O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

kasbiy qayta yo„naltirish
keng tarqalgan voqelikka aylangan. O‗zini-o‗zi anglash 


204 
va shaxsning kasbiy shakllanishi muammosi bu jarayonda sub‘ektlarning turli 
kasbiy tajribaga ega ekanliklari, barqaror qadriyatlar tizimi, shakllangan shaxs 
tuzilishi, hayotiy pozitsiyani amalga oshirishda ijtimoiy, kasbiy va iqtisodiy 
sharoitlarni aniqlash bilan aloqadorlikda yangi qirralarga ega bo‗ldi. 
V.A.Bodrov va M.A Ratnikova bilan hamkorlikda kasbiy faoliyatni 
o‗zgartirishning psixologik xususiyatlari va qayta kasbga yo‗naltirish vaziyatining 
xarakteri hamda mehnat sub‘ektining individual-psixologik xususiyatlariga bog‗liq 
holda kasbiy faoliyatga moslashishni o‗rganish maqsadida tadqiqot ishi olib 
borilgan. 
Yetuklik davrida kasbiy qayta yo‗naltirish va uning kasbiy shakllanish 
jarayoniga ta‘siri quyidagi omillar orqali aniqlanadi: 
1.
Qayta yo‗naltirish vaziyatining ko‗rinishiga ko‗ra (majburiy yoki 
ixtiyoriy); 
2.
Mintaqaning ijtimoiy-demografik va kasbiy xususiyatlariga ko‗ra (turli 
yosh va ish stajiga ega bo‗lgan harbiy xizmatchilar, boshqaruvchi shaxs, muhandis, 
shifokor, o‗qituvchi); 
3.
Joriy faoliyatning xarakteriga ko‗ra; 
4.
Qayta yo‗naltirilgan sub‘ektlarning individual-psixologik xususiyatlariga 
ko‗ra (introvertlik, ekstrovertlik, xavotirlanish va boshqalar). 
Qayta yo‗naltirishning muvaffaqiyati yangi faoliyatga kasbiy, ijtimoiy va 
psixologik moslashganlik darajasi bilan tavsiflangan. Bunda majburiy qayta 
yo‗naltirishni, ya‘ni ishdan haydalish, tashkilotning inqirozga uchrashi 
vaziyatlarini boshidan o‗tkazgan xodim sinov muddati (6 oy) davomida kasbiy 
faoliyatga moslasha olgan (93%, 68% va 33% vaziyatlarda moslashish turiga 
muvofiq), 84%, 63% va 58% vaziyatlarda esa ixtiyoriy qayta yo‗naltirishni yoki 
qo‗shimcha kasbiy faoliyatga, qolaversa, majburiy qayta yo‗naltirishni boshidan 
kechirayotgan xodimlarning yangi kasbiy faoliyatga psixologik moslashishida 
ko‗pgina qiyinchiliklarga uchragan. Kasbiy faoliyatga moslashish jarayonining 
tezligi shaxsning internallik-eksternallik xarakterlariga va shaxsiy xavotirlanish 
darajasiga bog‗liqdir. 


205 
Shaxs tuzilishining arxitektonik holati va maxsus qobiliyatlar, shaxs 
taraqqiyotida faoliyatning roli haqidagi ma‘lumotlar, faoliyatning dinamik tuzilishi 
va mazmuni hamda bu jarayon bilan bog‗liq ravishda shaxsga nisbatan 
qo‗yiladigan kasbiy talablar keyinchalik kasbiy shakllanishning va bu tizim 
asosida mutaxassislarni psixologik saralashning takomillashtirish jarayonining 
yangi qirralarini o‗rganishni belgilab beradi. Bu qarashlar eksperimental 
asoslangan bo‗lib, uning negizida kasbiy yaroqlilikni baholashga nisbatan 
strukturaviy-dinamik yondashuv konsepsiyasi yotadi. 
To‗rt yil davomida 600 dan ortiq uchuvchi-kursantlarda olib borilgan 
tadqiqotlar orqali uchuvchilik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan alohida kasbiy 
muhim xususiyatlar qator tipik jihatlarga, ya‘ni uchuvchilik qobiliyatining 
tuzilishidagi komponentlarning o‗zaro ichki aloqalarini namoyon bo‗lish 
darajasidagi tafovutlar va bu komponentlar orasidagi ierarxik munosabatlar 
xarakteriga ega ekanligi aniqlandi. Bu ma‘lumot kursantlarning haqiqiy mutaxassis 
bo‗lib etishishlarining dastlabki bosqichida ulardagi qobiliyatlarning rivojlanganlik 
darajasidagi individual farqlarning keng qamrovli ekanidan dalolat beradi. Aytish 
mumkinki, ularning uchuvchi kasbini tanlashdagi kasbiy yo‗nalganligi psixik 
mavqe jihatidan iqtidorli va uning kasbiy faoliyatga qo‗yiladigan talablarga 
muvofiq tarzda rivojlanganligi bo‗lajak mutaxassislarning kontengentini to‗liq 
shaklda aniqlab bera olmaydi.
Ta‘limning turli bosqichlarida kasbiy muhim xususiyatlarning miqdoriy, 
xarakter jihatdan va o‗zaro chambarchas bog‗liq holda o‗zgarishi aniqlangan 
bo‗lib, ular kursantlarga qo‗yiladigan talablarning turli mazmunga egaligi bilan 
bog‗liq: o‗quv masalalari, qolaversa, bu talablarga nisbatan moslashuvchanlik 
darajasi va bu masalalarni hal qilish sharti hamda mazmuniga nisbatan adekvatlik 
darajasi hamda faoliyat tizimiga (V.D.Shardakov bo‗yicha) individual funksional 
moyilligi bilan belgilanadi. 
Kursantlarning turli ta‘lim bosqichlarda alohida kasbiy muhim xususiyatlarini 
namoyon bo‗lish darajasi ko‗rsatkichlarining dinamikasini katta variativligi psixik 
taraqqiyot fazalarining geteroxronligi va o‗zgarishlarning betartibligi, qolaversa, 
har bir o‗quv faoliyatining kasbiy muhim xususiyatlar holatiga ta‘sirida aks etishi 


206 
joriy qilingan. Ta‘lim jarayonida kasbiy muhim xususiyatlarni tizimlashtirishning 
samaradorligi oshib borayotgani aniqlangan bo‗lib, bu bevosita alohida 
xususiyatlar orasidagi zaif aloqalar sonini kamayishiga, ya‘ni xarakterning kasbiy 
ta‘lim bosqichidaga passiv qobiliyatlar tuzilishiga bog‗liq ravishda o‗zgarishiga 
(birinchi kursda-barcha kasbiy muhim xususiyatlar orasida teng va ahamiyatsiz 
aloqalar mavjud bo‗lib, to‗rtinchi kursga kelganda-etakchi xususiyatlar orasida 
―kuchli‖ aloqalar sonini ortganligi kuzatiladi); kasbiy muhim xususiyatlar 
tuzilishida– kognitiv (axbortni qayta qurish), psixomotor (etakchi faollik), 
faollashtirilgan (axborotlarni qidirish, diqqatni taqsimlash va nazorat qilish) kabi 3 
ta yirik majmualarni ajratilishiga xizmat qilmoqda. 
Berilgan korrelyasion tahlillar kasbiy muhim xususiyatlarning kursantlarni 
past va yuqori o‗zlashtirish darajasiga bog‗liq holda namoyon bo‗lishida miqdor va 
sifat jihatdan tafovutlar borligini ko‗rsatmoqda, bu esa tayyorgarligi yuqori bo‗lgan 
kursantlarda kasbiy muhim xususiyatlarning funksional majmuini egiluvchan va 
moslashuvchan tizimga asoslanganidan, tayyorgarligi past darajada bo‗lgan 
kursantlarning esa kasbiy muhim xususiyatlari ularda yangi kasbiy masalalarni 
o‗zlashtirishlari uchun qiyinchiliklar tug‗diruvchi konservativ, qattiqqo‗llik 
tizimiga asoslanganligidan dalolat beradi. 
Sunday qilib, uchuvchi-kursantlar kasbiy shakllanishining o‗ziga xosligida 
aks etuvchi shaxsning kasbiy taraqqiyoti qonuniyatlarini o‗rnatish jarayoni kasbiy 
muhim psixologik xususiyatlarning maxsus integratsiyasi sifatlari va shaxsning 
kasbiy tizimda to‗liq shakllanishi bilan hamohang tarzda kechishidan dalolat 
beradi. Aytish mumkinki, shaxsning kasbiy shakllanishidagi individual farqlar 
mutaxassislarni kasbiy etuklikka erishishlarining turli imkoniyatlarini belgilab 
beradi. 
Mehnat sub‘ektining kasbiy shakllanishi taraqqiyot jarayoni sifatida 
mutaxassisning qator yakuniy natijalarga erishishi, ayniqsa, yuqori darajadagi 
professionalizm, 
malakaga, 
kompetentlikka 
va 
etuklikka 
egaligida 
mujassamlashadi. Bu tavsiflarning har biri kasbiy shakllanganlikning o‗ziga xos 
xususiyatlarini, shaxs taraqqiyoti darajasi va xususiyatlarini, eng asosiysi, bu 
jarayonning natijalarini muhokama qilishda muhim ahamiyatga egadir. 


207 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin