko‗rsatishi bilan bog‗liq darajada). 
U yoki bu kasbni tanlashga ta‘sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kiradi:
 
-tanlagan kasbiga shaxsiy layoqatning mavjudligi; 
-kasbni shaxs qiziqishlari va intilishlari bilan muvofiqligi; 
-tanlangan kasbni egallash uchun moddiy imkoniyatlarni еtarli ekanligi; 
-tanlagan kasbni egallash oson va qulayligi; 
-tanlagan kasbi doirasida ish topishning osonligi va karera qilish 
imkoniyatining mavjudligi; 
-ko‗p miqdordagi oylik maoshi; 
-ota-ona va do‗stlari tomonidan beriladigan maslahat. 
Kasbiy layoqat tizimi ijtimoiy muassasa sifatida o‗zaro bog‗liq darajalardan 
iborat: 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin