181
Xodimlarning psixologik tayyorgarligi ularning
faoliyat tizimi va kasb
mahoratining kompleks tarkibiy qismidir. U xodimning shakllangan va rivojlangan
psixologik xususiyatlari majmui bo‘lib, tergov, operativ xizmat va profilaktik
faoliyatning o‘ziga xos muhim psixologik xususiyatlariga javob beradi, ularni
amalga oshirishning zarur shart-sharoitlari hisoblanadi. U to‘rt guruhga kiruvchi
tarkibiy qismlardan iborat:
–
xodimning psixologik jihatdan kasbiy faoliyatga yo‟naltirilganligi va his-
tuyg‟ulari
(o‘zi ishlayotgan vaziyatlarni psixologik
jihatlarini va kishilarni
tushunishga intilishi, qiziqishlari va ularni tushuna olishi);
- xodimning kasbiy mahorat va taktik faoliyat samara- dorligini oshirishga
oid psixologik tayyorgarligi.
Ushbu tayyorgarlik kasbiy mahorat samaradorligini
oshirishda, kasbiy faoliyat tizimida psixologik sharoitlarni tushunish va ularni
yarata olishda, kasbiy (nutqli va nutqsiz) harakatlarni
amalga oshirishning
psixologik vositalaridan mahorat bilan foydalanish, operativ xizmat vazifalarining
samarali hal etilishini ta‘minlovchi psixologik usullarning butun kompleksini
mohirlik bilan qo‘llay olishda namoyon bo‘ladi;
–
xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi
(kasbiy kuzatish
samaradorligini oshirish uchun psixologik asoslangan usul va qoidalarni qo‘llash
mahoratini o‘z ichiga oladi) rivojlangan kasbiy diqqatlilik, sezgi va tasavvur
organlarining mashq orqali rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo‘lgan
vazifalar
uchun muhim bo‘lgan ma‘lumotlarni tez, to‘liq va aniq esda olib qolish, xotirada
yaxshi saqlash va to‘g‘ri bayon etish bo‘yicha mashq qilganlik;
–
psixologik barqarorlik
(xodimning tergov, operativ xizmat faoliyatining
psixologik jihatdan murakkab,
hissiy jihatdan tarang, xavfli va mas‘uliyatli
vaziyatlarda xotirjam va ishonch bilan harakat qilish qobiliyatida namoyon
bo‘ladi).
Xodimning kasb mahoratini oshirishda uning psixologik bilimlarga egaligi
muhim ahamiyatga ega. Ilmiy dalillar va mavjud ijobiy tajriba professional ta‘lim
tizimiga psixologik tayyorgarlikni maqsadga yo‘nalgan tarzda oshirib borishning
maxsus vazifalari, shakl va usullarini kiritish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Bugungi
182
kunda kasbiy mahorat – ichki ishlar organlarining faoliyat samaradorligini
oshiruvchi muhim omillardan biridir.
Shu ma‘noda muxandis xodimlarining kasbiy mahorati, xodimlarda operativ
xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli va samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan
xislatlarni shakllantirish, rivojlantirish va faollashtirish bo‘yicha maxsus tashkil
etilgan maqsadga muvofiq ta‘sir ko‘rsatish jarayonidir.
Xodimlarning kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish
va kasbiy qobiliyat
hamda mahoratini rivojlantirishda ular ma‘lum bir kasbiy yo‘nalishga ega
bo‘lmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: