244
jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‗z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy
maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan
iborat bo‗lgan murakkab jarayon.
Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‗oyalar harakati. Uning
natijasi obraz emas, balki ma‘lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‗nalishli-
tadqiqiy, qayta o‗zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‗lgan harakatlar va
muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‗lgan nazariy va amaliy
faoliyat.
Tafakkurning ikki darajasi mavjud:
fahm-farosat
– abstraksiyalardan
foydalanish o‗zgarmas chizmalar, namunalar chegarasida sodir bo‗ladigan oddiy
tafakkur, sog‗lom fikr, tafakkurning boshlang‗ich darajasi, uning mantiqiy
mazmunini emas, balki, ibora va dalillar tuzilishini o‗rganadi, bu aniq, izchilliklik
bilan mulohaza yuritish, fikrlarni to‗g‗ri tuzish, dalillarni qat‘iy tizimlashtirish,
tasniflash layoqati;
aql
(dialektik tafakkur) – abstraksiyalarni ijodiy qo‗llash va ular
tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega bo‗lgan nazariy bilishning oliy
darajasi, aql yordamida inson narsalar mohiyati, ularning qonunlari va qarama-
qarshiliklarini anglab etadi.[2]
Dostları ilə paylaş: