O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Ikkinchi bosqich
shaxsning kasbiy muhim sifatlarini baholash uchun 
izlanuvchanlik dasturini tanlash va qayta ishlash. Hujjatlar tahlili tavsiyalar, 
tavsiyanomalar, suhbat usullari qo‗llaniladi. Tanlangan metodikalar qator 
talablarga, jumladan, ma‘lumotlilik va ishonchlilik talabiga javob berish lozim. 
Uchinchi bosqichda
tanlangan testlarni tekshirish va nazorat qilish bosqichi. 
Asosiy maqsad tanlangan metodikalar qanchalik faoliyat natijasini prognoz qila 
olishini aniqlashdir. 
To„rtinchi bosqichda
kasbiy tanlovni o‗tkazish jarayonidir. Kasbiy tanlovni 
o‗tkazishning muhim sharti standartlik hisoblanadi. Tadqiqot sharoiti ya‘ni test, 
ko‗rsatmalar, blankalar, natijalarni qayta ishlash barcha nomzodlar uchun bir xil 
bo‗lishi lozim. Testdan foydalanish tajribasining ko‗rsatishicha, ko‗rsatmalarning 
ozgina bo‗lsa ham o‗zgarishi tadqiqot natijalariga ham o‗z ta‘sirini o‗tkazadi. 
Nomzodning o‗zi tadqiqot natijalariga motivasiyalashganligi ham muhim. Shu 
boisdan, tadqiqot o‗tkaziladigan muhit do‗stona, samimiy bo‗lishi kerak. Natijalar 
tahlili standart bo‗lishi lozim. Natijada barcha nomzodlarning natijalari muayyan 
guruxga birlashadi.
Ko‗pincha kasb tanlashda quyidagi tasnif qo‗llaniladi: 
- mutlaqo yaroqli; 
- shartli ravishda yaroqli; 
- yaroqsiz. 
Shaxsga kasb, kasbiy soha, mutaxassislik tanlanadi, bu ko‗proq uning 
individual psixologik xususiyatiga mos keladi, buning natijasida u o‗zining to‗liq 
imkoniyatini mehnat faoliyatiga tadbiq etadi. Kasbiy o‗quv muassasalarda kasbiy 
tanlov va kasbiy saralash mehnat ekspertizaning alohida shakli sifatida namoyon 
bo‗ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, espertizaning birinchi va ikkinchi shaklini sifatli 


224 
o‗tkazish uchun asosiy vazifalar belgilangan: 
- bu ishga kirish imkoniyati bo‗lmagan insonlarni ishga olishining oldini olish 
(yoshini to‗g‗ri kelmasligi, sog‗ligi, ma‘lumoti, psixofiziologik ko‗rsatkichlari); 
- mavjud kasbga ishchan mehnatni o‗z sog‗ligiga zarar еtkazmasdan 
bajaradigan insonlarni olish; 
- inson kasbining qaysi turiga qobiliyatli ekanligini aniqlash hamda faoliyatga 
tavsiya qilish. 
Agar kasbiy tanlovda ikkita vazifa hal qilinsa kasbiy saralashning uchinchi 
bosqichi asosiy hisoblanadi 
Psixologik kasbiy tanlovda quyidagi shartlar bajarilsa, samarali va maqsadga 
muvofiq bo‗ladi: 
- obektiv ijtimoiy-iqtisodiy zaruratning mavjudligi; 
- aniq kasbiy sohaning mavjudligi bunda ishchining kasbiy layoqati, 
yaroqliligi, mehnat samaradorligining ortishda katta ahamiyatga ega; 
- ishlab chiqilgan va tekshirib ko‗rilgan tanlov tizimi diagnostik 
metodikalarning bajarilishining ishonchliligi; 
- kasbiy tanlovni o‗tkazish uchun tayyorlangan mutaxassislar ular kasbiy 
tanlovni o‗tkazish va tashkillashtirishda amaliy tajribaga ega. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin