O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Nazorat uchun savollar:
 
1. Kasb tanlash va kasbga moslashishni izohlang. 
2. Kasb tanlashda uzviylik. 
3. Kasbiy motiv mazmuni nimadan iborat? 
4. Kasbiy motivatsiya nima? 
5. Kasbiy moslashuv deganda nimani tushunasiz? 
6. S.L.Rubinshteyn insonning hayotga munosabatini ifodalovchi necnta usulni 
ajratib ko‗rsatgan? 
7. Hayotiy faoliyat modusini tushuntiring. 
8. Shaxsning hayotiy va kasbiy shakllanishini dinamik xarakteriga tushuncha 
bering. 
9. Yetuklik davrida kasbiy qayta yo‗naltirish va uning kasbiy shakllanish 
jarayoniga ta‘siri qanday omillar orqali aniqlanadi? 
 
 


212 
VII- BOB. KASBIY TANLOVNING UMUMIY MASALALARI VA UNING 
TUZILIShI 
7.1

Kasbiy tanlov tushunchasining mohiyati 
Zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy muammolar orasida ikkita 
predmetli sohani alohida ajratib ko‘rsatish muhimdir: ―kasbiy sifatlar‖ va ―kasbiy 
taraqqiyot‖. Kasbiy sifatlar insonning butun umrida unga hamroh bo‘ladigan va 
hayot faoliyati davomida muhim o‘rin tutadigan ―Men kimman?‖ degan ongli 
savolga asosiy e‘tiborni qaratadi. Taraqqiyot esa kasbiy rivojlanishga, ishning 
sifatini ortishiga, izlanishlardagi kashfiyotlarga, qaror qabul qilishdagi 
egiluvchanlikka yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Kasbiy shakllanishda kasbiy sifatlar va taraqqiyot bir-biri bilan chambarchas 
bog‘liqdir: kasbiy sifatlar bir tomondan kasbiy taraqqiyot jarayonida shakllansa
boshqa tomondan –shaxsning mutaxassis sifatida namoyon bo‘lishining muhim 
ko‘rsatkichi hisoblanadi. Amaliy jihatdan bu quyidagilarni anglatadi: yangi 
ijtimoiy-iqtisodiy dinamik sharoitda o‘z sha‘niga ega bo‘lish, raqobatda sinmaslik, 
farovon kelajakni ta‘minlash uchun mutaxassis doimiy rivojlanishda bo‘lishi, 
qolaversa, ijtimoiy va mehnat sharoitida o‘zining mavqeini tahlil qilib borishi 
lozim. Shuning uchun kasbiy sifatlarni tadqiq qilishning zamonaviy yo‘nalishi 
shaxsning ijtimoiy va kasbiy taraqqiyoti jarayoni bilan bog‘liq jihatlarni o‘rganish 
hisoblanadi.
Kasbiy shakllanish individning mutaxassisga aylanish sifatida insonning o‘zi 
haqidagi, kasbiy va ijtimoiy muhitdagi mavqei haqidagi tasavvurlarining 
o‘zgarishi, qolaversa, yangi kasbiy sifatlarni o‘zida tarkib toptirishi, keng ma‘noda 
aytadigan bo‘lsak – shaxsning kasbiy o‘z-o‘zini anglashi bilan hamohanglikda 
kechadigan jarayondir. Kasbiy shakllanish inqirozlari davrida kasbiy sifatlar 
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Xorij manbalarida kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishga nisbatan ikkita 
yo‘nalish ko‘rsatib o‘tilgan: birinchisi kasbiy taraqqiyotga shaxsning o‘z ustida 
ishlashiga yo‘naltirilgan, ikkinchisi esa, kasbiy shakllanishning ijtimoiy tomonlari 


213 
va omillariga yo‘naltirilgandir. Dj.Sonenfeld kasbiy sifatlar kasbiy taraqqiyot 
jarayonida yuzaga kelishi va shakllanishini aytib o‘tgan. Kareraning o‘sishi turli 
kasbiy sifatlarning o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Alohida, xususiy kasbiy sifatlardan 
biroz umumiyroq kontseptual sifatlarga o‘tish sodir bo‘ladi. Aynan kontseptual 
sifatlar kareradagi o‘sishni va kasbiy taraqqiyotning bosqichini aniqlab beradi. 
R.Finchman ishlarida asosiy e‘tibor kasbni egallash jarayonida kasbiy 
talablar, axloqiy me‘yorlar, qadriyatlarni anglashga qaratiladi. Kasbiy sifatlarining 
shakllanish jarayoni insonga kasbiy o‘zini-o‘zi boshqarish imkonini beruvchi 
kasbiy taraqqiyot davomidagi individual xususiyatlar va ijtimoiy ta‘sirlarning 
o‘zaro muvofiqligi sifatida namoyon bo‘ladi. 
S.Djoshli o‘zining ijtimoiy tadqiqotlarida Rim aholisining kasbiy sifatlari va 
mavqeini tahlil qilib, shunday xulosaga kelgan: kasbiy sifatlar faoliyat bilan 
bog‘liq bo‘lib, kasbning rasmiy va norasmiy mavqeining o‘zaro muvofiqligi 
asosida shakllanadi. Faoliyat haqidagi mavjud tasavvurlar bilan muvofiq kasb 
nomlari o‘ziga yarasha me‘yoriy talablarga egadir va shuning uchun ham o‘z-
o‘zidan shaxsga ma‘lum ma‘noda ta‘sir o‘tkazadi. Faoliyat mazmunidan tashqari 
kasbiy sifatlarga munosabatlar tizimi, insonning boshqalar bilan o‘zaro hamkorligi 
ham ta‘sir qiladi. 
K.Mak-Goven va L.Xartlar asosiy urg‘uni o‘z tarkibiga kasbiy rollarni 
amalga oshirish va yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini 
rivojlanishi uchun talab etiladigan maxsus bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni 
qamrab oluvchi ijtimoiy o‘rganish jarayoniga qaratadilar. Pedagoglarning kasbiy 
shakllanishini tadqiq qilish natijasida quyidagicha tahliliy xulosaga kelingan: 
pedagog-talabalar tanqidiy tafakkur, shaxslararo munosabatlar, nizolarni bartaraf 
etish kabi sohalar yuzasidan maxsus bilim, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari, 
qolaversa, kompyuter texnologiyalari va turli metodlarni qo‘llay olishlari zarur. 
Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi g‘oyasi 
―psixoijtimoiy sifatlar‖ tushunchasida to‘laligicha aks ettirilgan bo‘lib, u kasbiy 
taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bog‘liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu 
bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli 
alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning 


214 
ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so‘ng ommalashib ketdi. Faoliyat va 
o‘zaro hamkorlikni o‘zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar 
guruhining o‘zaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta‘sir 
o‘tkazadi. 
Kasb-jamiyatga zarur bo‗lgan faoliyatning tarixan yuzaga kelgan 
shakllaridir. Uni bajarish uchun inson bilim, ko‗nikma va malakalar yig‗indisiga 
mos keluvchi qobiliyat va kasbiy muhim sifatlarga ega bo‗lish lozim

Kasb (aniq 
bir kishi nuqtai nazaridan)-bu faoliyat bo‗lib, uning yordamida ushbu shaxs 
jamiyat hayotida ishtirok etadi va bu unga yashash uchun zarur bo‗lan moddiy 
vositalar asosiy manbai bo‗lib xizmat qiladi. Shuningdek, u shaxsiy

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin