O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

tizimlashtirish
yoki 
tasniflash
ularni bir-biriga 
o‗xshashlik yoki farqlari asosida guruhlarga bo‗lish. Masalan, o‗quvchilarni 
o‗zlashtirish, intizom, jamoat ishlaridagi faollik bo‗yicha guruhlarga bo‗lish 
mumkin. 
Tafakkur quyidagi asosiy 
qonuniyatlar
ga bo‗linadi: 
1. Tafakkur 
muammo
ni hal etish bilan bog‗liq ravishda yuzaga keladi; 
muammoli vaziyat
yuzaga kelish sharoiti vazifasini o‗taydi, u boshlang‗ich 


250 
ma‘lumotning taqchilligi, sub‘ektning aqliy faolligi yordamida engib o‗tish zarur 
bo‗lgan ma‘lum bilish to‗siqlari, qiyinchiliklarning yuzaga kelishi bilan 
xarakterlanadi.
2. Tafakkurning asosiy mexanizmi, uning umumiy qonuniyati 
sintez orqali 
tahlil qilish
: ob‘ektni boshqa ob‘ektlar bilan taqqoslash vositasida unda yangi 
xossalarni ajratish hisoblanadi; shunday qilib, «ob‘ektdan, yangi mazmun yig‗ib 
olinadi, u har safar o‗zining boshqa tomonlari bilan o‗girilgandek bo‗ladi, unda 
yanada yangi xossalar namoyon bo‗ladi» (s.l. rubinshteyn). 
3. Tafakkurning 
asoslanganligi
: har bir dalil, har bir hodisa o‗tmishdagi 
dalillar va hodisalar asosida tayyorlanadi. Hech bir narsa etarlicha asossiz sodir 
bo‗lmaydi. Etarlicha asoslash qonuni inson fikrining har bir mulohazada o‗zaro 
bog‗langan bo‗lishini, birining ikkinchisidan kelib chiqishini talab etadi. Har bir 
xususiy fikr umumiyroq fikr bilan asoslangan bo‗lishi kerak. 
4. 
Selektivlik
(lot. – tanlash, tanlanish) – ma‘lum vaziyat uchun zarur bo‗lgan 
bilimlarni tanlash, barcha imkoniyatga ega bo‗lgan holatlarni chetlab o‗tgan holda 
ularni muammoni hal etishga safarbar qilish. 
5. 
Antitsipatsiya
(lat. – oldindan sezish) voqealar rivojini oldindan ko‗ra 
bilish, oldindan sezishni bildiradi. Inson voqealar rivojini oldindan ko‗ra bilish, 
ularning natijalarini bashorat qilish, muammo echimining ehtimolligi chizmasini 
tasavvur qilish qobiliyatiga ega. 
6. Tafakkur 
refleksivligi
. Fikrlovchi sub‘ekt doimiy refleksiya holatida 
bo‗ladi, o‗z mulohazalarini aks ettiradi, ularni tanqidiy baholaydi, o‗zini baholash 
mezonlarini ishlab chiqadi. 
Refleksiya
deb sub‘ektning o‗zini aks ettirishi bilan 
birga muloqotda bo‗ladigan sheriklarini ham o‗zaro aks ettirishiga aytiladi. 
Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o‘zining individual xususiyatlariga 
ega bo‘lib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operatsiyalarining 
munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. Odatda 
tafakkurning 
individual 
xususiyat-lari, 
sifatlariga 
bilish 
faoliyatining 
mazmundorligi, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning kengligi, tezligi, 
chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin