O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


I.P. Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

8. I.P. Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari 
xususiyatlarining o„ziga xos tomonlarini ochishga kim muvaffaq bo„lgan ? 
a)
G.Turg‗unov 
b)
A.G. Kovalyov 
c)
A.V. Pеtrovskiy 
d)
B.M. Teplov 
 
Nazorat uchun savollar:
 
1. Hissiy holatlarning ifodalanishini qanday izohlaysiz? 
2. Hislarni kеchirish shakllarini qanday baholaysiz? 
3. Iroda tushunchasining mazmunini izohlang. 
4. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari nimalarda ko‗rinadi? 
5. Oliy nеrv faoliyati tipi va tеmpеramеnt o‗rtasidagi bog‗liqlikni ko‗rsating. 
6. Tеmpеramеnt xususiyatlariga ta‘rif bеring. 
 
 


176 
V- BOB. PROFESSIOGRAFIYA (PROFESSIOGRAMMA) TO‟G‟RISIDA 
UMUMIY TUSHUNCHA 
5.1.Professiogrning
 
mohiyati. 
Professiografiya
– deganda kasblar va ularning bir-biridan farqlanuvchi 
ixtisoslar tomonidan inson oldiga qo‗yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi 
tushuniladi. 1920 yillarning ikkinchi yarmida rus psixotexniklari tez suratlarda 
kasbiy faoliyatning tamoyil va usullarini ishlab chiqdilar. Shu tadqiqotlarni 
umumlashtirishi natijasida psixotexnikada maxsus yondoshuv professiografiyani 
shakllanishiga olib keldi. Bu yondashuvning mohiyati – ―kasblar tasviri‖ umuman 
olganda professiografiyani o‘rganish, kasbning psixologik tavsifi va 
loyihalashtirishini o‘z ichiga oladi. Professiografiyada ma‘lum mehnat jarayonini 
tashkil etuvchi ob‘ektlar belgilari, mehnat sub‘ekti, mehnat predmeti vazifalari, 
vositalari va sharoitlari o‘rganiladi. Professiografiyaning asosiy tamoyillaridan biri 
kasbiy faoliyatni o‘rganishda differentsial yondashuv tamoyili hisoblanadi. Bu 
tamoyilning mohiyati professiografiyaning aniq amaliy masalalarini echishga 
bo‘ysunishidir. Masalan, kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday 
kasbiy muhim belgilarni ajratish kerakki, ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga 
ko‘ra farqlanishi lozim. Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari, kasbiy 
bilim, malaka, ko‘nikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni 
o‘rganish uchun shunday belgilardan foydalanildiki, ular yordamida kasbiy 
toliqishning 
keltirib 
chiqaradigan 
omillarini 
aniqlaydi. 
Shunday 
qilib, 
profesiografiyaning differentsial tamoyili kasbning o‘rganish usullarini uning 
tavsif, mazmuni, shuningdek, qo‘llanilish sohasi ya‘ni professiografiya o‘tkazish 
xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi. 
Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi - psixogramma bo‘lib, u 
mutaxassisning motivasion, iroda va emosional sohasining tavsifi hisoblanadi. 
Psixogramma - kasbning psixologik portreti bo‘lib, u aniq kasbda dolzarb bo‘lgan 
psixologik funksiyalar guruhi bilan namoyon bo‘ladi. Professiografik tadqiqot 
metodlari. Kasbning ilmiy ta‘siri, mehnatning (mehnat xulqi) tashqi ya‘ni psixik 


177 
jarayonlar ko‘rishini ya‘ni, mehnat sub‘ektining ichki vositalariga bo‘lgan integral 
psixologik tuzilmalarini nazarda tutadi.
Professiografiyada ko‘pgina turli-tuman usullar qo‘llanadi:
1) Ijtimoiy (so‘rovnomalar, savollar kiritilgan kuzatuv);
2) Psixologik (suhbat kuzatuv tajriba va ulardan kelib chiquvchi intervyu, 
shaxsiy so‘rovnomalar testlar, tajribalar, psixobiografiyalar, faoliyat mahsulini 
o‘rganish metodi);
3) Fiziologik (EKG. KER qonda arterial bosimni o‘lchash antopometrik va 
texnik ma‘lumotlar);
4) Texnologik jarayonlar ta‘siri va boshqa usullar xilma - xilligidan vaqt, 
kuch va vaziyatlarni minimalligi bilan profesiogramma tadqiqotdagi savollarga 
javob beruvchi usullarni tanlash lozim. Usullar kompleksini ishlab chiqishda 
tizimni tashkil etuvchi omil tadqiqot maqsadi muhim rol o‘ynaydi.
Psixografiyalarni kasbga yo‘naltirish uchun ishlab chiqayotganda kasbning 
umumiy professiografik va ijtimoiy-psixologik ta‘siriga katta e‘tibor beriladi. 
Mehnat sharoitlaridan texnik, texnologik va ijtimoiy psixologik sharoitlari ancha 
chuqurroq o‘rganiladi. Tadqiqotlarning muhim yo‘nalishi bu shaxsning 
qobiliyatlari, psixofiziologik xususiyatlarini baholashdir. Professiogrammalarning 
kasbga yo‘naltirish va kasbiy tanlov maqsadida ishlab chiqishda psixodiognostik 
tadqiqotlar juda muhim hisoblanadi. qolgan tadqiqotlar o‘quv - kasb 
muassasalarida talabalar, o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilinadigan shaxslar ishlashi 
lozim bo‘lgan sharoitlarni aniqlash uchun ahamiyatga ega. Ammo ular ham muhim 
hisoblanadi, chunki aniq majburiyatlarni va mehnat sharoitlarini bilmasdan, kasbga 
yo‘naltirish, kasbiy yo‘nalganligini tashkillashtirish va kasbga nisbatan layoqatini 
aniqlab bo‘lmaydi.
Ta‘limga yo‘naltirilgan professiografiyalash - asosiga kasb sub‘ektligi 
haqidagi g‘oya qo‘yiladi: kasb egasi, faoliyatning haqiqiy sub‘ekti bo‘lib, unga bir 
qator maxsus belgilar xos. Bu professiografiyalashning mualliflari uning mazmun - 
mohiyati va loyiqalashtirish texnologiyalarini o‘rganib chiqishdi. ―Kasb pasporti‖ 
bloki kasb va mutaxassisliklar nomining modifikasiyasi, kasbiy yo‘nalish, kasb 
maqsadi, ta‘lim darajasi haqida qisqa ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi. ―Kasbning 


178 
asosiy ob‘ekti‖ (sohasi) bloki kasb turi haqida ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
―Inson – tabiat‖, ―inson – inson‖, ―inson – texnika‖, ―inson - belgilar tizimi‖, 
―inson badiiy obraz‖ va boshqalar. Bu blok mazmuni boshqa professiografiyalash 
bloklarining asosi hisoblanadi. ―Kasbiy predmetli salohiyat‖ bloki ko‘p tizimli 
ta‘lim sifatida kasbiy muhim tavsifini o‘z ichga oladi. Mutaxassis kasbi qaysi 
sohaga tegishli ekanini, qaysi asosiy ob‘ektlarga yo‘naltirilgan, bu ob‘ektlar 
qanday ob‘ektlar, bu sohada mehnat natijasi yoki mehnat mahsuli qanday 
ahamiyatga egaligi haqidagi ma‘lumotga ega bo‘lishi lozim. ―Ijtimoiy kasbiy 
salohiyat‖ blokida shaxs ob‘ektining quyidagi yo‘nalishlari aks etadi. Fikrlash 
potensialining rivojlanishi. Shaxsni o‘zini nazorat eta olish va rivojlantirish 
imkoniyatlari. Shaxsning muvaffaqiyat strategiyasiga yo‘naltirilganligi. Shaxsning 
bozor iqtisodiyoti sharoitida bardoshligi. Professiografiyada ekologik, huquqiy va 
iqtisodiy madaniyat masalalari ham nazarda tutiladi. Maxsus psixofiziologik 
talablar bloki - ishchining kasbiy faoliyati jixatdan psixofiziologik xususiyatlariga 
qo‘yiladigan talablarni aks ettiradi. Bunga tibbiy ko‘rsatmalar, jinsiga, yoshga 
bo‘lgan va sanitariya – gigienik talablar kiradi.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin