233
oshdi. Rossiya psixologiyasida birmuncha keng yoyilgan birinchi yondashuv
xodimning alohida individual psixologik o‘ziga xos xususiyatlarini, kompleks
kasbiy muhim sifatlarni ularning o‘zaro aloqasini va
kasbiy faoliyat jarayonini
muvaffaqiyatiga ta‘sirini o‘rganish bilan bog‘liq. Odatda tadqiqotchilar shaxsning
kasbiy muhim sifatlari kontseptsiyasiga tayanadilar.
Respublikamizda tashxisning bunday metodikalarini yaratishda ma‘lum
tajriba to‘plangan. Masalan o‘quvchilarni psixologik o‘rganish metodikasi
(Tokareva V.A, Aytmetova S.Sh.) shaxsni o‘rganish metodlari (M.G.Davletshin
tahriri ostida B.Qodirov va K.Qodirovlar) o‘quvchilarni kasb tanlash vazifalarini
hal etish uchun tashxislash metodlari, R.Z.Gaynutdinov
rahbarligida yaratilgan
turli kasblar uchun asosli professiogrammalardir.
O‘zbekistonda kasbiy orientatsiya ishi tajribasi bir necha marta
umumlashtirilgan «Yoshlarni kasbga yo‘naltirishni takomillashtirish muammolari»
Respublika konferentsiyasi, mehnat ta‘lim-tarbiyasi va kasbga yo‘naltirishni
takomillashtirish masalalari bo‘yicha konferentsiya, «Yoshlar o‘rtasida
kasbiy
ishlarning psixologik jihatlari» simpoziumi, qishloq yoshlari orasida ommaviy
kasbga yo‘naltirish ishlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy amaliy
konferentsiya, respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi
va boshqalarni misol
tariqasida keltirib o‘tish mumkin.
«Inson-kasb-ishlab chiqarish muhiti» tizimi o‘z-o‘zicha ko‘p bosqichli, ko‘p
qirrali juda murakkab bo‘lib, respublikamizda ushbu tizimda davlat miqyosida
inson omiliga g‘amxo‘rlik qilinadi. Kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosati har
tomonlama rivojlangan shaxs fuqaroni uzluksiz ta‘lim tizimi orqali tarbiyalashni
ko‘zda tutadi.
Shunday qilib, insonning kasbiy shakllanish muammolarini o‘rganish ham
fundamental ham amaliy tadqiqotlarning dolzarb vazifalaridan sanaladi. O‘z-o‘zini
anglashning chegaralanganligi bu-erkinlikni chegaralanishi hisoblanadi. Agarda
mutaxasis o‘zini
chuqur bilsa, boshqalarni ham chuqur tushuna oladi. Shaxsiy
ma‘suliyatlilikni qabul qilish ham muhim sifatlardan hisoblanadi.
Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji
234
va turli ishlab chiqarish sohalarida ko‘p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan
shaxsning o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama
kasbiy faoliyatda o‘zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu
muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli
ta‘limni va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas.
Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida
psixologiya doirasida ham o‘rganishni muhimligini ko‘rsatib berdi.
Kasbiy
shakllanish jarayonini o‘rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy
qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ
faoliyatga yo‘naltirilganligidadir.
Dostları ilə paylaş: