O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Kasblarni tizimlashtirish va kasb tipologiyasi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

6.2. Kasblarni tizimlashtirish va kasb tipologiyasi 
Kasblarni tizimlashni muhim muammosi - bu kasbni tavsiflovchi 
ma‘lumotlarni to‘plash usullaridir. Ularga kuzatish, faoliyatini mustaqil bajarishi 
(mehnat metod), ishchilar bilan savol-javob, ish-joyidan kuzatuvchi hamda savol-
javoblardan iborat. Chet elda qiziqishlar, shaxs qobiliyatlari va temperament 
xususiyatlarini hisobga olish asosida kasblarni tizimlashi keng tarqalgan. 
Avvalambor Dj.Xolland tomonidan 1966 yilda ishlab chiqarilgan kasblarni 
tizimlashishni ajratish mumkin. Uning mohiyati psixolog konseptsiyasiga 
asoslangan bo‘lib, ushbu konseptsiya shaxs nazariyasini kasb tanlash nazariyasi 
bilan birlashtiradi. Yo‘nalishning asosiy komponentlarini o‘rganish asosida 
Dj.Xolland shaxsning kasbga yo‘naltirilgan turlarini ajratadi: realistik, intellektual, 
ijtimoiy, konventsional ya‘ni, umumiy qabul qilish mezonda va an‘analarga 
asoslangan ishbilarmonlik va badiiy qobiliyatlar va boshqalar. Har bir shaxs turi 
ma‘lum kasbiy muhitga yo‘naltirligan idealistik tur - moddiy buyumlar yaratishga 
texnologik jarayon va texnik qurilmalar, iqtidor - aqliy mehnatga, ijtimoiy - 
iqtisodiy mehnat bilan o‘zaro aloqaga, konvensional aniq tuzilgan faoliyatga, 
ishbilarmonlik - odamlarga rahbarlik va badiiy - ijodga. har bir shaxs turi modeli 
quyidagi sxema bo‘yicha tuziladi: maqsadlar, qadriyatlar, qiziqishlar, qobiliyatlar, 
istalgan kasbiy rollar mumkin bo‘lgan yutuqlar, karera va boshqalar.
Pedagogik amaliyotda E.A.Klimov tomonidan ishlab chiqilgan kasblar 
tuzilmasi keng tarqalgan.
Mehnat ob‘ktiga ko‘ra 5 ta kasb turlari ajratiladi.
1. Inson - tabiat. Bu tur namoyondalari o‘simlik va hayvonot 
mikroorganizmlar va ular yashash sharoitlari bilan ishlashadi. Masalan, meva - 
sabzavot ustasi, agranom, zootexnik, vetenar, mikrobiolog.
2. Inson - texnika. Ishchilar jonsiz texnik mehnat ob‘ektlari bilan ishlashadi. 
Masalan, texnik, mexanik, muxandis mexanik, muhandis elektrik, texnik texnolog 
va hokazo.


195 
3. Inson – inson. Bunda ijtimoiy tizimlar, axloqiy guruhlar, turli yoshdagi 
insonlar bilan ishlash nazarda tutiladi. Masalan, oziq - ovqat mahsulotlarini 
sotuvchisi, sartarosh, shifokor, o‘qituvchi va boshqalar.
4. Inson - belgilar tizim. Tabiiy va sun‘iy tillar, shartli belgilar, ramzlar, 
raqamlar, formulalar kasb turi namoyondalarini qiziqtiruvchi predmetlar olami va 
boshqalar. Masalan, dasturchi, chizmachi - kartagraf, matematik, tilshunos, 
nashriyot muqarriri.
5. Inson - badiiy obraz. Hodisalarni badiiy aks etishi dalillari - mana shu 
narsalar bu kasb turi vakillarini qiziqtiradi. Masalan, rassom dekarator, rassom - 
restavrator, musiqa asboblarini sozlovchi, balet artisti, kontsert ijrochisi, aktyor va 
boshqalar.
Bu beshta kasb turlari maqsadlar belgisiga ko‘ra 3 ta sinfga bo‘linadi. 1. 
Gnostik kasblar (qadimgi yunonchadan ―gnosis‖ bilim);
2. O‘zgartiruvchi kasblar;
3. Qidiruvli kasblar;
Asosiy ish qurollariga ko‘ra har qaysi sinf doirasida 4 ta bilimni ajratish 
mumkin.
1. Qo‘l mehnati kasblari;
2. Mashina qo‘l mehnati;
3. Avtomatlashgan va avtomatik tizimlar qo‘llanishi bilan bog‘liq kasblar;
4. Funktsional ish quroli bilan bog‘liq kasblar.
Mehnat sharoitlariga ko‘ra, E.A.Klimov kasblarni 4 guruhga bo‘ladi. Maishiy 
mikroiqlimga xonakiga yaqin ish.(B) har xil ob-havo sharoitida ochiq havoda 
bo‘lish bilan bog‘liq kasblar agranom, payvandchi, avtonazorat inspektori.
Odatiy bo‘lmagan sharoitlarda balandlikda, suv tagida, er tagida baland past 
darajalarda ishlash: havvos, o‘t o‘chiruvchi va hokazo. Insonlar sog‘ligi, hayoti 
uchun yuqori mas‘uliyat sharoitida ishlash: moddiy qadriyatlar, bolalar boqchasi 
tarbiyachisi, o‘qituvchi, tergovchi. Shartli belgilarni qo‘llagan holda, kasblar 
dunyosi ―xaritasini‖ va ma‘lum kasbning na‘munaviy formulasini tuzish mumkin. 
Bu formula real kasbga nisbatan ham orzudagi kasbga nisbatan ham, qo‘llanishi 
mumkin.


196 
1. Mening kasbim
2. Kasblar guruhlari
3. Kasblar bo‘limlari
4. Kasblar sinflari
5. Kasblar turlarini sinflash
Bu kasbga yo‘naltirish ishlari uchun mo‘ljallangan. Bu tasniflashni o‘rganib 
chiqqan V.E.Govrilov ijobiy tomonlari bilan birga kamchiliklarini ham ko‘rsatib 
berdi. Masalan, bir guruhdagi kasblar ishchiga qarama - qarshi talablarni oldiga 
qo‘yuvchi komponentlarni o‘z ichiga oladi, bu esa kasbga layoqatlilik belgilarini 
aniqlashni qiyinlashtiradi. Tasniflashning yana bir kamchiligi shundaki, kasblar 
olami nihoyatda o‘zgaruvchan, shunga ko‘ra kasblarning mehnat mazmuni ham 
o‘zgaruvchan xususiyatga ega. Bu esa kasblarni tizimlashga nisbatan noaniqlikni 
keltirib chiqaradi va kasbiy tanlovni kasbiy maslahat jarayoniga kirishni 
qiyinlashtiradi. Ma‘lumki, kasbiy ta‘limning barcha kasblar bo‘yicha olib borib 
bo‘lmaydi va kasbiy faoliyat turlarining murakkablik darajasi, sharoitlari, 
vositalari, mazmuni juda farqlanadi. O‘quv kasblarning ma‘lum belgilari, 
sifatlarini tasniflash va malaka darajalarini aniqlash bo‘yicha ilmiy asoslangan 
tanlov lozim. O‘quv kasblar ro‘yxati buning natijasi bo‘lishi kerak va shu asosda 
mutaxassislar tayyorlash shakllari aniqlanadi. Bu korxonalardagi qisqa muddatli 
tayyorgarlik, kasb maktablarida yoki oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qish bo‘lishi 
mumkin.
O‘quv kasblar ro‘yxatiga shuningdek, kasblarning tarqalganligi, og‘ir va 
zararli mehnat sharoitlari bo‘lgan ishlarga qarshi ko‘rsatmalar, shuningdek 
yoshdagi cheklashlar ta‘sir etadi. Kasbiy ta‘lim uchun o‘quv kasblar ro‘yxatini 
tanlash doimo dolzarb bo‘ladi va albatta bu ro‘yxat ilmiy asoslangan guruhlashga 
ega bo‘lishi kerak hamda kam sonli bo‘lishi lozim. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin