227
normalarini tushunish va boshqalar. Aynan mehnat jamoasidagi boshqa shaxslar
bilan o‗zaro hamkorlik individga o‗zi egallab turgan kasbning
aniq standartlarini
o‗zlashtirish imkonini beradi.
Dj.Sonenfeld kasbiy sifatlar kasbiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelishi va
shakllanishini aytib o‗tgan. Kareraning o‗sishi turli kasbiy sifatlarning o‗zgarishi
bilan kuzatiladi. Alohida, xususiy kasbiy sifatlardan biroz umumiyroq konseptual
sifatlarga o‗tish sodir bo‗ladi. Aynan konseptual sifatlar lavozimidagi o‗sishni va
kasbiy taraqqiyotning bosqichini aniqlab beradi.
R.Finchman ishlarida asosiy e‘tibor kasbni egallash jarayonida kasbiy
talablar, axloqiy normalar, qadriyatlarni anglashga qaratiladi. Kasbiy sifatlarining
shakllanish jarayoni insonga kasbiy o‗z-o‗zini boshqarish
imkonini beruvchi
kasbiy taraqqiyot davomidagi individual xususiyatlar va ijtimoiy ta‘sirlarning
o‗zaro muvofiqligi sifatida namoyon bo‗ladi.
S.Djoshli o‗zining ijtimoiy tadqiqotlarida Rim aholisining kasbiy sifatlari va
mavqeini tahlil qilib, shunday xulosaga kelgan: kasbiy sifatlar faoliyat bilan
bog‗liq bo‗lib, kasbning rasmiy va norasmiy mavqeining o‗zaro muvofiqligi
asosida shakllanadi. Faoliyat haqidagi mavjud tasavvurlar bilan muvofiq kasb
nomlari o‗ziga yarasha me‘yoriy talablarga egadir va shuning uchun ham o‗z-
o‗zidan shaxsga ma‘lum ma‘noda ta‘sir o‗tkazadi. Faoliyat mazmunidan tashqari
kasbiy sifatlarga munosabatlar tizimi, insonning boshqalar bilan o‗zaro hamkorligi
ham ta‘sir qiladi.
K.Mak-Goven va L.Xartlar asosiy urg‗uni o‗z
tarkibiga kasbiy rollarni
amalga oshirish va yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini
rivojlanishi uchun talab etiladigan maxsus bilim va ko‗nikmalarni o‗zlashtirishni
qamrab oluvchi ijtimoiy o‗rganish jarayoniga qaratadilar.
Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi g‗oyasi
―psixoijtimoiy sifatlar‖ tushunchasida to‗laligicha aks ettirilgan bo‗lib, u kasbiy
taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bog‗liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu
bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli
alohida ko‗rsatib o‗tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning
ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so‗ng ommalashib ketdi. Faoliyat va
228
o‗zaro hamkorlikni o‗zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar
guruhining o‗zaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta‘sir
o‗tkazadi.
Kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishda kasbiy muhit ta‘sirida inson
o‗zining verbal va noverbal xatti-harakatini qayta
qurish vaziyatlari batafsil
yoritilgan adabiyotlarga e‘tibor qaratish lozim. Shunday qilib, inson xulq-
atvorining faoliyat va mehnat jamoasi talablari bilan muvofiqligini tadqiq qilish
Dj.Xollandning tipologik nazariyasi, faoliyatga yaroqlilik nazariyalarida o‗z aksini
topdi. Bu yondashuvlar doirasida faoliyat va ijtimoiy muhitning mehnat natijasi va
mehnattdan qoniqqanlikka, individual salomatlik va boshqalarga ta‘sirining turli
aspektlari o‗rganilgan.
A.Mishel va S.Vortning bank xodimlarida
olib borgan tadqiqotlarida
kuzatishimiz mumkin. Bunda mualliflar umumiy faoliyatdagi hamkasblarning
qiziqishlari qanday qilib yangi kasbiy sifatlarning yuzaga kelishi, shaxsning
individual sifatlari va kognitiv jarayonlari o‗zgarishiga ta‘sir qilishini ko‗rsatib
berganlar. Mualliflar ―Men‖ni tushuntirish uchun kognitiv yoki ijtimoiy madaniy
omillarni qo‗llash lozimligini ta‘kidlaydilar. Ularning ishlarida kasbiy sifatlar
guruh madaniyatining tashkiliy darajasiga o‗zaro ta‘sir
qiluvchi u yoki bu
omillarning ta‘siri ostida shakllanadi.
Kasbiy sifatlar boshqa insonlar bilan suhbat jarayonida namoyon bo‗ladi va
sub‘ektlarning muloqotchanlik harakteriga bog‗liq bo‗ladi.
Boshqa nuqtai nazarga ko‗ra kasbiy sifatlar – bu dinamik, shu bilan bir
qatorda muvozanatlilik jarayonidir. Har bir davrda ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlar
ta‘sirida inson o‗ziga nisbatan turlicha munosabatda bo‗ladi. Shu bilan bir qatorda
inson ba‘zida tarixdagi voqeliklarni inkor eta olmaydi. Amerikalik sotsiologlar
P.Berger va T.Lukmanlarning ta‘kidlashicha, kelajakda barcha ijtimoiylashgan
insonlar ―o‗zlariga hiyonat‖ qiladilar. Shaxsiy xoinlik aynan ―Men‖ni u yoki bu
vaziyatda qanday bo‗lganligiga bog‗liq.
O‗zining yangi sifatlarini qabul qilish va kasbiy sifatlarini qayta qurish uchun
ma‘lum vaqt talab qilinadi. P.Vaynrich o‗zining tadqiqotlarida Dj.Kellining shaxs
tuzilishi testining zamonaviy interpretatsiyasini qo‗llab,
repertuarlar yacheykasi
229
texnikasi yordamida kasbiy sifatlar tuzilishini tahlil qilib beradi. Kasbiy sifatlar
tuzilishi o‗zida asosiy uchta blokni mujassamlashtiradi: elementlar tizimi, o‗zaro
ta‘sir holatlari tizimi va mavjud faoliyatlar tizimi; birinchi va uchinchi tizimlar
kasbiy sifatlar tuzilishining asosiy komponenti hisoblanadi. Shaxs tuzilishi
normativ madaniy ahamiyatlilik darajasidan kelib chiqqan holda sodir bo‗lib, u
individual biografiya bilan shartlangan muhim xususiyatga egadir. Shuning uchun
ham shaxs konsepsiyasi va faoliyatida ijtimoiy
va predmetlar olamini
eksperimental tahlil qilish bilan bog‗liq bo‗lgan shaxsiy ustanovkalar namoyon
bo‗ladi.
Shaxsiy taraqqiyot va kasbiy shakllanishning ijtimoiy kontekstini muvofiqligi
muammosi kasbiy sifatlarni tadqiq qiluvchi jahon olimlarining ishlarida ham o‗z
aksini topgan.
L.B.Shneyder asos solgan kasbiy sifatlarni tadbiq qilishning zamonaviy
yo‗nalishida ushbu fenomen kasbiy o‗z-o‗zini anglash sifatida ko‗rib chiqiladi,
bunda shaxs o‗zini muayyan bir kasb va mehnat jamoasining vakili sifatida
anglaydi, o‗z menining kognitiv emotsional hulq – atvor jihatidan tavsiflashda
o‗zini ishini boshqalardan farqli ekanligini aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: