O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Xodimlar kasbiy mahorati mazmuniga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 

kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va 
rivojlantirish; 

hamkasblar 
bilan 
psixologik 
aloqa 
o‘rnatish 
ko‘nikmalarini 
takomillashtirish va rivojlantirish; 

operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish 
ko‘nikmalarini shakllantirish; 

fuqarolar bilan muloqotga kirishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta‘sir 
etishning psixologik usullarini qo‘llash mahoratini takomillashtirish; 

og‘ir vaziyatlarida o‘zini tuta bilish, psixologik barqarorlikni 
shakllantirish; 

shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga 
o‘zini tutish va boshqarish usullarini o‘rgatish; 

irodaviy faollik va irodaviy harakat ko‘nikmalarini shakllantirish; 

ishdagi ruhiy zo‘riqishlarga tayyor turish. 
Kasbiy jihatdan muhim bo‟lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va 
rivojlantirish 
xodimlar faoliyatining samaradorligini ta‘minlaydi. Ularga kasbiy 
ziyraklik, idrok, kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur va tasavvur kiradi. Ushbu 
xislatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar xodimlarning kasbiy 
jihatdan muhim ma‘lumotlarni esda olib qolish, esda saqlash va qayta esga 


183 
tushirish samaradorligini oshiradi, mantiqiy fikrlash va ijodiy tasavvurlarini 
rivojlantiradi. 
Turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o‟rnatish uquv mahorati 
hamda ko‟nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish. 
Psixologik tayyorgarlik 
davomida xodimlar psixologik aloqa o‘rnatish usullari va yo‘llari tizimini 
egallashlari kerak. Ularda notanish kishilar bilan tezda aloqa o‘rnatish va ularni 
o‘ziga moyil qilish, odamlarning fikrini eshita olish, muloqot jarayonida 
psixologik to‘siqlarni enga olish mahorati shakllangan bo‘lishi kerak. Psixologik 
tayyorgarlik xodimlarning psixologik aloqa o‘rnatish jarayonini engillashtirishga 
imkon beruvchi muayyan qoidalarni o‘zlashtirishlarini taqozo etadi. 
Hamkasblar bilan muloqotga kirishishning murakkab, nizoli vaziyatlarida 
ta‟sir etishning psixologik usullarini qo‟llash mahoratini takomillashtirish. 
X
odimlarda nizoli vaziyatni bartaraf etish mahoratini shakllantirish, ularga 
nizolarni hal qilish usullarini o‘rgatish juda muhim. Xodimlar faoliyatining 
samaradorligi ko‘p jihatdan odamlarga psixologik ta‘sir ko‘rsatishning ishontirish, 
majburlash, rag‘batlantirish singari muayyan usullaridan mohirlik bilan 
foydalanishlariga bog‘liq. Xodimlarda nizoli vaziyatda o‘zini tutish, turli taktik 
usullarini qo‘llash hamda nizoli vaziyatdan operativ maqsadda foydalanish 
ko‘nikmalari ham shakllangan bo‘lishi kerak. 
O‟zini tuta olish, psixologik barqarorlikni shakllantirish. 
Xodimlar kundalik 
amaliy ishlarida kasbiy harakatlarini bajarish sifatiga ta‘sir etishi mumkin bo‘lgan 
ko‘plab noqulay psixologik holatlar ta‘siriga duch keladilar. Psixologik barqarorlik 
xodimlarning salbiy holatlar ta‘siriga berilmaslik qobiliyatida namoyon bo‘ladigan 
psixologik tayyorgarlikning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida qaraladi. Bu 
o‘rinda xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida mazkur qiyinchiliklarni oldindan 
ko‘rish qobiliyatini shakllantirish muhim. Psixologik barqa- rorlikning 
shakllanganligi xodimlarga eng qiyin psixologik sharoitda o‘z vazifalarini 
kamchiliksiz bajarishlariga yordam beradi. Bunga mashqlar va amaliy 
mashg‘ulotlar jarayonida og‘ir vaziyatlarni modellashtirish yo‘li bilan erishish 
mumkin. 
Shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga o‟zini 


184 
tutish va boshqarish usullarini o‟rga- tish. 
Xodimlarning psixologik barqarorlik va 
og‘ir vaziyatlarda o‘zini tuta bilish qobiliyati ularda mas‘uliyat, muvaffaqiyat- 
sizlikka chidash, tavakkalga moyillik va barqarorlik, o‘zini boshqara olish, sobitlik 
kabi muayyan hissiy-irodaviy xislatlarni shakllantirishni taqozo etadi. Xodimlar 
o‘z xatti-harakatlari va his-tuyg‘ularini nazorat qilish va boshqarish olishlari shart. 
Ular mashg‘ulot va mashqlar jarayonida o‘zlarini boshqarish, asabiy zo‘riqishni 
yo‘qotish, ichki imkoniyatlarni qo‘yilgan vazifani bajarishga safarbar qilish 
usullarini egallashlari kerak. 
Irodaviy faollik va irodaviy harakat ko‟nikmalarini shakllantirish. Ish 
faoliyatida 
qiyinchiliklar va to‘siqlarga duch keladilar. Bunday vaziyatlarda ular 
ushbu qiyinchilik va to‘siqlarni engishga undovchi irodaviy faollikni namoyish 
etishlariga to‘g‘ri keladi. Irodaviy harakat ko‘nikmalarini rivojlantirishga 
mashg‘ulotlar jarayonida qo‘yilgan vazifani bajarishga to‘sqinlik qiluvchi 
muayyan elementlar, to‘siqlar kiritish yordam beradi. Bunday mashqlar jarayonida 
to‘plangan irodaviy faollik tajribasi shaxs irodasini, irodaviy xislatlarini 
rivojlantirishga ta‘sir etadi. 
Ishdagi ruhiy zo‟riqishlarga tayyorlik. 
Muxandis
 
xodimlar faoliyatiga xos 
xususiyatlardan biri shundaki, ta‘sir etuvchi omillar ko‘pincha stress holatini 
keltirib chiqaradi, asab tizimiga haddan tashqari katta og‘irlik tushadi. Bu, o‘z 
navbatida, ular amalga oshiradigan faoliyat samaradorligiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. 
Shu bois xodimlar ushbu jarayonlar kechishining asosiy qonuniyatlari hamda qisqa 
vaqt ichida ish qobiliyatini tiklash va ortiqcha asabiy zo‘riqishni bartaraf etishga 
yordam beradigan usullar (psixologik boshqaruv mashqlarini bajarish usullari) 
bilan tanish bo‘lishlari lozim. 
Turli kasblarning psixologik tuzilishida bilish faoliyati turli mazmunga ega 
bo‘lishi mumkin. Bu bilish faoliyatining o‘ziga xosligini belgilab beruvchi 
maqsad, ob‘ekt, sharoit va usullarga bog‘liq. Ichki ishlar organlari faoliyatdagi 
bilish jarayoni ham o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. 
Bularning hammasi xodimlarda kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan va bilishning 
samaradorligini ta‘minlaydigan xislatlarni rivojlantirish zaruratini keltirib 
chiqaradi. Muxandis xodimlarda bilish xislatlarini shakllantirish va rivojlantirishda 


185 
maxsus trening katta ahamiyat kasb etadi. Trening jarayonida mazkur xislatlar 
rivojlantiriladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin