180
munosabatlar o‘rnata olish va sir saqlay olish;
–
turli tezkor xizmat vazifalarini bajarishda odamlarga psixologik ta‘sir
ko‘rsata olish qobiliyati;
–
rolga, boshqa qiyofaga kira olish;
–
rivojlangan, kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlari: kuzatuvchanlik va
diqqatlilik, rivojlangan xotira, ijodiy tasavvur;
–
rivojlangan
mantiqiy tafakkur, murakkab aqliy ishga moyillik, farosat,
rivojlangan intuitsiya;
–
ziyraklik, murakkab vaziyatdan chiqib keta olish.
Ushbu xislatlar insonga avvaldan xos emas. Ularni shakl- lantirish va
rivojlantirish davomli va qiyin jarayon, ammo u ichki ishlar organlari xodimining
kasbiy shakllanishi uchun zarur va shartdir.
Ushbu xislatlarning xodim shaxsida bo‘lmasligi yoki etarli rivojlanmaganligi
uning o‘z funktsional vazifalarini to‘g‘ri va aniq
bajarishiga xalaqit beradi,
shaxsning o‘z kasbiga moslasha olmasligi va kasbiy buzilishiga olib keladi. Shu
bois ham xodimlarda ushbu xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan kasbiy-
psixologik tayyorgarlik katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: