O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Aqlning sertashabbusligi
deganda insonning o‘z 
oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo‘yishni, ana shularning 
barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga etkazishda echimni qidirishda usul va 
vositalarni shaxsan o‘zi izlashi, aqliy zo‘r berib intilishi, ularga taaalluqli 


252 
qo‘shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon 
bo‘lishini nazarda tutamiz. 
Aqlning pishiqligi
vazifalarni tez echishda, echish 
paytida yangi usul va vositalarni o‘z o‘rnida aniq qo‘llashda, trafaretga aylangan 
eski yo‘l hamda usullardan forig‘ bo‘lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi. 
O‘zining o‘zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin 
emasligini tekshira bilishda va namoyon bo‘lgan mulohazalarga, muhokamalarga, 
muammoli vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol o‘ynaydi. 
Tafakkurning tanqidiyligi ob‘ektiv va sub‘ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. 
Mazkur sifat insonni baholash, o‘z-o‘zini baholash kabi tafakkurning individual 
xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Agar tanqidiylik oqilona, 
muhim belgilarga, muammo mohiyatining to‘g‘ri ochilishiga, ba‘zan etalonga 
asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob‘ektiv tanqidiylik deb ataladi. 
Mabodo tafakkurning tanqidiyligi sub‘ektiv xatolarga, umuman sub‘ektivizmga 
og‘ib ketsa, bunday holda sub‘ektiv tanqidiylik deyiladi. Sub‘ektiv tanqidiylik 
salbiy oqibatlarga olib keladi, shuningdek insonlar o‘rtasida anglashilmovchilik 
g‘ovini vujudga keltiradi, ikki shaxs o‘rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo 
bo‘ladi. Insonda tafakkurning tanqidiyligi oqilona ratsional tarzda vujudga kelsa
unda shaxs muhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin. 
Maqsad, muammo va vazifalar o‘zga shaxslar tomonidan qo‘yilib, tayyor usul 
va vositalarga tayangan holda o‘zga kishilarning bevosita yordami bilan amalga 
oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil deb ataladi. 
Nomustaqil tafakkurli kishilar tayyor mahsulotlar quliga aylanadilar, o‘sishdan 
orqada qolish xavfi tug‘iladi. Natijada aql-zakovatli inson bo‘lish o‘rniga, kaltabin, 
aqldan erinchoq, behafsala odam bo‘lib voyaga etadi. Demak, tafakkurning 
nomustaqillik illati rivojlanishiga to‘siq bo‘lib, yakka shaxs uchun esa tragediya 
rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas.
Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog‘langan. Agar inson 
tomonidan muayyan vaqt ichida ma‘lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, 
g‘oyalar, tavsifnomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan 
bo‘lsa, bunday kishining tafakkuri 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin