O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Kasbiy tanlov psixologik tomonining asosiy vazifalari



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

7.3. Kasbiy tanlov psixologik tomonining asosiy vazifalari 
Munosabat murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, unda shaxs xususiyatlari asosiy 
o‘rin egallaydi. Shaxs – ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining, asosiy 
sababi, uning doimo insonlar davrasida hamda ular bilan o‘zaro ta‘sir doirasida 
bo‘lishini anglatadi. Bu shaxsning eng etakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri 
muloqot ekanligiga ishora qiladi. Har bir inson o‘zgalarini tinglashga, o‘z fikrini 
birovlarga etkazishga, ya‘ni fikr bildirishi, ya‘ni ba‘zan yozma tarzda bayon 
etishga tug‘ma qobiliyatliday o‘zini tasavvur qiladi. Lekin ana shu birovlarni 
tushunish va o‘z fikrlarimiz, o‘ylarimizni birovlarga etkaza olish qobiliyati aslida 
bizning insoniy munosabatlar tizimida ekanligimizni, har birimiz o‘zimizga 
o‘xshash inson jamiyatisiz mavjud bo‘la olmasligimizni bildiradi. 
Insoniy munosabatlar shunday o‘zaro ta‘sir jarayonlariki, unda shaxslaro 
munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar 
o‘rtasida ro‘y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu-quvonchlar 
almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotida bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi 
munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o‘rtasida umumiylik, o‘xshashlik va 
uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan 
yoki ―yarimta jumladan‖ ham fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi, ayrim hollarda 
esa ana shunday muloqotning tig‘izligi teskari reaktsiyalarni – bir-biridan 
charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi 
Shaxslararo munosabatlarni o‘rganish psixologiya fanida eng dolzarb 
muammolardan hisoblanadi. Chunki inson shaxsining eng nufuzli va etakchi 
faoliyatlaridan biri bo‘lgan muloqot va u orqali o‘zaro munosabatlar odamlar 
orasida umumiylik, o‘xshashlik, uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘lishiga olib 
keladi. Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo munosabatlarning, chunonchi, ota-ona 
va farzand orasidagi munosabatlarning o‘ziga xos tomonlari shaxsning hayoti, 
faoliyatining samarasi va mazmuniga bevosita ta‘sir etadi. Shunday ekan, insonlar 
orasida amalga oshadigan shaxslararo munosabatlar va uning shaxs xususiyatlariga 
ta‘sirini o‘rganish hozirgi kunda psixologiya fanida muhim va dolzarb 
muammolardan hisoblanadi. 


221 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin