Nazorat uchun savollar:
1. Muxandis xodimining ijtimoiy ongi va uning asosiy funktsiyalarini
izohlang.
2. Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat qanday o‘rin tutadi?
3. Kasbiy buzilishning sabablari va ularni hal etish yo‘llari qanday?
4. Kasbiy buzilishning oldini olish uchun nimalarga e‘tibor berish kerak?
5. Professiografiya nima
6. Muxandis xodimlar faoliyatiga psixologik tavsif.
7. Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat.
191
VI- BOB. KASBLARNING PSIXOLOGIK TAVSIFI VA UNING
MOHIYATI
6.1. Kasb tushunchasining mohiyati
Kasbshunoslik adabiyotida kasb tushunchasining tavsifi xilma-xil talqinda
keltiriladi. Jumladan, kasb-maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma‘lum
bir sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasini,
amaliy ko‘nikma va malakalarni egallagan, unga jismoniy imkoniyat, aqliy
qobiliyat va yuridik huquqlarni ta‘minlovchi insoniy mehnat faoliyatining
(mashg‘ulotining) turidir. Lug‘aviy jihatdan kasb yoki - kasb qilmoq kabi so‘z va
tushunchalar arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, (kasaba) fe‘lining o‘zagi hisoblanadi.
Arab tilidagi kasaba so‘zi qo‘lga kiritmoq, ishlab topmoq, qozonmoq, biror ishni
bajarmoq, qandaydir foyda-manfaatga erishmoq, yutuqqa ega bo‘lmoq kabi
ma‘nolarni anglatadi. Kasb bir xil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kishilarni
birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma‘lum aloqalar va axloq normalari o‘rnatiladi.
E.A.Klimov o‘z ishlarida kasb tushunchasiga quyidagicha ta‘rif beradi: ―Kasb -
jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo‘lib bunda insondan jismoniy va ruhiy
kuch talab etadi‖ bu kuchlar unga sarflangan mehnat o‘rniga yashashi va
rivojlanishi uchun muhim vositalar omili sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ta‘rifni
yanada batafsil yoritirib, kasb bu - kasbiy faoliyatning sifatli tarixiy rivojlanuvchi
tizim va shaxsning o‘zini namoyon etish sohasi deb ta‘riflaydi.
V.G.Makushinning fikricha, kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida
shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar
asosiy manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Mavjud ta‘riflarni umumlashtirib, kasb
tushunchasiga quyidagicha zamonaviy ta‘rif beramiz. Kasb mehnat faoliyatining
paydo bo‘lgan shakli bo‘lib, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi jarayonida
mazmunan va shaklan o‘zgarib boradi, ularni bajarish uchun inson albatta ma‘lum
kasbiy kompetentsiyalarga, maxsus qobiliyatlar va muhim kasbiy sifatlarga ega
bo‘lishlari kerak.
Kasbshunoslik nazariyasida ―kasb‖ va ―mutaxassislik‖ tushunchalari
farqlanadi. Kasb mutaxassislikka ko‘ra kengroq tushuncha bo‘lib, kasbiy
192
salohiyatida tashqari, uning muhim sifatlari - ijtimoiy - kasbiy salohiyat, kasbiy
avtonomiya, o‘zini nazorat qilish, guruhli mezonlar va qobiliyatlar hisoblanadi.
Kasb odatda yaqin mutaxassisliklar guruhini birlashtiradi. Masalan, kasb shifokor;
mutaxassisliklar - terapevt, pediatr akulist, urolog, va hokazo. Kasb – muhandis;
mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va hokazolar.
Mutaxassislik - kasbiy ta‘lim, tayyorgarlik yo‘li bilan ish jarayonidagi maxsus
bilimlar, ko‘nikma va malakalar komplektsi bo‘lib, ular u yoki bu kasb doirasida
ma‘lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib,
mutaxassislik - kasb ichdagi kasbiy faoliyat turi bo‘lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki
o‘ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Kasb, mutaxassislik tushunchalari bilan bir qatorda ixtisoslik tushunchasi xam
keng qo‘llaniladi. Ixtisoslik – birorta kasb doirasida ma‘lum bir faoliyat turi uchun
maxsus tayyorgarlik va ish tajribalari bilan erishilgan zaruriy bilimlar, ko‘nikma va
malakalar majmuasi.
Kasbga oid tadqiqotlarni yoritishda ―kasbiy shakllanish‖, ―kasbiy
tayyorgarlik‖ kategoriyalarini tadqiq etish maqsadga muvofiq. Dastlab kasbiy
shakllanish jarayonining pedagogik jihatlarini shaxs rivojlanish jarayonidan
farqlab olishga e‘tibor qaratildi.
Birinchi holatda, kasbiy shakllanish shaxs rivojlanish shakllaridan biri,
ikkinchidan esa, kasbiy shakllanish shaxsni rivojlantirish (mustaqil ta‘lim va o‘z-
o‘zini rivojlantirish jarayonlarida) vositasida sifatida qaraladi. Har ikki jihat
o‘rtasida «bir butun - qism» ko‘rinishdagi tarbiya, ijtimoiylashuv kabilardan iborat.
Kasbiy shakllanish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki faoliyat sohasiga qiziqish,
balki ushbu faoliyat turiga layoqatning mavjud bo‘lishi ham talab etiladi.
O‘rganilgan barcha metodik xarakterga ega bo‘lgan ilmiy izlanishlar va
tadqiqotlarda kasbiy shakllanish ongli ravishda kasb tanlashda muhim ahamiyat
kasb etishi ta‘kidlangan.
Ayrim mualliflar, shu jumladan, D.N.Arziqulov o‘quvchilarining kasbiy
shakllanish jarayonini tabaqalashtirilgan ta‘lim tizimining tarkibiy qismi sifatida
e‘tirof etadi. Ushbu tadqiqotlarda kasbiy yo‘naltirilganlikni shakllantirish
maqsadida tabaqalashtirilgan ta‘limning tuzilmasi va mazmunini tashkillashtirish
193
muammolari, tabaqalashtirilgan ta‘limning kasb tanlash motivatsiyasiga ta‘siri
qarab chiqilgan.
Kasbiy faoliyatning samaradorligini shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy
tayyorligi hisoblanadi. Kasbiy tayyorgarlik deganda uning ruhiyati va jismoniy
sog‘lig‘i hamda holati, undagi mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati
talablariga mosligi darajasi tushuniladi. Mashhur rus psixologi K.K.Platonov
mutaxassisning kasbiy tayyorligi bu o‘zining muayyan kasbiy faoliyatini
bajarishga qodir va tayyorgarlik ko‘rgan deb hisoblovchi va uni bajarishga
intiluvchi shaxsning sub‘ektiv holatidir - deb hisoblangan. Mutaxassisning kasbiy
tayyorligi murakkab ko‘p darajali va ko‘rinishli tizimli psixik shaklga ega bo‘lib,
birinchi navbatda odamning shaxsiy ko‘rinishi asosiy o‘rin egallaydi. Shu bilan
birga, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisda kerakli darajada jismoniy sog‘liqni kasbiy
faoliyat uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlar shakllanganligi va rivojlanganligini
talab qiladi. Chunki har qanday kasbiy faoliyat insonning qandaydir kuch jismoniy
energiya sarflashini ko‘zda tutadi. Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida ikkita
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tomonlarni ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Bu o‘zaro bog‘liq
tomonlar psixologlar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab
chiqilgan bo‘lib ular quyidagilardan iborat:
1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi mutaxassisning
bu tayyorligi quyidagilardan iborat bo‘ladi, ya‘ni, statik komponentlar kasbiy
faoliyatning psixik asoslari, bilim, ko‘nikma, malakalar kasb uchun muhim
hisoblangan, shaxsning sifatlari uning munosabati, mazmun va qadriyatlari,
afzalliklari hamda umuman shaxsning zarur bo‘lgan kasbiy imkoniyatlari darajasi;
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi.
Mutaxassisning kasbiy tayyorligining ushbu tomoni tezkorligi, o‘zgaruvchanligi,
har qanday holat va sharoitda aniq masalalarni echish, mutaxassisning ruhiy va
jismoniy holati, jamoadagi ma‘naviy psixologik muhitga bog‘liqligi bilan
ifodalanadi.
Mutaxassisning
bevosita
psixologik
tayyorgarligi
dastlabki
tayyorgarlikni faollashtirish natijasi sifatida ishtirok etadi. Mutaxassisning kasbiy
faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi bevosita ayni vaqtdagi tayyorligining
asosi hisoblanadi.
|